1-mavzu: sug’urta ishi fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, vazifalari reja


-rasm. Sug‘urta mukofotlari hajmi dinamikasi



Yüklə 5,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/222
tarix06.07.2023
ölçüsü5,26 Mb.
#135909
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   222
Суғурта иши (3)

2.1-rasm. Sug‘urta mukofotlari hajmi dinamikasi
40
 
Hisobot davrida bozor o‘sishining asosiy omillari bo‘lib ixtiyoriy sug‘urta 
xizmatlarining samarali amlga oshirilgani hisoblanadi. Sug‘urta mukofotlarining 
kelib tushishi bo‘yicha eng katta o‘sish sur’ati hayotni sug‘urtalash turlariga to‘g‘ri 
kelgan. 
2018 yil yakunlariga ko‘ra, ixtiyoriy sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta 
mukofotlari miqdori 1,4 trln. so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan 
98,0 foizga oshgan. Shu qatorda, majburiy sug‘urta turlari bo‘yicha mukofotlar 
tuShumi ham ijobiy tendensiyani ko‘rsatdi, lekin o‘sish sur’ati faqat 13,0% ni, 
ya’ni 263,5 mlrd. so‘mni tashkil qilgan. Ixtiyoriy sug‘urta bo‘yicha mukofotlarning 
tez sur’atlarda o‘sishi umumiy bozorda ixtiyoriy sug‘urtaning ulushi ortib borishini 
aks ettiradi. 2017 yilda ixtiyoriy sug‘urtaning ulushi 74,8% gacha oshgan bo‘lsa, 
2018 yil oxiriga kelib ushbu ko‘rsatkich 9,05 punktga o‘sdi va 83,9% ni tashkil 
etdi. Ixtiyoriy sug‘urta ulushining bu tarzda o‘sish tendensiyasi ijobiy natija 
sifatida baholanib, bu mamlakat sug‘urta bozorida real o‘sish sur’atlarini namoyon 
etadi. 
Ekspertlarning ta’kidlashicha, 2018 yilda sug‘urta qoplamalarini to‘lash 
bo‘yicha ham o‘sish kuzatilgan. Hisobot davrida kompaniyalar tomonidan 
to‘langan sug‘urta qoplamalari hajmi 71,0% ga oshgan va 460,8 mlrd. so‘mni 
tashkil etgan. Ekspertlarning fikricha, 2018 yilda bozorda jami sug‘urta 
qoplamalarining o‘sishiga hayotni sug‘urta shartnomalari bo‘yicha to‘lovlarning 
ortishi sabab bo‘lgan. 
Sug‘urta qoplamalari tarkibida ham avval kuzatilganidek, ixtiyoriy sug‘urta 
salmoqli ulushni egallagan. Ko‘rib chiqilayotgan davrda ixtiyoriy sug‘urta turlari 
bo‘yicha qoplamalar miqdori 92,0% ga ortib, 389,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi. 
Majburiy sug‘urta turlari bo‘yicha esa 6,0% ga ortib, 71,5 mlrd. so‘mni tashkil 
etgan. Sog’lom raqobat muhitida ishlaydigan bozorda xuddi shunday 
ko’rsatkichlar bo’lishi lozim, biroq ixtiyoriy sug’urtaning tarkibiy tuzilishi ham 
40
Rasm 
https://www.uzreport.news/economy
 ma’lumotlari asosida muallif tomonidan ishlangan


161 
ko’pgina ma’lumotlarni beradi, jumladan garov sug’urtasi, turistlar sug’urtasi va 
hk. Ularning mijoz ixtiyorisiz majburiy amalgam oshirilishi ham ixtiyoriy 
sug’urtaning salmog’ini keskin oshiradi. 

Yüklə 5,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin