10-mavzu:Qayta sug’urta
REJA:
1. Qayta sug’urta haqida tushuncha.
2. Qayta sug’urtaning turlari va shakllari.
1.
Qayta sug’urtalash - sug’urtalashga riskni qabul qilish Bilan bog’liq
iqtisodiy munosabatlar tizimi (risklarni birlamchi joylashtirish). Sug’urtalovchi
muvozanatlashgan sug’urta portfelini yaratish va sug’urta operatsiyalarini
moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida qabul qilib olingan riskni bir
qismini o’zaro kelishilgan holda boshqa sug’urtalovchiga berishi (riskni
ikkilamchi joylashtirish). Qayta sug’urtalash operatsiyalari bilan bir qatorda
asosan, ixtisoslashgan qayta sug’urtalash kompaniyalari amalga oshiradi. Qayta
sug’urtalash aktiv (riskni berish) va passiv (riskni qabul qilib olish) ko’rinishida
bo’ladi. Bundan tashqari qayta sug’urtalash nisbiy va nonisbiy shaklda bo’ladi.
Ayrim holatlarda qayta sug’urtalash operatsiyalari qayta sug’urtalovchi
broker - ikkita tomon, ya’ni sug’urta kompaniyasi va qayta sug’urtalovchi
kompaniyasi o’rtasidagi vositachidir.
Qayta sug’urta qilish shartnomalari bir tomondan sug’urta kompaniyalari
o’rtasida o’zaro tuzilishi yoki ikkinchi tomondan, sug’urta kompaniyasi va
ixtisoslashgan qayta sug’urta qilish kompaniyasi o’rtasida tuzilishi mumkin. Bu
erda shartnoma o’zi nima degan savol to’g’ilishi mumkin. o’zbekiston
Respublikasining Fuqarolik kodeksi 354 - moddasida "ikki yoki bir necha
shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltirish, o’zgartirish yoki
bekor qilish haqidagi kelishuvi shartnoma deyiladi" – deb ko’rsatilgan. Dastlab,
sug’urta kompaniyasi o’zining moliyaviy qobiliyatini mustahkamlash maqsadida
qabul qilib olingan riskni bir qismini boshqa sug’urta kompaniyasida yoki
ixtisoslashgan qayta sug’urta qilish kompaniyasida sug’urtalash to’g’risida qaror
qabul qiladi. Ushbu qarorni ijrosini ta’minlash maqsadida sug’urtalovchi
ixtisoslashgan sug’urta kompaniyasiga murojaat qiladi. Agar qayta sug’urtalovchi
kompaniya riskni qayta sug’urta qilishga rozilik bildirsa, ular o’rtasida qayta
sug’urtalash shartnomasi tuziladi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, shartnoma
shartlarida, unda ishtirok etuvchi tomonlarning huquqlari va majburiyatlari,
olingan majburiyatlarning bajarilishi yuzasidan javobgarlik, shartnomani kuchga
kirishi, amal qilish va bekor etilishi qoidalari mujassam bo’lishi kerak.
Shuningdek, shartnomada qayta sug’urtalash mukofoti miqdori va javobgarlik
hajmi ko’rsatilishi zarur. o’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun
hujjatlariga ko’ra, qayta sug’urta qilishda sug’urta tovonini yoki sug’urta pulini
to’lash uchun asosiy sug’urta shartnomasi buyicha sug’urtalanuvchi oldida ushbu
shartnoma buyicha sug’urta kompaniyasi javobgar bo’lib qolaveradi. Biroq asosiy
sug’urta shartnomasi buyicha sug’urtalanuvchi hisoblangan sug’urta tashkiloti
sug’urta hodisasi yuz berishidan oldin tugatilgan taqdirda, uning ushbu shartnoma
buyicha huquq va majburiyatlarining qayta sug’urta qilingan qismi qayta sug’urta
qilish shartnomasi buyicha sug’urtalovchiga o’tadi.
Qayta sug’urta qilish shartnomalari bir qator o’ziga xos belgilarga egaki, bu
ushbu shartnomalarni savdo va boshqa turdagi shartnomalardan tubdan farq
qiladi. Shuning uchun ham qayta sug’urta qilish sohasini nazariy jihatdan qaysi
sug’urta tarmog’iga kiritish yoxud uni mustaqil sug’urta sohasi sifatida qarash
ancha bahs munozarani talab qiladi.
Agar sug’urta hodisasi ruy bersa, bu haqda sug’urta kompaniyasi qayta
sug’urtalovchi kompaniyaga darhol xabar qilishi kerak. o’z navbatida, qayta
sug’urtalovchi kompaniya shartnomada ko’zda tutilgan qoplamani to’lashi shart.
Qayta sug’urta qilish kompaniyasi shartnoma buyicha o’z majburiyatlarini to’la-
tukis bajarsa, u holda shartnoma ijro etilgan hisoblanadi.
2.
Tsedent atamasi riskni ikkilamchi joylashtirishni amalga
oshiruvchi, ya’ni riskni qayta sug’urtalash uchun beruvchi sug’urta kompaniyasi.
Ikkilamchi tsedent retrotsedent deb ataladi. Bundan qayta sug’urtalashda tsessiya
atamasi ham keng qullaniladi. Tsessiya – sug’urta riskini qayta sug’urtalashga
berish jarayonidir.
Qayta sug’urtalovchi sifatida sug’urta kompaniyasi ham bo’lishi mumkin.
Jahondagi eng yirik sug’urtalovchilar guruhiga Myunxen qayta sug’urtalash
jamiyati, Shveytsariya qayta sug’urtalash jamiyati, Kyoln qayta sug’urtalash
jamiyatlari kiradi.
Qayta sug’urtalash ishida uning bir necha turlarini uchratish mumkin.
Jumladan, fakultativ, obligator va fakultativ-obligatorli qayta sug’urtalashdir.
Fakultativ qayta sug’urtalash - nisbiy qayta sug’urtalash shartnomasining turi.
Fakultativ qayta sug’urtalashda har bir berilayotgan risk buyicha alohida
shartnoma tuziladi. Tsedent har bir risk buyicha qayta sug’urtalash zarur yoki
zarur emaslik masalasini mustaqil ko’rib chiqadi. o’z navbatida, qayta
sug’urtalovchi ham tsedentning taklifini qabul qilishi yoki qabul qilmasligi ham
mumkin.
Obligatorli qayta sug’urtalash xalqaro amaliyotda ikki xil ma’noni
bildiradi:
1) qayta sug’urtalashning majburiy shakli. Ayrim mamlakatlar
qonunchiligiga ko’ra, ushbu mamlakat hududida faoliyat ko’rsatayotgan barcha
sug’urta kompaniyalari qabul qilgan risklarini bir qismini majburiy ravishda
qayta sug’urtalash kompaniyasiga beradi. Bu chora qayta sug’urtalash orqali chet
elga valyuta chiqib ketishini oldini oladi;
2) sug’urta kompaniyasi (tsedent) ma’lum bir sug’urta turi buyicha riskni
qayta sug’urtalovchiga berishini va o’z navbatida, qayta sug’urtalovchi, riskni
qabul qilishni nazarda tutuvchi qayta sug’urtalash shartnomasi. Fakultativ-
obligator shartnomasi - tsedent qayta sug’urtalovchi bilan kelishgan toifadagi har
qanday sug’urta riskini berishi, qayta sug’urtalovchi esa ularni qabul qilishi shart
ekanligi haqidagi qayta sug’urtalash shartnomasi.
Qayta sug’urta qilish operatsiyalari nisbiy va nonisbiy shaklda amalga
oshiriladi. Nonisbiy qayta sug’urta qilishga nisbatan nisbiy qayta sug’urtalash
ancha ilgari paydo bo’lgan. Shu nuqtai nazardan qaraganda nisbiy qayta
sug’urtalashni, ba’zan, an’anaviy qayta sug’urtalash ham deb atash qabul qilingan.
Nisbiy qayta sug’urta qilishning asosiy mohiyati shundaki, qayta
sug’urtalovchi kompaniyaning riskni taqsimlashdagi ulushi sug’urta kompaniyasi
aniqlagan nisbat asosida oldindan aniqlanadi. Ushbu nisbatga qarab, qayta
sug’urtalash mukofotining va sug’urta kompaniyasining tegishli ulushi aniqlanadi.
Nisbiy qayta sug’urta qilishning printsipi "qayta sug’urtalovchi tsedentning riskini
bo’ladi" degan fikrdan iborat.
Sug’urta ishi amaliyotida nisbiy qayta sug’urtalashning quyidagi shakllari
mavjud:
* Kvotali qayta sug’urta qilish;
* Ekstsedent qayta sug’urta qilish;
* Kvotali-ekstsedent qayta sug’urta qilish.
Nonisbiy qayta sug’urta qilishda qayta sug’urtalovchining sug’urta mukofoti
va qoplamasidagi foizlardagi ishtiroki printsipi qullanilmaydi. Nisbiy qayta
sug’urta qilishda tomonlarning manfaati bir-biriga mos keladi.
Qayta sug’urta qilish shartnomasiga xos bo’lgan belgilardan biri qayta
sug’urta qilish buyicha sug’urta mukofotlarini qaytarib olish xarakteriga ega
ekanligidir. Qayta sug’urta qilish munosabatlarining uzoq yillik rivojlanishi
jarayoni davomida xalqaro va milliy darajalarda foydalaniladigan qayta sug’urta
qilish shartnomalarining bir necha xillari shakllangan. Ular quyidagilardir:
* fakultativ qayta sug’urta qilish;
* obligatorli qayta sug’urta qilish;
* fakultativ-obligatorli qayta sug’urta qilish;
Yuqorida qayd qilingan qayta sug’urta qilish shartnomalaridan eng
ommaviysi va uzoq yillardan beri qo’llanib kelinayotgani - bu fakultativ qayta
sug’urta qilish shartnomalaridir. Mazkur shartnomaning ijobiy tomoni shundaki,
bunda riskni qayta sug’urtaga beruvchi – sug’urta kompaniyasi ham va qayta
sug’urtalovchi kompaniya ham qancha miqdordagi riskni o’ziga olib qolish yoki
qabul qilib olish masalalarini mustaqil hal qiladilar. Aksincha, obligatorli qayta
sug’urta qilish shartnomalari buyicha sug’urta kompaniyasi qabul qilib olingan har
bir riskning tegishli qismini qayta sug’urta kompaniyasiga berishi shart.
Dostları ilə paylaş: |