140
REJA:
1. Sug‘urta zahirasi haqida tushuncha.
2. Sug‘urta zahiralarining turlari va ularini shakllantirishning o‘ziga xos
xususiyatlari
1.
Sug‘urta zahirasi haqida tushuncha
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2008 yil 15 dekabrda 1882-son
bilan ro‘yxatga olingan Moliya vazirining 2008 yil 20 noyabrdagi 107-son
buyrug‘i bilan tasdiqlanagan “Sug‘urtalovchilarning sug‘urta zaxiralari to‘g‘risida
NIZOMI” asosida sug‘urta zahiralari shakllantiriladi. SHuningdek, mazkur
nizom
sug‘urtalovchilar tomonidan sug‘urta zaxiralarini hisoblash uslubi hamda
shakllantirish va joylashtirish tartibi talablarni belgilaydi.
Sug‘urta zaxiralari bu
- sug‘urta qildiruvchi tomonidan so‘m yoki xorijiy
valyutada to‘langan sug‘urta mukofotlari hisobiga sug‘urtalovchi
tomonidan
shakllantiriladigan hamda sug‘urtalovchining balansida aktiv yoki majburiyat
ko‘rinishida
hisobga olinadigan, sug‘urta to‘lovlari bo‘yicha moliyaviy
majburiyatlarni
bajarish, zararlarni bartaraf etish bo‘yicha xarajatlar va
ogohlantirish chora-tadbirlarini moliyalashtirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar.
Sug‘urta zaxiralari sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urtaning har bir turi (klassi)
bo‘yicha sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovonini (sug‘urta pulini)
to‘lash nazarda tutilgan valyutada shakllantiriladi. Sug‘urtalovchi
buxgalteriya
hisobotini tuzishda hisobot sanasiga sug‘urta faoliyatini amalga oshirishdan
olingan moliyaviy natijalarini aniqlashda sug‘urta zaxiralari hajmini hisoblaydi.
Sug‘urta
zaxiralari
hisob-kitobi
sug‘urtalovchining
hisob
va
hisobot
ma’lumotlariga asoslangan holda amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: