vakolatli davlat organi belgilaydigan tartib va shartlardagi investitsiya faoliyati
bilan shug’ullanishlariga ruxsat berilgan. Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi tomonidan 2006 yil 6 mayda tasdiqlangan, №1571 raqam Bilan
davlat ro’yxatidan va 2006 yil 22 aprelda tasdiqlangan, №1565 raqami bilan davlat
ro’yxatidan o’tgan buyruqlariga asosan, sug’urta kompaniyalari tomonidan
sug’urta rezervlarini tashkil qilish va investitsiyalashning tartiblari belgilangandir.
Jumladan, unda respublika sug’urta kompaniyalarining sug’urta aktivlarini
joylashtirish tartiblari, investitsiyalashning qonunchilikda belgilangan quyidagi
asosiy talablarga javob berishi lozim:
(1)
Diversifikatsiya;
(2)
Qaytishliligi;
(3)
Likvidliligi;
(4)
Foydaliligi.
8
Investitsion faoliyatning diversifikatsiyasi birinchi navbatda sug’urta
kompaniyasi investitsion portfelining barqarorligini ko’zda tutadi. Ma’lumki,
sug’urta kompaniyalari ularga o’z mablag’larini qo’yishi mumin bo’lgan
investitsion loyixalar tshplami sarmoya bozorining rivojlanish darajasiga bog’liq.
Xozirgi paytda sug’urtalovchilarning vaqtinchalik bo’sh turgan mablag’lari tijorat
banklari depozitlariga, qimmatli qog’ozlarga joylashtirilishi, korxona va ko’chmas
mulklarga investitsiya qilinishi mumkin. Investitsiya portfel tarkibi va tizimini
tartibga solish odatda kiritilgan mablag’larning turlari bo’yicha minimum va
maksimumni belgilash yo’llari orqali amalga oshiriladi. Shu Bilan birga,
dunyoning etakchi kompaniyalarining tajribasiga ko’ra, kompaniya investitsion
portfelining korxonap va ko’chmas mulklar ustav fondiga investitsiyalari 15%,
qimmatli qog’ozlarga investitsiyalari 25-60%, tijorat banklari depozitlariga
mablag’lari 15-30%, investitsiyaning boshqa tutsrlariga 1-12% dan oshmaydigan
miqdorlarda joylashtiradilar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar mablag’lar yalanishini to’g’ri tashil
etish muxim axamiyatga ega. Chunki, mablag’lar aylanishi eng ma’qul variantini
topish pirovard natijada korxona faoliyatini foyda bilan yakunlashiga olib keladi.
Sug’urta faoliyatida joriy natijalar sug’urta badallari ko’rinishida sug’urta
kompaniyalari xisob – raqamiga kelib tushgan pul mablag’lari aylanishi xisobidan
daromad kelish imkoniyati yuzaga keladi.
Ushbu
daromadlar
sug’urta kompaniyalarini sug’urta zaxiralarini
shakllantirish orqali xarajatlar qismini qoplash va foyda olish manbai bo’lib xizmat
qiladi.
Sug’urta faoliyatining joriy taxlil pul mablag’lari tushumi orqali o’ziga
olyotgan majburiyatlar adektivliligini belgilaydi.
Dostları ilə paylaş: