Mahsulot ishlab chiqarish, tovarlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish jarayonining xarakteri va xususiyatlariga bog‘liq holda tovar-moddiy zaxiralar hisobi uzluksiz (doimiy) yoki davriy hisobga olish tizimlaridan biri bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin.
Tovar-moddiy zaxiralarni uzluksiz (doimiy) hisobga olish.Tovar-moddiy zaxiralarni uzluksiz hisobga olish tizimidan foydalanilganda tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olish schyotlarida ularning kelib tushishi va chiqib ketishi bo‘yicha operatsiyalar batafsil aks ettirib boriladi. Natijada butun hisobot davri mobaynida quyidagilar aniq bo‘ladi: ma’lum bir tovar-moddiy zaxiralarning mavjudligi va sotilgan zaxiralarning tannarxi. Sotilgan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi, sotishning borishiga qarab “Sotilgan mahsulot tannarxi” schyotida aks ettiriladi.
Tovar-moddiy zaxiralarni davriy hisobga olish. Davriy hisobga olish tizimi qo‘llanilganida yil davomida tovar-moddiy zaxiralarni batafsil hisobi yuritilmaydi. Tovar-moddiy zaxiralarning haqiqatdagi mavjudligi ularni inventarizatsiya natijalari bo‘yicha aniqlanadi. Sotilgan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi ularni inventarizatsiyasi yakunlanishiga qadar aniqlanishi mumkin emas, chunki sotilgan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxini hisob-kitob qilish quyidagi formula bilan amalga oshiriladi:
Hisobot davri boshiga tovar-moddiy zaxiralarning qoldig‘i + Tovar-moddiy zaxiralarning kelib tushishi = Sotilgan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi — Hisobot davri oxiriga tovar-moddiy zaxiralarning qoldig‘i Davriy hisobga olish tizimi qo‘llanilganida tovar-moddiy zaxiralarni hisobga oluvchi balans schyotlaridagi qoldiq inventarizatsiya tugagunga qadar boshlang‘ich darajada o‘zgarmay turadi.
Tovar-moddiy zaxiralarni davriy hisobga olish usulidan foydalanilganda har bir mahsulot (tovar)ning tannarxi hisobot davri davomida vaqtinchalik 9140 “Davriy hisobda tovar-moddiy zaxiralar sotib olish / xarid qilish” schyotida ‘iladi, biroq sotilgan mahsulotlar, tovarlarning haqiqiy tannarxini faqat tovarmoddiy zaxiralar inventarizatsiya qilingandan so‘ng aniqlash mumkin.
9150 “Davriy hisobda tovar-moddiy zaxiralar bo‘yicha tuzatishlar” schyoti - hisobot davrining oxirida inventarizatsiya natijasida tovar-moddiy zaxiralarni mavjudligini aks ettirish uchun foydalaniladigan vaqtinchalik schyot. Ko‘rsatilgan schyotning debeti bo‘yicha tovar-moddiy zaxiralarning kamayishi, krediti bo‘yicha tovarmoddiy zaxiralarning o‘sishi tovar-moddiy zaxiralarni hisobga oluvchi schyotlar (1000-2900) bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. 9150 “Davriy hisobda tovar-moddiy zaxiralar bo‘yicha tuzatishlar” schyotining qoldig‘i 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyotiga o‘tkazilishi orqali yopiladi.