1-mavzu: sug’urta ishi fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, vazifalari reja


HAYOT SUG‘URTASI ( Life Insurance)



Yüklə 5,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/222
tarix06.07.2023
ölçüsü5,26 Mb.
#135909
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   222
Суғурта иши (3)

 
HAYOT SUG‘URTASI ( Life Insurance) 
O‘tgan ikki yil davomida hayotni sug‘urtalash sohasida faoliyat yuritayotgan 
kompaniyalar sonining sezilarli o‘sishi kuzatildi. Ushbu sohadagi kompaniyalar 
sug‘urta operatsiyalarining hajmini, asosan, hayot sug‘urtasining jamg‘arib 
boriladigan turlari orqali ko‘paytirishga muvaffaq bo‘ladilar. Bunday o‘sishning 
asosiy rag‘batlantiruvchi kuchi bo‘lib, uzoq muddatli hayot sug‘urtasi 
xizmatlaridan foydalanadigan jismoniy shaxslar uchun mamlakat hukumati 
tomonidan yaratilgan soliq imtiyozlari hisoblanadi. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, 
2018 yilda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkasi 12% ga 
qisqardi, bu esa keyingi yillarda hayotni sug‘urtalash sohasida sug‘urta 
mukofotlarining o‘sish tendensiyalari va dinamikasiga ta’sir qilishi mumkin.
 
Yuqorida qayd etilganidek, hayotni sug‘urtalash tarmog‘idagi ishtirokchilar 
soni oltitaga ko‘paydi. Hayot sug‘urta sohasida faoliyat yuritayotgan kompaniyalar 
(keyingi o‘rinlarda – hayot sug‘urta kompaniyalari) ga to‘g‘ri keluvchi jami 
mukofotlar 3,0 martaga oshib, 417,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Sohadagi sug‘urta 
qoplamalari esa yuqoriroq o‘sish sur’atini namoyon etib, 337,1 foizni tashkil qildi 
va natijada ularning umumiy hajmi 264,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi. 
Ta’kidlash joizki, 2018 yilda sug‘urta mukofotlari va qoplamalarining asosiy 
qismi 4 nafar sug‘urta kompaniyasiga to‘g‘ri kelgan, qolgan ikkita kompaniya o‘z 
faoliyatini hisobot davrining deyarli ikkinchi yarmida boshlagan. 2018 yilgi 
natijalarga ko‘ra, mukofotlar hajmi bo‘yicha 159,9 mlrd. so‘m miqdorida sug‘urta 
mukofotlari yig‘gan holda "New Life Insurance" mas’uliyati cheklangan jamiyat 
yetakchilik qildi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni "Agros Hayot" MChJ va 
"O‘zbekinvest Hayot" MChJ mos ravishda 129,6 mlrd. so‘m va 101,2 mlrd. so‘m 
miqdoridagi mukofotlarni to‘plab egallagan. "Alfa life" ShXJ SK 24,4 mlrd. so‘m 
miqdoridagi sug‘urta mukofotlarini yig‘ib, sohadagi 4-o‘rinni egallab turibdi. 
Ta’kidlash joizki, soha bo‘yicha mukofot tuShumlarining asosiy qismi uchta 
kompaniya hissasiga to‘g‘ri keladi. Ularning tarmoqdagi ulushi mos ravishda: 
"New Life Insurance" MChJ - 31,1%, "Agros Hayot" MChJ - 38,3%, 
"O‘zbekinvest Hayot" MChJ - 24,3% ga to‘g‘ri keladi.
2.1-jadval 


163 

Yüklə 5,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin