1-mavzu: Sug’urtaning mohiyati, funktsiyalari va bozor munosabatlaridagi o’rni



Yüklə 77,64 Kb.
səhifə1/3
tarix21.12.2023
ölçüsü77,64 Kb.
#187682
  1   2   3
Moliyaviy xisob


Tovar-moddiy zaxiralarni turkumlash va baholash

REJA:

  1. Tovar-moddiy zaxiralarni turkumlash.

  2. Tovar-moddiy zaxiralar hisobini tashkil etish.

  3. Tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olish.


1.Tovar-moddiy zaxiralarni turkumlash

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxonalarda tovar-moddiy zaxiralaridan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish, ularning oqilona sarflanishiga rioya qilish, mahsulot tannarxida moddiy xarajatlarning salmog‘ini minimallashtirish masalalariga alohida e’tibor beriladi.


Ishlab chiqarish zaxiralari – xo‘jalik yurituvchi subyektda keyinchalik qayta ishlashga yo‘naltirilgan sotib olingan yoki mustaqil ravishda tayyorlangan buyumlardir.
Materiallar — ishlab chiqarish jarayonida bir marotaba qatnashadigan va o‘z qiymatini bir ishlab chiqarish sikli davomida to‘liq ravishda yangidan yaratilayotgan mahsulotga o‘tkazadigan aktivlardir. Xom ashyo va asosiy materiallar – ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning moddiy asosini tashkil etadi yoki uni tayyorlashning zaruriy qismi hisoblanadi.
Tugallanmagan ishlab chiqarish – tayyor mahsulotga aylantirilishi ularning keyinchalik qayta ishlanishini talab etadigan tovarlardir. Tayyor mahsulot - barcha ishlab chiqarish bosqichlaridan o‘tgan hamda sotish uchun mo‘ljallangan buyumlar. Tovarlar – hech qanday ishlov bermasdan qayta sotish maqsadida sotib olingan moddiy aktivlar. Egalik qilish xususiyatiga muvofiq, moddiy-ishlab chiqarish zaxiralari tashkilotga egalik huquqi hamda xo‘jalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqi bo‘yicha tegishli (xususiy) va unga ushbu xukuqlar bo‘yicha tegishli bo‘lmagan (xususiy bo‘lmagan) boyliklarga bo‘linadi.
Ishlab chiqarishda tutgan o‘rniga ko‘ra korxonalarda ishlatiladigan materiallar asosiy va yordamchi materiallarga bo‘linadi. Asosiy materiallar deganda mahsulotlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish, obyektlarni qurish, montaj qilish, rekonstruktsiya qilish, ta’mirlash va obodonlashtirish kabi ishlarni bajarishda bosh rolni o‘ynovchi materiallar tushuniladi.
Asosiy materiallar – ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning moddiy asosini tashkil etuvchi aktivlar.Yordamchi materiallar deganda mahsulotlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish, ishlarni bajarishda bosh rolni o‘ynamaydigan, lekin ularning bajarilishida qo‘shimcha tarzda ishlatiladigan materiallar tushuniladi. Yordamchi materiallar – asosiy materiallar tarkibiga kiritilmaydigan, ishlab chiqarish jarayonida qo‘shimcha tarzda ishlatiladigan materiallar.. Tovar-moddiy zaxiralarini korxona buxgalteriyasida aktiv sifatida tan olish uning hisobini yuritishda muhim ahamiyatga ega.
Tovar-moddiy zaxiralarning tashkilotga kelgusida aktiv bilan bog‘liq iqtisodiy nafning kelib tushishiga ishonch mavjudligini aniqlashda korxona dastlabki tan olish paytida mavjud bo‘lgan faktlarga asoslanib bo‘lajak iqtisodiy nafning olinishi ehtimolligi darajasini baholashi lozim bo‘ladi.
Buning ma’nosi shundaki, korxona olingan aktivga egalik qilish, undan foydalanish va boshqarishga bog‘liq bo‘lgan barcha bo‘lajak daromadlar (ular odatda tovarmoddiy zaxiralarning chiqib ketishi, shuningdek sotilishidan tushadigan daromadlar shaklida namoyon bo‘ladi) o‘ziga tegishli bo‘lishiga ishonch hosil qilishi lozim va mazkur obyektga egalik qilishga bog‘liq barcha tavakkalchilikni (jumladan mulkning tasodifan ishdan chiqishi yoki buzilishi xavfi, shuningdek uni saqlash, qayta ishlash va hisobdan chiqarishga bog‘liq ko‘zda tutilgan xarajatlarni) o‘z zimmasiga oladi. Iqtisodiy naf olish ehtimolligining mavjudligi korxona aktiv bilan bog‘liq bo‘lgan, iqtisodiy moddiy boyliklarga ega bo‘lishi va shunga muvofiq tegishli tavakkalchilikni o‘z zimmasiga olishi xususida oydinlik kiritilishini taqozo etadi.
Odatda iqtisodiy manfaatlar va tavakkalchiliklar korxonaga to‘liq o‘tgandagina bunday aniqlik paydo bo‘ladi. Bungacha esa aktivni xarid qilish operatsiyasi deyarli talafotlarsiz (jarimalarsiz) bekor qilishini mumkin, shuning uchun aktiv tan olinmaydi.
Tovar-moddiy zaxiralarni tan olishning yuqorida keltirilgan aktivning qiymati ishonchli baholanishi mumkinligi sharti buxgalteriya hisobi amaliyotida odatda oson qoniqtiriladi, chunki aktivni xarid qilish operatsiyasi natijasida uning qiymati aniqlanadi. Masalan, tovar-moddiy zaxiralar boshqa shaxslardan sotib olinayotganda ularning qiymatini baholashning asosiy ishonchli ko‘rsatkichi tovarmoddiy zaxiralarning tomonlarni qoniqtiradigan va oldi-sotdi shartnomasida ko‘rsatilgan bahosi hisoblanadi; tovar-moddiy zaxiralar korxonaga bepul kelib tushganda baholashning asosini tegishli o‘tkazish hujjatlarida ko‘rsatilgan tovarmoddiy zaxiralar qiymati yoki ular kelib tushgan paytdagi bozor qiymati tashkil kiladi. Bunda, agar aktiv xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘z kuchi bilan mustaqil yaratilgan bo‘lsa, uning qiymatini materiallar, ishchi kuchini sotib olish bo‘yicha tashqi tomonlar bilan olib borilgan operatsiyalar hamda tovar-moddiy zaxiralarni yaratish (ishlab chiqarish) jarayonidagi boshqa xarajatlar asosida ishonchli baholash mumkin.
Tovar-moddiy zaxiralarni tan olishning uchinchi sharti, ularga bo‘lgan mulkiy huquqining korxonaga o‘tganligi shundan kelib chiqadiki, ma’lum muddatga (masalan, moliyaviy hisobotni tuzish sanasigacha) bo‘lgan davrda xo‘jalik yurituvchi subyekt ixtiyorida bo‘lgan barcha zaxiralar, ular qayerda joylashgan bo‘lishidan qati nazar, tovar-moddiy zaxiralarga olib boriladi. Ya’ni, buyumni xo‘jalik yurituvchi subyektning tovar-moddiy zaxiralariga o‘tkazishning hal qiluvchi mezoni bo‘lib uning mazkur buyumga bo‘lgan mulkiy huquqi hisoblanadi.
Shu bilan birga, xo‘jalik yurituvchi subyektga tegishli hududda boshqa jismoniy va yuridik shaxslarning mulki bo‘lgan buyumlar bo‘lishi mumkin. Konsignatsiya shartnomasi asosida kelib tushgan tovarlar yoki tovar-moddiy zaxiralarni sotish haqida hisob-kitob hujjatlari rasmiylashtirilib, ammo o‘z vaqtida xaridor tomonidan olib chiqib ketilmagan tovarlar bunga misol bo‘la oladi. Bular xo‘jalik yurituvchi subyektning tovar-moddiy zaxiralariga kirmaydi. Sotib olingan va hali yo‘lda bo‘lgan tovarlar, agar ularga bo‘lgan mulkiy huquq xo‘jalik yurituvchi subyektga berilgan bo‘lsa, uning tovar-moddiy zaxirasi hisoblanadi. Mulkiy huquqning berilishi sanasi odatda tovarlarni sotib olish shartnomasida belgilanadi.

Xo‘jalik yurituvchi subyektning tovar-moddiy zaxiralariga ta’minotchi tomonidan yuklab jo‘natilgan, mulkiy huquq xaridorga o‘tmagan, ammo qabul qilish paytida xaridor tomonidan yaroqsiz deb topilgan va kaytarilishi lozim bo‘lgan tovarlar kiritilmaydi. Materiallarni buxgalteriya hisobida to‘g‘ri baholash muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. 4-son BHMSning 11-bandiga muvofiq, materiallarni baholash quyidagi ikki bahoning eng pasti bo‘yicha – balans tuzilayotgan sanadagi haqiqiy tannarx bo‘yicha (sotib olish narxi yoki ishlab chiqarish tannarxi) yoki bozor bahosi bo‘yicha (sof sotish qiymati) bo‘yicha amalga oshiriladi.


Materiallari sotib olish bila bog‘liq bo‘lgan va ularning tannarxiga kiritiladigan xarajatlarga quyidagilar kiritiladi: - materiallarning shartnoma qiymati; - boj to‘lovlari va yig‘imlari; - materiallarni sotib olishda qatnashgan ta’minotchi va vositachilarga to‘lanadigan kossiion haqlar; - materiallarni sertifikatlash va texnik sharoitlarga muvofiq sinovdan o‘tkizish xarajatlari; - transport-tayyorlov xarajatlari; - transportirovka qilish tavakklchiliklarini sug‘urtalish xarajatlari. Materiallarni sotib olish xarajatlari ularni paydo bo‘lishini tasdiqlovchi boshlang‘ich hujjatlarga asoslanadi.
Bu hujjatlarga hisobvaraq-faktura, qabul qilish-topshirish dalolatnomasi, inventarlash dalolatnomasi va boshqalarni kiritish mumkin. Xarid qilingan materiallarga haq to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar (akkreditiv ochish xarajatlari, o‘tkazmalar uchun bank komissiyasi, tovar-moddiy zaxiralarni chet el valyutasiga xarid qilish chog‘ida valyutani konvertatsiyalash bo‘yicha komissiya va boshqa bank xizmatlari), materiallarni xarid qilish bo‘yicha kontraktlarni tayyorlash, ro‘yxatdan o‘tkazish va yopish bilan bog‘liq xarajatlar hamda aktivlarni xarid qilish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan boshqa xarajatlar materiallarning tannarxiga kiritilmaydi, balki ular sodir bo‘lgan hisobot davrida xarajatlar sifatida tan olinadi.
Materiallar kredit hisobiga xarid qilinganda yoki tayyorlanganda kredit (qarz)dan foydalanganlik uchun foizlar ko‘rinishidagi xarajatlar uning hisobidan butkul yoki qisman sotib olingan materiallarning tannarxiga kiritilmaydi.
Tashkilotning transport-tayyorlov xarajatlari quyidagi usullardan biri bo‘yicha hisobga qabul qilinadi yoki xarid qilingan materiallar qiymatiga kiritiladi: a) transport-tayyorlov xarajatlarini materiallar tannarxiga bevosita (to‘g‘ridan-to‘g‘ri) kiritish (shartnoma narxiga qo‘shish, ustav kapitaliga kiritilgan badalning pul bahosiga qo‘shish, tekinga olingan va h.k. joriy qiymatiga qo‘shish).
Transport-tayyorlov xarajatlarini materiallar tannarxiga bevosita (to‘g‘ridanto‘g‘ri) kiritish usulini ko‘p bo‘lmagan nomenklaturadagi tovar-moddiy zaxiralarga ega bo‘lgan tashkilotlarda, shuningdek tovar-moddiy zaxiralarning alohida turlari va guruhlarining qiymati katta ahamiyatga ega bo‘lgan hollarda qo‘llash maqsadga muvofiq; b) etkazib beruvchining hisob-kitob hujjatlariga binoan transport-tayyorlov xarajatlarini alohida sintetik 1510-“Materiallarni tayyorlash va xarid qilish” schyotiga olib borib, keyinchalik ularni “Materiallar” elementi bo‘yicha tovarmoddiy zaxiralar tannarxiga yoki ishlatilishiga qarab ishlab chiqarish xarajatlariga va (yoki) davr xarajatlariga kiritish. Tovar-moddiy zaxirani baholashning ikki usuli bor ular: yalpi foyda usuli va tovar-moddiy zaxiraning chakana savdo usuli.
Ishlab chiqarish zaxiralarining xaqiqiy tannarxini aniqlash, ularni baholashning quyidagi usullarini qo‘llash bilan amalga oshirishladi: 1. Donalab baholash. 2. FIFO (birinchi tushum oxirgisi zaxiraga). 3. O‘rtacha qiymat usuli (AVECO). Materiallarni hisobdan chiqarish tartibi korxonaning hisob siyosatida belgilanishi lozim. Har bir birlik tannarxi usuli bo‘yicha alohida tartibda ishlatiladigan mteriallar (qaimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar) baholanadi.

Bunday materiallarning birligi odatda yagona namunada bo‘ladi. Materiallarni FIFO usuli bo‘yicha hisobdan chiqarish zaxiralar oy davomida va boshqa davrda ularni sotib olish ketma-ketligi bo‘yicha foydalaniladi degan taxmindan kelib chiqib hisoblangan bahoda amalga oshiriladi. Bu usul qo‘llanganda oyning oxiriga zaxirada turgan materiallarni baholash vaqtga ko‘ra oxirgi sotib olingan materiallarning haqiqiy tannarxi bo‘yicha amalga oshiriladi, sotilgan tovarlar, mahsulotlar, ish va xizmatlar tannarxida esa vaqtga ko‘ra avval sotib olinganlarning tannarxi hisobga olinadi.


O‘rtacha tortilgan qiymat (AVECO) usuliga muvofiq, har bir birlikning qiymati davr boshiga o‘xshash birliklarning o‘rtacha tortilgan qiymatidan hamda davr mobaynida sotib olingan yoki ishlab chiqarilgan o‘xshash birliklarning qiymatidan aniqlanadi. Materiallarning o‘rtacha qiymati davriylik asosida (davriy hisob) yoki har bir qo‘shimcha yetkazib berish jarayonida (uzluksiz hisob) hisoblanishi mumkin.


Yüklə 77,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin