Ixtiofauna xilma-xilligi va uni saqlash reja Ixtiofauna saqlash-fayllar.org
DARYOLARNING IXTIOFAUNASI Doimiy chuchuk suvli daryolarda ayrim minogalar, osetr (ship, sterlyad va lopatkonoslar) ferel lenok xarius umbra karplar oddiy laqqa naim sudak bersh okun kabilar keng uchraydi. Ayrim baliqlar dengizlarda yashab tuxum tashlash uchun daryolarga chiqadi. Bunday guruh baliqlarga neva mnogi kaspiy va yapon minoglari beluga rus nemis va saxalin osetrlari sevryuga qoradengiz ustiqora va Volga seldlari kirsa biroz sho’rlagan daryolar ayniqsa ularning etak qismlarida sazan lesh jerex sudak vobla kabilar uchraydi. O’rta Osiyoning yuqori tog’ va tog’ mintaqalaridagi daryolarda farel marinka tog’ laqqasi goles usach xramulya kabilar keng tarqalgan. Prof G’.K.Kamilov O’rta Osiyoni ko’pchilik daryolarida uchraydigan va ular uchun umumiy baliqlarga quyidagilarni keltiradi ya’ni oq amur O’rta Osiyo peskari Samarqand xromulyasi O’rta Osiyo usachi oddiy marinka sharq bistryankasi ostroluchka sazan oddiy tolstobolik olachipor tolstolobik Tibet golesi gambuziya va boshqa baliqlar qayd qilinadi. Olimning ma’lumotiga ko’ra Sirdaryoda 58, Zarafshonda 38, Sanzorda 7, Qashqadaryoda 36, Amudaryoda 45, Surxandaryoda 32 ta baliq turlari aniqlangan. Sirdaryo havzasida jami 83 ta baliq turi va tur vakillari bo’lsa Surxon va Amudaryo havzasida 55 baliq turi keltirilgan. Yuqorida qayd qilganimizdek Amudaryo vodiysi uchun baliqlarning 45 ta turi ma’lum shulardan 5 turi daryoni tog’li hududlariga xos bo’lib ularga amudaryo foreli oddiy marenka Tibet golise va O’rta Osiyo laqqasi kiradi. Shuni aytish kerakki, bu turlarning hamamsi tog’ daryolarida bir vaqtda uchramaydi. Mintaqalar bo’yicha daryo suvini oqib o’tishi unda haroratni o’zgarishi bilan baliq turlarini uchrashi ham o’zgaradi masalan kofirnigon daryosining tog’li qismida amudaryo foreli oddiy marinka Tibet golesi va O’rta Osiyo laqqasi uchrasa shu daryoni Dushanbe atrofida forel va O’rta Osiyo laqqasi juda kam bo’lib, Tibet golesi mutloq uchramaydi. Daryoda esa faqat marinka hokimlik qiladi. Tog’ daryolarining yuqori qismida forel goles marinka ekologik yaxshi moslashganlar tog’ daryosini sovuq suvlari va suv tubidagi toshlar orasiga O’rta Osiyo laqqasi ham yaxshi moslashganlar. Ular amudaryoni o’rta va etak qismida uchramaydi. Issiqko’l hvzasiga oid Chu daryosida 25 ta baliq turi aniqlangan daryoni tog’li qismida tangachali osman marinka va Tibet golesi daryoni pastki qismida esa peskar shipovka laqqa baliqlar uchraydi. Tog’ mintaqasiga xos baliqlar daryoni etak qismida kuzatilmaydi.
Sirdaryoni etak qismida ham forel balig’i uchramaydi. Chunki u baliq sovuq va toza suvlarga xosdir. Sirdaryoda sovuq suvlarga moslashgan golyan va toshosti baliqlari aniqlangan. Norin daryosi uchun oddiy marinka osman baliqlarini 2 turi Tibet golesi va O’rta Osiyo laqqasi keltirilgan. Bu baliqlar tog’li mintaqaga xos bo’lib bir vaqtda daryoning hamma qismida uchramaydi. Norin daryosining turli shahobchalarida ham balqilar ko’p uchraydi ularga Tibet golesi va tangachali osmanni misol qilib keltirish mumkin. Norin daryosi tog’li zanasidan chiqqan joylarda kushakevich golesi marinka laqqa peskar va buxoro golesi ko’pdir. Baliqlarga xos xislatlardan biri ular urug’ qo’ygan davrida daryoni boshlanishiga qarab harakat qiladilar. Suvning yuza qatlamida juda katta sonli galalar hosil qilib suzadilar. Daryoni ma’lum tuxum tashlash joyiga yetgunga qadar baliqlar daryodagi o’nlab-yuzlab masofani bosib o’tish davomida jua katta kuch energiya sarflaydilar sababi tuxum tashlash migratsiyasi vaqtida baliqlar mutlaqo oziqlanmaydilar va shu sababli ular oriqlab kuchsizlanib qoladilar. Masalan, “Kusto suv osti komandasi” kinofilmini eslang. Baliqlar daryo suvining turli tezlikda oqishini va oqim qarshiligini bosib o’tadilar. Baliqlar suv oqimiga suvning loyqaligiga ham moslashganlar. Ular urug’larini toshlar hattoki mollyuskalar chanoqlarining ichiga ham qo’yib naslni saqlab qolishning ehtiyot chorasini ko’radilar. Baliqlarni daryo suviga morfologik moslanishlariga torpedasimon formalari xos bo’lib ularni tog’ daryolarining tez oqishini o’ta oladigan kuchli tanasi bo’lishidir. Ba’zi baliqlarni masalan qorin tomonidagi suzg’ichini o’zgargan formasi orqali loyga birikish qobilyatiga ega. Daryo baliqlarini og’iz organlari oqar suv sharoitidagi oziqani tutib olishga moslashganlar. Undan tashqari, tog’ daryolarida uchraydigan baliqlarning pastki lablarida maxsusu mag’uzlari bo’lib ular toshlar ustidagi suvo’tlar to’plamlarini qirib yutishga moslashgan. Osetrlarni og’izlari boshni pastki tomonidan bo’lib qum va toshli daryo tubidan ozuqa to’plash imkoniyatini beradi. Plankton bilan oziqlanadigan baliqlarda yupqa jabra ustunchalar bo’lib ular suv bilan o’tadigan mayday plankton organizmlarni suzib ichak oshqozonga o’tkazadilar. Daryolarda uchraydigan baliqlar oqmas suv baliqlariga qaraganda ko’p miqdorda kislorod o’zlashtaradilar. Ulardan tashqari loyqa suvli daryolarda uchraydigan baliqlarni ko’zlari kichik bo’ladi. ko’z ko’plab shilimshiq ajratib loyqalarni ko’zga kirishdan saqlaydi. Amudaryoni loyqa suviga moslashgan lopatonos faqat shu daryodagina uchraydi ko’larda bo’lmaydi. Baliqlar daryoning turli gidrosenozlarni hosil bo’lishida plankton organizmlarni aralashuvida larni taqsimlanishida va taqalishida ahamiyatli tirik omil hiosblanadi. Undan tashqari baliqlar suv havzalaridan olinadigan birdan-bir oziq-ovqat manbai hisoblanadi. Masalan O’zbekiston hududidagi daryolardan 1981-yili 174,4 t., 1989-yili 920 t, 1991-yili esa