Ustav kapitali auditining me’yoriy-huquqiy asoslari va ma’lumot manbalari



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə1/14
tarix15.04.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#98468
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Ustav kapitali auditining me’yoriy-huquqiy asoslari va ma’lumot


MUNDARIJA:
Kirish ………………………………………………………………………………2

  1. Ustav kapitali auditining me’yoriy-huquqiy asoslari va ma’lumot manbalari…………………………………………………………………….5

  2. Korxonalarda ustav kapitalini shakllanishi va auditining maqsad, vazifalari……………………………………………………………………9

  3. Korxona ta’sis xujjatlarini tekshirish………………………………………16

  4. Sintetik va analitik hisob registrlarini tekshirish…………………………...26

  5. Qo‘shilgan va zaxira kapitalini tekshirish xamda audit natijalarini rasmiylashtirish…………………………………………………………….33

Xulosa va takliflar………………………………………………………………...39
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati………………………………………………..41
Kirish
O‘zbekistonda barqaror va samarali iqtisodiyotni shakllantirish borasida amalga oshirib kelinayotgan islohotlar bugungi kunda o‘zining natijalarini namoyon etmoqda. Jumladan, qisqa vaqt ichida iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, aholi daromadlarining sishini ta’minlash, samarali tashqi savdo hamda investitsiya jarayonlarini kuchaytirish, qishloq xo‘jaligini isloh qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini barqaror rivojlantirishda moliyaviy hisobot auditi ularning faoliyatini mustahkamlashda ahamiyatli yutuqlar qo‘lga kiritishda asosiy omillardan biri bo‘lib kelmoqda.
Bugungi kunda barqaror xo‘jalik yurituvchi sube’ktlarni tashkil etishda ustav kapitaliga hissa shaklida qo‘shiladigan moddiy va nomoddiy aktivlar ta’sischilar kelishuviga yoki yuridik shaxs ijroiya organining qaroriga ko‘ra belgilanadi va hisobga olinadi. Bu esa ta’sischilarning jalb qilingan mulkini har tomonlama tekshirish orqali xolis baho berishni talab qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentabrdagi «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-5177-sonli Farmoniga ko‘ra, jamiyatlarning ustav kapitaliga qo‘yiladigan minimal talablar faqat milliy valyutada belgilanishi o‘rnatib qo‘yilgan. 
Bunda, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksiga binoan xo‘jalik shirkati yoki jamiyatining mol-mulkiga pul, qimmatli qog‘ozlar, pul bilan baholanadigan boshqa buyumlar yoki mulkiy huquqlar yoxud boshqa shaxsga o‘tkaziladigan o‘zga huquqlar hissa sifatida qo‘shilishi mumkin1
Shu munosabat bilan, Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi hududida yuridik shaxslarning ustav fondiga (ustav kapitaliga) pul mablag‘larini milliy va chet el valyutasida, naqd va naqdsiz shaklda hech qanday cheklovlarsiz kiritish mumkinligini ma’lum qiladi.
So‘ngi yillarda auditorlik faoliyatini shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qaroriga muvofiq, 2021-yil 25-fevralda yangi tahrirdagi «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida» gi Qonun qabul qilindi.
Bu ham auditorlik tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish va ish sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Ushbu kurs ishimizda keltirilgan ustav kapitali auditi mavzusidagi taklif va tavsiyalardan shuni ta’kidalashimiz mumkinki ustav kapitali auditini to‘g‘ri tashkil qilish va ulardagi ma’lumotlarni haqqoniyligini tekshirish jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining mazmun-mohiyati, namoyon bo‘lish shakllari, kelib chiqish sabablari, uning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri, mazkur inqiroz oqibatlarini oldini olish va yumshatishga asos bo‘ladigan omillardir. Shuningdek, mamlakatimiz xo‘jalik sube’ktlarida ustav kapiitali auditini to‘g‘ri tashkil qilinishida auditorlik faoliyatini yanada mustaxkamlash chora tadbirlari kurs ishimizning dolzarbligini belgilab beradi.


Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin