1-mavzu: sug’urta ishi fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, vazifalari reja


 Sug‘urta zaxiralarini joylashtirish tartibiga talablar



Yüklə 5,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/222
tarix06.07.2023
ölçüsü5,26 Mb.
#135909
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   222
Суғурта иши (3)

3. Sug‘urta zaxiralarini joylashtirish tartibiga talablar 
Ajratilgan aktivlarning 70% dan kam bo‘lmagan qismi quyidagilardan (yoki 
ularning ba’zilaridan) tarkib topishi lozim: 
O‘zbekiston Respublikasining davlat qimmatli qog‘ozlari; 

bank omonatlari (depozitlar); 

kassadagi va/yoki hisob (valyuta) raqamlardagi va o‘zga bank raqamlardagi 
pul mablag‘lari, shuningdek ularga tenglashtirilgan mablag‘lar; 


151 

xorijiy davlatlarning davlat qimmatli qog‘ozlari (Davsug‘urtanazorat bilan 
kelishgan holda); 

O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq, O‘zbekiston 
Respublikasi hududida chiqarish va muomalaga kiritishga ruxsat berilgan, yoki 
tegishli vakolatli organ tomonidan berilgan qimmatli qog‘ozlar bozorida savdoni 
tashkil 
etish 
bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga 
(ruxsatnomaga) ega bo‘lgan xorijiy emitentlar tomonidan chiqarilgan, hamda 
qimmatli qog‘ozlar bozorida muomalaga qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlar. 
Sug‘urtalovchining boshqaruv organlari ushbu Nizomga asosan ajratilgan 
aktivlarning hisobot sanasiga mavjudligini va qiymatini tekshirib ko‘rishi, 
shuningdek aktivlar ajratilgan sug‘urta zaxiralari summasi bilan ularni taqqoslab 
ko‘rishi shart va bunday huquqqa har qanday boshqa vaqtda ham ega. 
Ajratilgan aktivlar qiymati sug‘urta zaxiralari summasidan kam bo‘lgan 
holatda, sug‘urtalovchi ajratilgan aktivlar qiymatini sug‘urta zaxiralari 
summasidan kam bo‘lmagan qiymatga oshirish va sug‘urta zaxiralari hajmining 
105 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda ko‘paytirish uchun etarli miqdordagi 
qo‘shimcha aktivlarni ajratishi shart. 
Ajratilgan aktivlar summasi sug‘urta zaxiralari summasining 105 foizidan 
ortiq bo‘lgan holatda, sug‘urtalovchi ajratilgan aktivlar qiymati sug‘urta zaxiralari 
miqdoridan kam bo‘lmagan va sug‘urta zaxiralari miqdorining 105 foizidan ko‘p 
bo‘lmagan summagacha qisqargunga qadar, ajratilgan aktivlarning ortiqcha 
bo‘lgan qismini ajratilmagan aktivlarga o‘tkazishi shart. 

Yüklə 5,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin