150
Agar transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy
sug‘urta qilish bo‘yicha barqarorlashtirish zaxirasi hisob-kitoblar natijasida manfiy
qiymatga ega bo‘lsa, mazkur zaxira nolga teng deb qabul qilinadi.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha
barqarorlashtirish zaxirasi (IFJMS BZ) keyingi yillarda sug‘urtaning mazkur turi
bo‘yicha sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirish xarajatlarini qoplash uchun
mo‘ljallangan.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha
barqarorlashtirish zaxirasining hisob-kitobi quyidagi ko‘rsatkichlardan kelib
chiqqan holda amalga oshiriladi:
ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha
hisobot davrida hisoblangan sug‘urta brutto-mukofoti;
ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha
hisobot davrida amalga oshirilgan sug‘urta to‘lovlari;
ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishni hisobot
davrida amalga oshirish xarajatlari (shu jumladan, sug‘urta hodisalari sodir
bo‘lishining oldini olish va ogohlantirish bo‘yicha ogohlantirish chora-tadbirlari
zaxirasiga ajratmalar);
boshqa ko‘rsatkichlar.
IFJMS BZni hisoblash maqsadida ish beruvchining fuqarolik javobgarligini
majburiy sug‘urta qilishni amalga oshirish xarajatlari miqdori (shu jumladan,
sug‘urta hodisalari sodir bo‘lishining oldini olish va ogohlantirish bo‘yicha
ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasiga ajratmalar) hisobot davrida ish
beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomalari
bo‘yicha hisoblangan sug‘urta brutto-mukofotining 30 foizi miqdorida o‘rnatiladi.
IFJMS BZning hisob-kitobi brutto-sug‘urtalash ko‘rsatkichlaridan kelib
chiqqan holda (qayta sug‘urtalovchilar ishtirokini (ulushini) hisobga olmagan
holda) amalga oshiriladi.
Sug‘urtalovchi ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta
qilish bo‘yicha barqarorlashtirish zaxirasini quyidagi tartibda hisoblaydi.
IFJMS BZ miqdorini hisob-kitob qilish bazasi sifatida ish beruvchining
fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishni amalga oshirishdan hosil
bo‘lgan moliyaviy natija miqdori qabul qilinadi.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishni amalga
oshirishdan hosil bo‘lgan moliyaviy natija hisobot davridagi sug‘urtaning mazkur
turi bo‘yicha daromadlar miqdori va hisobot davridagi sug‘urtaning mazkur turi
bo‘yicha xarajatlar miqdori o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: