Ixtiofauna xilma-xilligi va uni saqlash reja: Ixtiofauna saqlash turlari



Yüklə 66,91 Kb.
səhifə3/9
tarix07.01.2024
ölçüsü66,91 Kb.
#208177
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Ixtiofauna xilma-xilligi va uni saqlash reja Ixtiofauna saqlash-fayllar.org

Hazm qilish sistemasi. Qisqichbaqaning og‘zi boshining ostida joylashgan. Oziq og‘iz, qisqa halqum va qizilo‘ngach orqali ikki bo‘lmali oshqozonga o‘tadi (36-rasm). Oziq avval katta oshqozonda maydalangach, keyin kichik oshqozonga tushadi. U yerdan oziq suzilib o‘tgach, ichakka va undan jigar naylariga tushib hazm bo‘ladi. Hazm bo‘lmagan oziq qoldiqlari dum suzgichining o‘rtasida joylashgan anal teshigi orqali chiqariladi.
2. Qon aylanish va nafas olish sistemalari.
Boshko‘krakning orqa tomonida qonni haydab beruvchi oqish yurak joylashgan (37- rasm). Qon aylanish sistemasi ochiq. Qon yurakdan chiqqan tomirlar orqali tana bo‘shlig‘iga o‘tib, to‘qimalarga oziq moddalar va kislorod olib boradi. U yerdan qon tomirlarga yig‘ilib, jabralarga boradi. Bu yerda kislorod suvdan qonga o‘tadi; qonda to‘planib qolgan karbonat angidrid jabralar orqali suvga chiqadi. Kislorod bilan to‘yingan qon yurak devoridagi uch juft teshikchalar orqali uning bo‘shlig‘iga o‘tadi.
Ayirish sistemasi. Ayirish sistemasi bosh tomonda joylashgan bir juft yashil bezlar va ularning naychalaridan iborat. Ularning tuzilishi yomg‘ir chuvalchanginikiga o‘xshash. Bu bezlarning pufaksimon kengaygan uchi tana bo‘shlig‘ida joylashgan, naychalari esa kalta mo‘ylovlarning asosida tashqariga ochiladi. Yashil bezlar qonda erigan zararli almashinuv mahsulotlarini organizmdan chiqarib yuboradi.
3. Nerv sistemasi
Nerv sistemasi. Yomg‘ir chuvalchanginiki singari halqum usti va halqum osti nerv tugunlari, halqum atrofi nerv halqasi va qorin nerv zanjiridan iborat. Halqum usti nerv tugunidan ko‘z va mo‘ylovlarga, halqumosti tugunidan jag‘larga, qorin nerv tugunlaridan esa barcha organlarga nervlar chiqadi.
Sezgi organlari. Qisqichbaqaning bir juft murakkab ko‘zlari harakatchan poyachalarning ustida joylashgan. Har bir ko‘z juda ko‘p mayda ko‘zchalardan tashkil topgan. Har qaysi ko‘zcha atrof-muhitning faqat kichik bir qismini ko‘radi. Hamma ko‘zchalar birgalikda yaxlit tasvirni hosil qiladi. Bunday ko‘rish ko‘pchilik bo‘g‘imoyoqlilar uchun xos bo‘lib, mozaik ko‘rish deyiladi. Daryo qisqichbaqasi mo‘ylovlari va oyoqlari sirtida joylashgan tukchalar hid bilish hamda tuyg‘u organlari hisoblanadi. Kalta mo‘ylovlarining asosida eshitish va muvozanat saqlash organlari joylashgan.

Yüklə 66,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin