141
Har bir hisobot sanasiga har bir sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta
zaxiralarini hisob-kitob qilish uchun zarur ma’lumotlarni o‘z
ichiga oluvchi
hujjatlar sug‘urtalovchi tomonidan ushbu shartnoma bo‘yicha majburiyatlar to‘liq
bajarilgan sanadan boshlab, 3 yildan kam bo‘lmagan muddatda saqlanishi lozim.
Xususan, quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi hujjatlarning saqlanishi lozim:
-
shartnoma (polis, guvohnoma, kvitansiya) raqami;
-
shartnomaning kuchga kirgan sanasi (sug‘urtaning
amal qilishining
boshlanish sanasi);
-
shartnomaning amal qilish muddati;
-
sug‘urta puli (pullari) miqdori (miqdorlari);
-
hisoblangan sug‘urta mukofoti (badallari) miqdori;
-
sug‘urta mukofoti (badallari) hisoblangan sana;
-
sug‘urta mukofotining (badallarining) miqdori (miqdorlari) va to‘langan
sanasi (sanalari);
-
shartnoma tuzganlik uchun hisoblangan mukofot miqdori;
-
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda sug‘urta mukofotidan
(badallaridan) ajratmalar miqdori;
-
shartnomani muddatidan oldin tugatish sanasi;
-
shartnoma shartlarini o‘zgartirish sanasi (sanalari);
-
shartnomaning muddatidan oldin tugatilishi (shartlarining o‘zgartirilishi)
munosabati bilan sug‘urta qildiruvchilarga (qayta sug‘urta qildiruvchilarga)
qaytarilgan sug‘urta mukofoti (badallari) miqdori;
-
sug‘urta mukofotini (badallarini) qaytarish sanasi;
-
sug‘urta hodisasi (hodisalari) to‘g‘risida ariza tushgan sana (sanalar);
-
sug‘urta hodisasi (hodisalari) yuz bergan sana (sanalar);
-
xabar qilingan zarar (zararlar) miqdori (miqdorlari), shuningdek, uni bartaraf
etish jarayonida xabar qilingan zarar (zararlar) miqdorining (miqdorlarining)
o‘zgarishi to‘g‘risida ma’lumot;
-
sug‘urta to‘lovi (to‘lovlari) sanasi (sanalari);
-
sug‘urta to‘lovi (to‘lovlari) miqdori (miqdorlari);
-
sug‘urta to‘lovini (to‘lovlarini) to‘lashni rad etish sanasi (sanalari).
Ko‘rsatilgan ma’lumotlar elektron ma’lumotlar bazasi, shuningdek, Tuzilgan
sug‘urta shartnomalarini
hisobga olish jurnali, Zararlar va muddatidan oldin
tugatilgan sug‘urta shartnomalarini hisobga olish jurnali, Qayta sug‘urta
qilishga
qabul qilingan shartnomalarni hisobga olish jurnali, Qayta sug‘urta qilishga qabul
qilingan shartnomalar bo‘yicha zararlarni hisobga olish jurnali uchun ham
142
majburiy rekvizitlar hisoblanadi. Sug‘urtalovchi sug‘urta
zaxiralari hisob-kitobini
ko‘rsatilgan registrlarda mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida amalga oshiradi.
Dostları ilə paylaş: