1-mavzu: Sug’urtaning mohiyati, funktsiyalari va bozor munosabatlaridagi o’rni



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/29
tarix06.10.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#152613
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29
sugurtaning mohiyati funktsiyalari va bozor munosabatlaridagi orni

 
1.
Ma’lumki, har qanday bozorda sotuvchi va xaridor bo’ladi hamda ular 
o’rtasida tegishli tovarlar (xizmatlar) ayirboshlanadi. Xuddi shunday, sug’urta 
bozorida ham sotuvchi (sug’urtalovchi) va xaridor (potentsial sug’urtalanuvchi) 
ishtirok etadi. Bu erda potentsial sug’urtalanuvchi tushunchasini qanday izohlash 
mumkin, degan o’rinli savol tug’ilishi mumkin. Gap shundaki, basharti, potentsial 
sug’urtalanuvchini to’g’ridan to’g’ri sug’urtananuvchi, deb atasak katta xatoga yo’l 
qo’ygan bo’lamiz. Negaki, amaldagi qonunlarga muvofiq, sug’urta kompaniyalari 
bilan bevosita shartnoma tuzgan, fuqarolik salohiyatiga ega bo’lgan yuridik va 
jismoniy shaxslarga sug’urtalanuvchilar deyiladi. Aksincha, sug’urta “mahsulotini” 
sotib olishga ehtiyoji bor, ammo hali sug’urtalovchilar bilan tegishli sug’urta 
munosabatlariga kirishmagan shaxslar potentsial sug’urtalanuvchilar deb ataladi. 
Endi, sug’urtalovchilar haqida gapiradigan bo’lsak, sug’urtalovchi - bu mamlakat 
xududida sug’urta faoliyatini amalga oshirish huquqi berilgan hamda sug’urtalash 
o’zi uchun asosiy faoliyat turi hisoblangan yuridik shaxslardir. Ko’rinib turibdiki, 
sug’urta kompaniyasi tegishli faoliyat yuritishi uchun vakolatli davlat organining 
litsenziyasiga ega bo’lishi va sug’urtaga bog’liq bo’lmagan operatsiyalar bilan 
shug’ullanmasligi zarur. 
Sug’urtalovchilar bozorga o’zlarini ishlab chiqargan o’ziga xos mahsuloti - 
sug’urta xizmatini taklif etadilar. Ushbu xizmatlar yuzlab, minglab sug’urta 
kompaniyalari tomonidan sotilishi mumkin. O’z-o’zidan, bu holat sug’urta 
bozorida potentsial mijozlarni jalb etish uchun sug’urta kompaniyalari o’rtasida 
raqobatning kuchayishiga olib keladi va “mahsulot”ning sifatiga ijobiy ta’sir 
ko’rsatadi. Eng asosiysi, potentsial sug’urtalanuvchi har tomonlama o’zining 
talabini qondiradigan “mahsulot”ga ega bo’ladi. Bayon etilganlar quruq gap emas, 
balki bugungi kunda iqtisodi taraqqiy etgan mamlakatlar bozorida ruy berayotgan 
oddiy haqiqatdir. Yuqorida zikr etilgan fikrlarni quyidagi chizmada yaqqol ko’rish 
mumkin. 
Sug’urta bozorining mohiyatini chuqurroq anglab olish uchun 
kundalik xayotimizdan oddiy bir misol keltirsak maqsadga muvofiqdir. 
O’zimiz yoki bolalarimizga kiyim-kechak sotib olish uchun buyum 
bozoriga boramiz. Aytaylik, birorta kiyim, aniqrog’i, kuylak sotib olmoqchimiz. 
Bozorda kuylakning har xili mavjud, baholari xam, narxi xam turlicha. Biz, albatta, 


sifati yaxshisini va bahosi arzonini sotib olamiz. Sug’urta bozorida ham aynan shu 
jarayon yuz beradi. 
1-chizma 
Sug’urta bozori va uning sub’ektlari 
Sug’urta kompaniyalari Sug’urtalanuvchilar 
Sug’urta kompaniyasi o’z mahsulotini bozorda sotar ekan, zimmasiga katta 
mas’uliyat olganligini unutmasligi kerak. Chunki, sug’urtalovchi ozgina sug’urta 
mukofoti evaziga yirik mikdordagi riskni qabul qilib oladi va sug’urta hodisasi ruy 
berganda zimmasidagi sug’urta qoplamasini to’lashi shart. Shu o’rinda, biz 
sug’urta kompaniyasiga murojaat qilishni istagan yoki muayyan sug’urta xizmatiga 
ehtiyoj sezgan shaxslarga sug’urta shartnomasini tuzishdan oldin sug’urta 
kompaniyasining moliyaviy axvoli, balansi bilan albatta tanishib chiqishlarini 
maslahat qilamiz. 
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, boshqa tovarlar va xizmatlar kabi, sug’urta 
xizmatining ham bahosi talab va taklif asosida paydo bo’ladi hamda bu baho 
o’zining pastki va yuqori chegaralariga ega. Sug’urta tushumlarining miqdori 
sug’urta to’lovlari va sug’urta tashkilotlari xarajatlari miqdoriga teng bo’lishi 
sugurta baxosining pastki chegarasini bildiradi. Bunday sharoitda sug’urta 
kompaniyasi asosiy faoliyatdan foyda ololmaydi. Ko’p hollarda sug’urta 
bozoridagi keskin raqobat, sug’urta tashkilotlarining potentsial mijozlarni jalb etish 
maqsadida tarif stavkalarini kamaytirishga majbur etadi. Chet mamlakatlarda, 
sug’urtalovchilar sug’urta faoliyatidan zarar ko’rganda, bu zarar investitsiyadan 
keladigan daromad hisobidan qoplanadi. 
Sug’urta xizmati bahosining yuqori chegarasi talab hajmi va bank foizining 
miqdori bilan aniqlanadi. Sug’urta xizmatining ma’lum bir turiga etarli darajada 
talab mavjud bo’lganda, sug’urta tashkiloti mazkur xizmat bahosini yuqori 
darajada saqlab turishi mumkin. Lekin, vaqt o’tishi bilan bozorda sug’urta xizmati 
ko’rsatish turlarining ko’payishi bilan, o’z-o’zidan tarif stavkalari kamayadi. 
2.
Sug’urta bozori hududiy joylashuviga qarab xalqaro, mintaqaviy va milliy 
sug’urta bozorlariga bo’linadi. Milliy sug’urta bozori biron-bir mamlakat 
hududidagi sug’urta muassasalarini va ularni faoliyatini o’z tarkibiga oladi. 
Jahondagi eng yirik milliy sug’urta bozori Amerika Qo’shma shtatlaridir. Iqtisodiy 
jihatdan rivojlangan mamlakatlarda yig’iladigan sug’urta tushumlarining 43 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin