1-mavzu: sug’urta ishi fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, vazifalari reja


-jadval  Sug‘urtalovchilar uchun ustav kapitalining eng oz miqdorlari



Yüklə 5,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/222
tarix06.07.2023
ölçüsü5,26 Mb.
#135909
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   222
Суғурта иши (3)

2.1-jadval 
Sug‘urtalovchilar uchun ustav kapitalining eng oz miqdorlari
37
 
(ekvivalenti mln. so‘m) 
Sug‘urta faoliyati turlari 
2018 yil 1 iyuldan
Umumiy sug‘urta sohasida 
7500,0 
Hayotni sug‘urtalash sohasida 
10000,0 
Majburiy sug‘urtalash bo‘yicha 
15000,0 
Faqat qayta sug‘urtalash bo‘yicha 
30000,0 
Bugungi kunda kamida 30 mlrd. so‘m miqdoridagi ustav kapitalini 
shakllantirgan kompaniyalarga qayta sug‘urtalash bilan qo‘shimcha ravishda 
37
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi PF-5177-sonli “Valyuta siyosatini 
liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Farmoni 


159 
shug‘ullanishga ruxsat etilgan bo‘lib, ular: “O‘zagrosug‘urta” AJ, “O‘zbekinvest” 
EIMSK, “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJ, "Gross Insurance" MCHJ,
"Temiryo‘l-sug‘urta" MCHJ QSK hamda “Ingo Uzbekistan” AJ lardir. Mazkur 
kompaniyalar uchun qayta sug‘urta qo‘shimcha yo‘nalish hisoblanib, sohadagi 
me’yoriy hujjatlar asosida xizmat ko‘rsatadi. Bundan ko‘rinadiki, ustav kapitali 
miqdorlarining oshishi bilan kompaniyalar qabul qiladigan majburiyat hajmi ham 
oshib boradi, bu esa ularning daromadi o‘sishini ta’minlaydi.
Qayta sug‘urta operatsiyalarining negizini to‘g‘ridan-to‘g‘ri sug‘urta tashkil 
etganligi bois, dissertatsiya ishining tahliliy qismida dastavval sug‘urta bozorining 
asosiy ko‘rsatkichlarini yoritishga qaror qilindi, sug‘urta bozori hajmida qayta 
sug‘urta operatsiyalarining o‘rni va amalga oshirilishi keyingi bo‘limlarda o‘z 
aksini topadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2018 
yilda mamlakatda uchta yangi sug‘urta kompaniyasi faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. 
Natijada O‘zbekiston bozorida sug‘urta kompaniyalari soni 30 taga etdi. Bu davrda 
bozorga kirgan uchta kompaniyaning ikkitasi hayotni sug‘urtalash sohasiga 
("Euroasia Life" MChJ va "Kafolat Hayot" MChJ) ixtisoslashgan va bitta sug‘urta 
kompaniyasi ("Apex Insurance" MChJ) umumiy sug‘urta sohasida faoliyat 
yuritadi. Shunday qilib, 2018 yil yakunlariga ko‘ra, umumiy sug‘urta sohasida 24 
nafar va hayotni sug‘urtalash sohasida 6 nafar kompaniya faoliyat yuritmoqda. 
2019 yil birinchi yarim yilligida esa bozorga yana 2 nafar sug‘urtalovchi umumiy 
sug‘urta sohasiga ixtisoslashgan holda kirib keldi, ular: “Imkon sug‘urta” MChJ 
hamda “PSB Insurance” lar bo‘lib, 2019 yilning may oylaridan o‘z faoliyatini 
boshladi. 
Tahlil etilayotgan davrda mamlakatdagi barcha sug‘urta kompaniyalari 
tomonidan yig‘ilgan sug‘urta mukofotlarining umumiy hajmi jadal o‘sib, 1,6 trln. 
so‘mga etgan, bu o‘tgan yilga nisbatan 76,3% ga ko‘pdir. 2018 yilgi inflyatsiya
38
darajasini hisobga oladigan bo‘lsak, mukofotlarning real o‘sish sur’ati 62,0% ga 
baholandi. Mazkur ko‘rsatkich 2018 yildagi YaIMning o‘sish sur’atlaridan sezilarli 
darajada oshadi va dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra 5,1%
39
ni tashkil etganligini 
hamda umumiy hisobda sug‘urta sohasida rivojlanish dinamikasi ro‘y berganligini 
yaqqol ko‘rsatmoqda.
38
 
https://www.uzreport.news/economy
 ma’lumotlari 
39
 
https://uzreport.news/economy
 ma’lumotlari 


160 

Yüklə 5,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin