Ixtiofauna xilma-xilligi va uni saqlash reja: Ixtiofauna saqlash turlari



Yüklə 66,91 Kb.
səhifə1/9
tarix07.01.2024
ölçüsü66,91 Kb.
#208177
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Ixtiofauna xilma-xilligi va uni saqlash reja Ixtiofauna saqlash-fayllar.org


Ixtiofauna xilma-xilligi va uni saqlash reja: Ixtiofauna saqlash turlari Qon aylanish va nafas olish sistemalari

IXTIOFAUNA XILMA-XILLIGI VA UNI SAQLASH


Reja:


1. Ixtiofauna saqlash turlari
2. Qon aylanish va nafas olish sistemalari.
3. Nerv sistemasi
4. Daryolarning ixtiofaunasi
5. Sun’iy suv havzalarining gidrofaunasenozlari
6. Sug’orish kanallarining ixtiofaunasi

1. Ixtiofauna saqlash turlari
Ixtiofauna tarkibi, ovlanadigan baliqlar populyatsiyasi holati, suv havzasining baliq mahsuldorligi va tutilayotgan baliqlar suv ekotizimlari barqarorligining muhim ko’rsatkichlardan hisoblanishadi. Chunki ular havza suvi sifatining indikatorlari bo’lib hizmat qilishi va ular asosida suv ekotizimining umumiy holati to’g’risida xulosa chiqarish mumkin. Shuning uchun suv xo’jaligi faoliyatini atrof-muhitga ta'sirlarini baholashda ushbu faoliyatni suv havzasi baliq mahsuldorligiga ta'sirini aniqlash muhim ahamiyatga ega.
Suv havzasining baliq mahsuldorligi odatda havzadagi fitoplanktonning birlamchi mahsuldorligi yoki zooplankton miqdori orqali aniqlanadi.
Boshoyoqlilar oyog‘ining oldingi qismi o‘zgarib, paypaslagichlarni hosil qiladi. Gavdasining uzunligi 1 sm dan 5 m gacha bo‘lib, bosh va tana qismlariga ajraladi. Oyoqlari asosida voronkasi joylashgan. Tanasi qalin muskulli mantiya bilan o‘ralgan. Chig‘anog‘i yo‘qolib ketgan. Og‘iz teshigi atrofida 8 yoki 10 ta paypaslagichlari bo‘ladi. Paypaslagichlarida juda ko‘p so‘rg‘ichlar joylashgan. Boshoyoqlilarning bosh miyasi juda kuchli rivojlangan bo‘lib, ular xilma-xil va murakkab reflekslar hosil qiladi. Boshoyoqlilar mantiya bo‘shlig‘iga suv o‘tib turadi. Ular suvni mantiya bo‘shlig‘idan voronkasi orqali katta bosim ostida siqib chiqarib, reaktiv harakat qiladi. Orqa ichagiga siyoh xaltasi yo‘li ochiladi. Ular xavf tug‘ilganida suvga siyoh chiqarib, dushmandan qutulib qoladi.Boshoyoqli mollyuskalar okean va ochiq dengizlarda tarqalgan; tropik dengizlarda, ayniqsa, ko‘p uchraydi. 650 ga yaqin turi ma’lum. Kalmar, karakatitsa, sakkizoyoqning asosiy ozig‘i krablar, baliqlar, mollyuskalar hisoblanadi. Ular go‘shti uchun ko‘plab ovlanadi.
Bo‘g‘imoyoqlilar tanasi qattiq xitin po‘st bilan qoplangan. Xitin po‘st organlar uchun tashqi tayanch skelet vazifasini ham bajaradi. Chunki unga ichki organlarning muskullari va oyoqlar kelib birikadi. Qisqichbaqasimonlar – birlamchi suvda yashovchi bo‘g‘imoyoqlilar. Ularning tanasi boshko‘krak va qorin bo‘limidan iborat. Boshko‘krak xitin qalqon bilan qoplangan. Qisqichbaqasimonlar suvda hayot kechiradi, jabra bilan nafas oladi. Ular ikki juft mo‘ylovlarining bo‘lishi bilan boshqa bo‘g‘imoyoqlilardan farq qiladi. Daryo qisqichbaqasi bu sinfning tipik vakili hisoblanadi.
Yashash muhiti. Daryo qisqichbaqasi chuchuk suvli ko‘l, daryo va soylarda hayot kechiradi. Uning tuzilishi va rangi suv muhitida yashashga moslashgan. Tanasining ustki tomoni ko‘kimtir-qo‘ng‘ir, ostki tomoni esa oqish rangda; shuning uchun suv ostidagi qisqichbaqani payqash qiyin. Qisqichbaqa kun bo‘yi toshlarning ostida yoki qirg‘oq yaqinida daraxtlar ildizi ostidagi inlarida bekinib yotadi. Oziq izlab faqat kechqurunlari chiqadi. Qisqichbaqaning asosiy ozig‘i suv o‘tlari, kasal hayvonlar (mollyuskalar, hasharotlar lichinkasi), ularning murdalari hisoblanadi. U oziqning hidini yaxshi sezadi.

Yüklə 66,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin