Ixtiofauna xilma-xilligi va uni saqlash reja: Ixtiofauna saqlash turlari


Yashil bronza qo‘ng‘izining tashqi tuzilishi



Yüklə 66,91 Kb.
səhifə7/9
tarix07.01.2024
ölçüsü66,91 Kb.
#208177
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Ixtiofauna xilma-xilligi va uni saqlash reja Ixtiofauna saqlash-fayllar.org

Yashil bronza qo‘ng‘izining tashqi tuzilishi
Hasharotlar – tabiatda juda keng tarqalgan bo‘g‘imoyoqlilar. Tanasi bosh, ko‘krak va qorin bo‘limlaridan iborat. Oyoqlari 3 juft, boshida bir juft mo‘ylovlari, ko‘zlari va jag‘lari bor. Ko‘krak bo‘limida qanotlari va oyoqlari joylashgan. Ayirish organi – malpigi naychalari,traxeya orqali nafas oladi. Yuragi naysimon, ko‘p kamerali, 40 ga yaqin turkumlari bor. Vakili yashil bronza qo‘ng‘izi. Bu qo‘ng‘iz Yevropa va Osiyo qit’asining deyarli hamma joyida uchraydi.
Yashash muhiti va gavda bo‘limlari. Bahor va yoz oylarida dalalarda gullarning ustida yirik (uzunligi 1–2 sm) yashil qo‘ng‘izlarni ko‘rish mumkin. Qo‘ng‘iz tanasining ustki tomoni yaltiroq-yashil, qorin tomoni esa qizg‘ish tusda bo‘ladi. Bronza qo‘ng‘izi Yevropa va Osiyo qit’asining deyarli hamma joyida uchraydi. Qo‘ng‘izni qo‘lga olib ko‘rilganda uning xitin qobig‘i qalin va qattiq ekanligini sezish mumkin Bosh bo‘limi. Qo‘ng‘izning boshida og‘iz va sezgi organlari joylashgan. Og‘iz teshigini ustki tomondan kichik plastinka shaklidagi yuqori lab, yon tomondan bir juft yuqori va pastki jag‘lar, ostki tomondan pastki lab o‘rab turadi (43-rasm). Pastki lab va pastki jag‘lar bir juftdan paypaslagichlar bilan ta’ minlangan. Paypaslagichlar tuyg‘u va ta’m bilish organlari hisoblanadi.Qo‘ng‘iz boshining ikki yonida bittadan yirik murakkab ko‘zlari bo‘ladi. Har qaysi ko‘z bir necha mingta zich joylashgan mayda oddiy ko‘zchalardan iborat. Hasharotlar ham daryo qisqichbaqasi singari mozaik ko‘rish xususiyatiga ega. Ko‘pchilik hasharotlar rangni yaxshi ajratib oladi. Ko‘zlarining oldida yelpig‘ichga o‘xshash mo‘ylovlari joylashgan. Erkak qo‘ng‘izning mo‘ylovi urg‘ochilariga nisbatan yirikroq bo‘ladi. Mo‘ylovlar hid bilish organi hisoblanadi.
Ko‘krak bo‘limi. Hasharotlarning ko‘krak bo‘limi uchta bo‘g‘imdan iborat. Ikkinchi va uchinchi ko‘krak bo‘g‘imlarining ustki tomonida bir juftdan qanotlar joylashgan. Orqa tomondan ko‘krak bo‘limining faqat birinchi bo‘g‘imi ko‘zga tashlanadi. Ko‘krakning keyingi ikki bo‘g‘imi va qorin bo‘limi qattiq va qalin ustqanotlar bilan qoplangan. Bu qanotlar nozik pardasimon ostqanotlarni va yumshoq qorin bo‘limini himoya qilib turadi. Ko‘pchilik qo‘ng‘izlarning ustki qanotlari ikki tomonga yoyilib, samolyot qanoti singari ko‘tarish yuzasini hosil qiladi. Lekin bronza qo‘ng‘izining ustki qanotlari uchishda ishtirok etmaydi. Bu qanotlar qo‘ng‘iz uchganida ham tanasining orqa tomoniga yopishib turaveradi. Ustki qanotlar oldingi qismining ikki chetida bittadan kemtik joyi bo‘ladi. Uchishdan oldin qo‘ng‘iz bu kemtiklar orqali ostki qanotlarni chiqarib yoyib oladi va tez-tez qanot qoqib, uchib ketadi. Qo‘ng‘izlar va boshqa hasharotlarning har bir ko‘krak bo‘g‘imiga qorin tomondan bir juftdan oyoqlar birikkan. Oyoqlari besh bo‘g‘imli, oxirgi bo‘g‘imi o‘tkir tirnoqlar bilan ta’ minlangan.Yashash muhiti hasharotlarning tuzilishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Yerda o‘rmalab yuradigan hasharotlar (qo‘ng‘izlar)ning hamma oyoqlari bir xilda tuzilgan. Sakrab harakat qiladigan chigirtkalarning orqa oyoqlari yo‘g‘on va uzun bo‘ladi. Suv qo‘ng‘izi va suv qandalalari oyoqlari eshkakka aylangan. Tuproqda yashovchi buzoqboshining oldingi oyoqlari esa belkurakka o‘xshab kengaygan.
Qorin bo‘limi. Bronza qo‘ng‘izining qorin bo‘limi 8 ta bo‘g‘imdan iborat. Qornini yelka tomondan ustki qanotlar yopib turadi. Ustki qanotlar ostidan faqat qorinning uchki qismi chiqib turadi. Qorin bo‘g‘imlari tanasining ostki tomonidan ko‘zga tashlanadi. Qorin bo‘limi ko‘krak bilan harakatsiz qo‘shilgan.

Yüklə 66,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin