1-mavzu: sug’urta ishi fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, vazifalari reja



Yüklə 5,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/222
tarix06.07.2023
ölçüsü5,26 Mb.
#135909
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   222
Суғурта иши (3)

2.
 
Sug‘urtalovchining investitsion jarayonlarda ishtirok etish shart-
sharoitlari
34
 
 
Sug‘urtalovchilar tomonidan yig‘ilgan sug‘urta mukofotlar jamg‘arma 
hajmini oshiradi. Biznesni yuritish bilan bog‘liq xarajatlar, da’vo va aksiyador 
dividentlariga sarflangan to‘lovlar jamg‘arma hajmini kamaytiradi. Sug‘urtalovchi 
ko‘p yil davomida faoliyat ko‘rsatish uchun jamg‘armani yildan-yilga 
mustahkamlab borishi zarur. SHu bilan birga kompaniya menejerlari bu 
mablag‘larni bank depozitida ma’lum foiz olish maqsadida ushlab turishadi. Agar 
menejerlar jamg‘arma mablag‘larini bank kabi turli ob’ektlarga investitsiya 
qilsalar, ular katta daromad olishlari mumkin. Bank foiz to‘lash imkoniyatiga ega 
bo‘lgan mijozga berishi ham mumkin. Mijozdan olingan pul mablag‘lari 
omonatchi to‘lovini va bank xarajatlarini qoplashi lozim. SHuningdek sug‘urta 
jamg‘armaning menejerlari bevosita qar berishi mumkin. Sug‘urtalovchilar bank 
bo‘lmaganligi tufayli ular bu ishni aksiyalar sotib olish orqali amalga oshiradi. 
Sug‘urtalovchilar o‘zlari mas’ul bo‘lgan jamg‘armalar mablag‘larini boshqa 
usul bilan ham joylashtiradi. Masalan ijaraga berish va ob’ektlarni qurish, 
shuningdek turli moliyaviy instrumentlarni ishlatish usullari orqali amalga 
oshiradilar. 
1979 yildan boshlab yangi tashkil etilgan sug‘urta kompaniyalarga bir 
vaqtning o‘zida umumiy sug‘urtalash va hayot sug‘urtasi bilan shug‘ullanish taqiq 
etilganligi to‘g‘risida qonuni harakatga tushgan edi. Mavjud bo‘lgan ko‘p tarmoqli 
kompaniyalar faoliyatning ikki turini alohida alohida olib boradi. Bu holat 
mantiqiydir. CHunki mazkur sug‘urta jamg‘armalar mohiyatan bir-biridan 
farqlanadi. Hayot sug‘urtasi bilan bog‘liq mablag‘lar uzoq vaqt davomida 
yig‘iladi. Agar jamiyat barqaror bo‘lib jamg‘arma oqilona boshqarilsa, unda 
jamg‘armaning faqat oz qismi to‘lovlarga sarflanadi. SHunday qilib hayot 
sug‘urtasi jamg‘armasining boshqaruvi uzoq muddatli xususiyatiga ega. Demak 
uning mablag‘larini qisqa vaqt ichida foyda keltirmaydigan, masalan, aksiyalarga, 
ko‘chmas mulkka va boshqa yo‘nalishlarga jalb qilish mumkin (bunday holatda 
33
Қаранг: Insurance: Principles and Practice. Compiled by David Bland, The Chartered Insurance Institute, Great Britain, 1993.
34
Қаранг: Insurance: Principles and Practice. Compiled by David Bland, The Chartered Insurance Institute, Great Britain, 1993.


154 
mablag‘lar besh yigirma besh yillar davomida kapital o‘sishini va yaxshi daromad 
kelishini ta’minlaydi). Agar bunday investitsiyalar yuqori likvidli instrumentlarga 
bo‘lgan qurilmalar bilan balanslangan bo‘lsa, unda qurilmalarning barchasi 
(portfel) hayotni sug‘urtalash bo‘yicha kompaniyalarning investitsion siyosatini 
optimallashtiradi. Menejerlarga sug‘urta da’vosi bo‘yicha muddatli to‘lovlarni 
amalga oshirish uchun etarli bank hisobidagi pul yoki yuqori likvidli aktivlar 
kerak. Qolgan zahiralarni ular o‘z hoxishiga ishlatishi mumkin. Ishonchlilik va 
daromadlilik rejalashtirish jarayonini ta’riflarcha ikki bosh omil hisoblandi. 
Ishonchlilik deganda, mablag‘lar ishonchli boshqariladigan kompaniyalarga 
yoki muvaffaqiyatli bo‘ladigan loyihlarga kiritish tushuniladi. Hatto yuqori foyda 
keltirishni va’da qilgan spekulyativ yoki riskli korxonalarga malbag‘larni 
kiritmoqchi bo‘lgan menejerlar o‘ta mas’uliyatsiz ishga qo‘l urgan bo‘lar edi (risk 
mavjud holatda mazkur kiritmalar iqtisodiy konyuktura, ijtimoiy yoki siyosiy 
omillar o‘zgarishi natijasida qolib ketishi mumkin). 
Daromadlilik jamg‘armaga kelayotgan joriy pul oqimini ta’minlash uchun 
zarur. ba’zida menejerlarga o‘ta riskli holatda mablag‘larni kiritish evaziga yuqori 
daromad olishni va’da qilishadi. 
Bunday holatlardan investorlar o‘zini saqlashi lozim. 
Investitsiyalar bo‘yicha sug‘urta kompaniyalarining menejerlari doimo yuqori 
daromad olishdan manfaatdor bo‘lganligi tufayli nazarda tutilgan barcha kiritmalar 
ishonchlilik nuqtai nazarda ko‘rib chiqilishi lozim. 
Umuman olganda hayot sug‘urtasi jamg‘armalari investitsiyalarning quyidagi 
holatlarini qayd etish mumkin: 

shartnomalar 
uzoq 
muddatli 
bo‘lishi lozim: qo‘yilgan xatolar 
sug‘urtalanganlarga zarar keltiradi. shuning uchun sug‘urta mukofotlarining 
tushishi barqaror va doimiy bo‘lishi lozim. 

Xarajatlar ularning miqdori va vaqt doirasida taksimlanishiga nisbatan 
asosli va sinchkovlik bilan baholanishi lozim; ular favkulotda kerak bo‘lganda 
jamg‘armalarga murojaat etish xsusiyatidan xoli bo‘lishi lozim; 

Inqiroziy risk ehtimolligi minimallashtirilishi lozim;

Sug‘urta mukofotlari polis xarakati davomida olingan foydani hisobga 
oladi. Xayot sug‘urtalash jamg‘armasi o‘zining to‘lovligini o‘z investitsiyalari va 
sug‘urta kompaniyalaridan tushgan mablag‘lar hisobidan qoplaydi. SHuning 
uchun ishlab olingan mablag‘ sug‘urta mukofotlarini hisoblashda nazarda
tutilgan summaga to‘g‘ri kelishi lozim; 

Investsion siyosat anderrayting bo‘yicha faoliyat kabi muhimdir. 
Sug‘urtalanuvchilar manfaatida boshqarilidigan xayot sug‘urtasining katta 
miqdordagi zaxiralar umumiy sug‘urtalash kompaniyalarining zaxiralaridan
ancha ko‘pdir; 

SHartnomalar uzoq muddadga ega bo‘lganligi sababli sug‘urta
to‘lovlarini hiosob-kitob qilishda inflyasiya bilan bog‘liq jarayonlarni ham
e’tiborga olish lozim; 


155 

Kafolatlangan sotib olinuvchi annuitetlar va naqd pul bilan to‘lov
imkoniyati bor annuitetlar va daromad kuponlari investitsiyalarga nisbatan
boshqacha yondoshuvni, masalan , katta likvidlilikni talab qiladi. 
Bunday xususiyat itnvestitsiyalar sohasida ba’zi bir oqibatlarn
belgilab beradi: 

SHartnomar uzoq muddadli (60 yildan ko‘proq muddad) bo‘lganligi
sababli hayot sug‘urtasi jamg‘armalari oddatda o‘z mablag‘larini uzoq
muddadli qimmali qog‘ozlarga kiritadi; 

hayot sug‘urtasi jamg‘armalari kompaniyalarining daromadlari
xarajatlaridan ko‘p bo‘lganligi sababli va barcha sug‘urta qoplamalar, 
zararlar va shu kabilar mukofot va investitsiyalardan kelgan daromad
hisobidan to‘lanilishi bo‘lganligi sabali xayot sug‘urtasi jamg‘armalarini qisqaa
muddadli qimmatli qog‘oozlarga kiritish kerakligiga talab qolmaydi:

aktuariylarning tarjibasi shundan dalolat beradiki, polislar bo‘yicha 
mas’uliyat xaraktining tugatish muddadini investitsion prtfeldagi bitimlar
xarakatinining tugatish muddadlari bilan kelishish xayot sugurtasi
kompaniyalari uchun eng qo‘llay siyosatdir.
Nazariyadan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, qisqa muddadli bitimlarda
xato qilmasdan uzoq muddadli bitimlarda xato qilish yaxshiroq. Xayot
sug‘urtasining aksariyat investitsiyalari o‘rta va uzoq muddad, pensiya
jamg‘armalari kiritmalari qisqa muddad asosida tuziladi. 

Yüklə 5,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin