1
UZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIKNI SAQLASH VAZIRLIGI
TIBBIY TA’LIM RIVOJLANTIRISH MARKAZI
ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI
CHAQALOQLAR IRSIY KASALLIKLARI VA TUG‘MA
RIVOJLANISH NUQSONLARI
(amaliyot shifokorlari va tibbiyot instituti
talabalari uchun o’quv-uslubiy qo’llanma)
Andijon – 2015 yil
2
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIKNI SAQLASH VAZIRLIGI
TIBBIY TA’LIM RIVOJLANTIRISH MARKAZI
ChAQALOQLAR IRSIY KASALLIKLARI VA TUG‘MA
RIVOJLANISH NUQSONLARI
(amaliyot shifokorlari va tibbiyot instituti
talabalari uchun o’quv-uslubiy qo’llanma)
Andijon 2015 y
3
TUZUVChILAR:
Nuritdinova G.T. - Fakultativ pediatriya va neonatologiya
Kafedra dotsenti, t.f.n.
Inakova B.B. - Fakultativ pediatriya va neonatologiya
kafedrasi mudiri, dotsent, t.f.n.
Xakimov SH.K. - Fakultativ pediatriya va neonatologiya
Kafedra professori, t.f.d.
Maxmudova B.SH. Fakultativ pediatriya va neonatologiya
kafedrasi assitenti
Taqrizchi:
A.G.Arzibekov –BKP, davolash fakulteti pediatriyasi kafedrasi mudiri, n.f.n.,
dotsent.
SH.M. Kirgizov- ADU, Tabiatshunoslik va geografiya fakultet,
Umimiy ximiya kafedrasi, dotsent , k.f.n.:
“CHaqaloqlar irsiy kasalliklari va tug‘ma rivojlanish nuqsonlari” mavzucidagi
o’quv uslubiy qo’llanma. Tibbiyot instituti pediatriya fakulteti 6 kurs talabalari
uchun mo’ljallangan.
O’quv-uslubiy qo’llanma ADTI MUXda muxokama kilindi
2015 “__25____” _______август____№ _1 __ bayyonnoma
Uslubiy qo’llanma ADTI Ilmiy Kengashida tasdiqlandi
2015 “___26_” _______август___№ _____1__ bayyonnoma
4
ChAQALOQLAR IRSIY KASALLIKLARI VA TUG‘MA RIVOJLANISh
NUQSONLARI
Etiologik omillarga ko‘ra poroklar irsiy - ekzogen va multifaktorial singari 3
guruxga bo‘linadi:
Jinsiy hujayralardagi (gametalardagi) yoki zigotaning somatik hujayralardagi
mo‘tatsiya natijasida rivojlangan anomaliyalar ham shu guruxga kiritiladi. Gen
miqyosidagi mo‘tatsiya oqibatida rivojlanagan nuqsonlar gen nuksonlari deb atalib,
xromosomalar miqyosidagi mo‘tatsiyalar natijasida rivojlanagan nuqsonlar
xromosom kasalliklari deyiladi.
Ekzogen nuqsonlar guruxiga zigota, embrion yoki xomilani teratogen omillar
ta’siridagi zararlanishi oqibatida rivojlangan anomaliyalar kiradi. Ushbu
nuqsonlarning klinik belgilari irsiy kasalliklar belgilariga uxshash bo‘lishi
mumkin, shuning uchun ularni ko‘pincha fenokopiyalar deb atashadi.
Multifaktorial etiologiyali nuqsonlarga genetik va ekzogen omillarining
birgalikda ta’sir etishi natijasida rivojlangan nuqsonlar kiradi.
Tug‘ma nuqsolarning bulinishi
Тug’mа kasalliklari
Irsiy kasalliklari
( gematopatiyalar)
Irsiy emas kasalliklari
Хromosom kasalliklari
Gen kasalliklari
Хomika ichi rivojlanishining
buzilishi
Multifaktorial kasalliklari
Fetopatiyalar
Embriopatiealar
5
Tug‘ma nuqsolarning bo‘linishi
Cheklangan va tizimlashgan nuqsonlar joylanishiga ko‘ra ham sinflanadi.
G.I.Lazyuk ham mualiflar taklifiga ko‘ra a’zolar va tizimlarning tug‘ma nuqsonlari
quyidagicha farqlanadi: 1) MAS va sezgi a’zolar nuqsonlari; 2) yuz va bo‘yin
nuqsonlari; 3) yurak - qon tomirlar tizimi nuqsonlari; 4) nafas olish tizimi
nuqsonlari; 5) hazm qilish tizimi nuqsonlari; 6) suyak-mushak tizimidagi
nuqsonlar; 7) siydik xosil qilish tizimidagi nuqsonlar; 8) jinsiy a’zo tizimining
nuqsonlari; 9) endokrin tizimidagi nuqsonlar; 10) teridagi nuqsonlar; 11)
qo‘shimcha talok, ajralmagan egizaklar, yo‘ldosh anomaliyalari va h.k. singari
boshqa a’zolardagi nuqsonlar.
Ayrim olimlar tug‘ma nuqsonlar aksariyatini quyidagi guruxlarga ajratishni
taklif etadi: 1) xromosom kasalliklari; 2) gen sindromlari 3) embriopatiyalar; 4)
noaniq etiologiyali sindromlar va h.k..
Terotogen omillar ta’sirida zararlangan ob’ektlarga ko‘ra Yu.V.Gulkevich va
hammualliflar tug‘ma nuqsonlarni quyidagilarga bo‘ladi:
a) gametopatiyalar; b) blastopatiyalar; v) embriopatiyalar; g) fetopatiyalar.
Irsiy kasalliklar (gametopatiyalar).
Irsiy kasalliklarni aniqlash usullari.
Geneologik usul - klinik genetikaning muxim usullaridan biridir. Bemorning
hayot tarixini aniqlayotganda shifokor har doim uning ota-onasi, aka-ukalari, opa-
singillari va yaqin qarindoshlarining sog‘ligi xaqida qiziqadi. Geneologik usul
bemorning sog‘lom va xasta qarindosh-urug‘lari, ajdod-avlodlari xaqida imqoni
boricha to‘larok ma’lumot yig‘ishi talab yig‘ish.
Shajarada birinchi marta kasalligi aniqlangan bemor proband deyiladi.
Probandning qarindosh-urug’lari va avlodlaridan tuplangan barcha ma’lumotlar
shajaraga kiritiladi. Avlodning xar bir a’zosi o’zining kodiga ega bo‘lib, shajarada
6
avlodlar rim rakamlari bilan yuqoridan pastga qarab nomerlanadi. Shunda birlik
shajaraning chuqqisida joylashadi. Har bir avlodda a’zo arab raqamlari bilan
kattadan kichikka, chapdan unga qarab nomerlanadi. Shunday qilib avlodlarni
vertikal nomerlashga va a’zolarni gorizontal nomerlashiga ko‘ra shajaradagi u yoki
bu sub’ektning xarakteristikasini topish mumkin. O‘rganilayotgan kasallikning
belgisi, proband belgisining bo‘yalish yoki belgi ichiga harf yozilishi bilan
ifodalanadi.
Geneologik usul yordamida kasallikning dominant turini aniqlash oson
bo‘ladi.
Bioximik-genetik tekshirish usullari: hozirgi vaqtda moddalar almashinuvini
tekshirish natijalari irsiy kasalliklar diagnostikasida keng qo‘llaniladi. Bu
tekshiruvlar 2 dastur asosida olib boriladi: 1-dastur elash (skriniglash) deb ataladi.
Bunda tez va oson bajariladigan testlar yordamida barcha tekshirilayotgan bolalar
sog‘lom va bemorlarga saralanadi. Skriniglash usuli ommaviy tekshiruvlar
o‘tkazishda va maxsus bolalar guruxlarini tekshirishlarda keng qo‘llaniladi. 2-
dasturda irsiy kasalliklar borligiga gumon qilingangan bolalarda maqsadga
yo‘naltirilgan tarzda tekshiruvlar olib boriladi. Bunda qon va siydikda anomal
oqsilni yoki moddalar almashinuvining oralik maxsulotlarini sifat va miqdor
jihatidan tekshiriladi va 2 - dastur tekshiruvlar natijasiga asoslanib yakuniy
diagnoz qo‘yiladi.
Sitogenetik usul hujayra yadrosidagi xromosomalar miqdorini va ularning
morfologik xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi. Bunday tekshiruvlar
xromosom kasalliklar diagnostikasida muxim ahamiyatga ega. Xromosom taxlili
quyidagi xolatlarda utkaziladi: 1) Daun kasalligi, Shereshevskiy-Terner sindromi,
Klaynfelter sindromi va boshqalar singari xromosom kasalliklariga xos belgilar
sust namoyon bo‘lgan bolalarda; 2) aniq va noaniq etiologiyali, sindromlarda
uchramaydigan klinik belgilari bilan kechadigan tug‘ma kasalliklarni aniqlashda;
3) erta muddatdagi qaytalangan spontal abortlar, o‘lik tug‘ilishlar va oilada
tug‘ma rivojlanish nuqsonlari bilan tug‘ilgan bolalar mavjud bo‘lgan xolatlarda.
7
Irsiy xromatinni tekshirish ham sitologik usullar qatoriga kiritiladi. Buning
uchun og‘iz bo‘shligidan shpatel yordamida olingan va atseto-orsein bilan
bo‘yalgan surtma tekshiriladi.
Dermatoglifika - barmoqlar, kaft va oyoq kafti izlarini tekshirish yoki teri
qoplamlarini bevosita ko‘rish usuli. Bunda chaqaloqlik davrida kaftlardagi
kundalang chiziqlar hamda jumladan xromosom kasalliklarga xos bo‘lgan
sinchalokdagi burmaning bittaligiga e’tibor beriladi.
Egizaklar usuli. Odatda ilmiy izlanish maqsadida, genetik hamda turli irsiy
kasalliklarga moyillik mavjudligini aniqlash uchun ham qo‘llaniladi. Bu usul
monozigot egizaklarning doimo bir xil genotipga ega bo‘lganligiga asoslanadi.
Bunda monozigot egizaklarning xar ikkalasida tug‘ma kasallikning aniklanishi,
uning irsiy tabiatga ega ekanligidan dalolat beradi.
Genlarni bog‘lash usuli – bu usulning asosida jinsiy hujayralarning mitoz va
mioz paytida lokuslari bitta xromosoma ichidayaqinjoylashgan genlarining
ajralmasdan,bog‘langan xolda nasldan-naslga o‘tishi yotadi (bog‘langan guruxlar).
U xolda irsiy kasalliklarning yashirin turlarida nomo‘tant gen bo‘lishi mumkin,
ya’ni u genetik marker bo‘lib xisoblanadi. Masalan: tirnoqlar va tizza
qopqog‘ining rivojlanishiga javob beradigan gen, A (II) gurux antigen xakida
ma’lumot beradigan gen bilanbog‘langan bo‘ladi. Shuning uchun tirnoqlarning
rivojlanmasligi va tizza qopqog‘ining bulmasligi autosom-dominant irsiy kasallik
A (II) guruxiga mansub bolalarda uchraydi. Shunday qilib, bu bolalarni AVO
tizimi bo‘yicha tekshirish natijalari kushimcha muxim diagnostik kriteriyalaridan
bo‘lib qolishi ham mumkin. Ushbu usul gemofiliya, Dyushenn miopatiyasi,
pigmentli retinit va boshqa kasalliklar diagnostikalarida ham qo‘llanishi mumkin.
Mikrobiologik ekspress-diagnostik usuli – bolalarni profilaktik ko‘ruvida va
chaqaloqlarda irsiy kasalliklarni aniqlash uchun qo‘llaniladi. Gatri testi
fenilketonuriya, gistidenemiya, leysinoz va galaktoziemiya diagnostikasida eng
keng qo‘llaniladigan mikrobiologik ekspress testlardan biri bo‘lib xisoblanadi.
Prenatal diagnostika moddalar almashinuvi irsiy kasalliklari yoki xromosom
aberratsiyalar bilan tug‘ilish ehtimoli bor bolalarda qo‘llaniladi. U xolda mediko-
8
genetik konsultatsiyasining tavsiyasiga ko‘ra xomiladorlikning birinchi 20
haftasida xomilani irsiy kasalliklari bor-yo‘qligiga tekshiruv o‘tkaziladi. Shu
maqsadda ultratovushli skanerlash (ultrasonografiya), amnio - va fetoskopiya,
kontrast rentgenografiya va amniotsentez usullari diagnostikasida qo‘llaniladi.
Xromosom kasalliklari.
Chaqaloqlarda xromosom kasalliklari 1:1000 uchraydi. Spontan abortlarning
20% yaqini xromosom annomaliyalari tufayli bo‘ladi. Bu kasalliklar vaqtidan
avval yoki o‘lik tuo‘ilishlarning asosiy sabablaridan bo‘lib xisoblanadi.
Xromosomalardagi strukturaviy buzilishlar reduksion bulinish paytdagi gameta
xosil bo‘lishi davrida yuz beradi. Bunda gometada xromosomalar sonining
ko‘payishi
yoki
kamayishiga
olib
keluvchi
kon’yugatsiya
vaqtida
xromosomalarning bo‘linmasligi kuzatiladi.
Xromosomalar strukturasining buzilishi organizm rivojlanishining turli
boshqichlarida sodir bo‘lishi mumkin. Zigotaning bo‘linishi yoki undan kechrok
bo‘lgan davrda hujayralardan birortasida buzilish sodir bo‘lsa, organizm
hujayralarining faqat bir qismida anomal kariotip saqlangan bo‘ladi. Bunday
xolatlar mozaitsizm deyiladi. Struktur anomaliyalardan ba’zilari nasldan-naslga
o‘tadi. Chaqaloqlar orasida xromosom kasalliklaridan eng ko‘p uchraydiganlari
bo‘lib Daun kasalligi, Patau-, Edvards – hamda Shereshevskiy-Terner sindromlari
va boshqalar xisoblanadi.
Daun kasalligi (21-juft trisomiyasi) xar 600-800 chaqaloqqa bitta xodisa
to‘g‘ri keladi.
35 va undan yuqori yoshli ayollardan boshqalarga nisbatan Daun kasalligi
bilan xastalangan bolalar 20-30 marta ko‘prok tug‘iladi. Kasallik klinikasi bola
yuzining oysimon ko‘rinishi, burnining yassiligi, ko‘z yorig‘ining mongoloid
shaklidaligi, musqo‘llar tonusining pastligi, bo‘g‘imlarning relaksatsiyasi,
fiziologik reflekslarning sustligi, kaftlarining keng –va barmoqlarining qisqaligi,
mikrobraxitsefaliya, quloq supralarining displaziyasi, tilining chiqib turishi,
tanglayining chuqurligi, epikant, dermatoglifika anomaliyalari mavjudligi bilan
9
belgilanadi. Yangi tug‘ilgan bola yuzlarining shishinqiraganligi, asfiksiya,
pnevmoniya yoki boshqa kasalliklar oqibatidagi musqo‘llar gipotoniyasi bois
diagnoz qo‘yish bir muncha qiyin bo‘ladi. Bunday xolatlarda diagnoz
o‘rnatilishining keyingi kuzatuvlarga va kariotipni tekshirish natijalariga
asoslanadi.
Patau sindromi 13 - juft xromosomalar trisomiyasi asosida rivojlanadi.
Klinikasi turli a’zolar va tizimlarda anomaliyalarning ko‘pligi bilan xarakterlanadi:
mikrotsefaliya, yuqori lab va tanglayining bitmaganligi, ko‘rlik, karlik, yurakdagi
tug‘ma poroklar, polidaktiliya va boshqalar. Bunday bolalar odatda hayotining
birinchi oylaridayok nobud bo‘ladilar.
Edvard sindromi asosida 18 – juft xromosomalar trisomiyasi yotadi.
Klinikasida mikrotsefaliya, ensa sohasining bo‘rtib turishi, pastki jag‘ning yaxshi
rivojlanmasligi (mikrogeniya), quloq supralarining deformatsiyasi va past
joylanishi, ko‘krak qafasining deformatsiyasi, chanoq – son bug‘imidagi chiqiqlar
va boshqa ko‘plab anomaliyalar kuzatiladi. Ichki a’zolar poroklaridan yurak, xazm
organlari, bo‘yrak poroklari ko‘prok uchraydi. Bunday bolalar hayotining birinchi
yilida nobud bo‘lishadi.
Shereshevskiy – Terner sindromi (45, X ). Bu sindrom chaqaloqlar va
maktab yoshidagi qizlar orasida 1:3000 nisbatda uchraydi. qiz bolalar muddatiga
yetib, lekin kichik vazn va past bo‘y bilan tug‘iladi. Chaqaloqlik davrdan boshlab
ularda tirnoqlar gipoplaziyasi, bo‘ynining kaltaligi, oyoq qo‘llarida, ayniqsa
tovonlarida limfatik shishlar kuzatiladi.
Go‘daklarda rivojlanishning ortda qolishi unchalik bilinmaydi. Bolaning
birinchi yoshida fakat bo‘y o‘sishining orqa da qolishi seziladi Keyinchalik ko‘z
tuzilishining antimongoloid turda bo‘lishi, epikant, quloq supralarining past
joylanishi va deformatsiyasi, ensadan yelka tomon ketadigan qanotsimon teri
burmasining bo‘lishi, ensa sohasida sochning yaxshi o‘smasligi, tirsak
bo‘g‘imlarining deformatsiyasi kabi boshqa belgilar bilinadi. Ichki a’zolardan
ko‘prok buyrak va yurak (aorta koarktatsiyasi) poroklari kuzatiladi. Ichki va tashqi
jinsiy a’zolar yetarli rivojlanmagan. Ikkilamchi jinsiy belgilari sust yoki umuman
10
rivojlanmagan. Ko‘krak bezlari va menstruatsiya bo‘lmaydi. Odatda bunday
bemorlar pushtsiz bo‘ladi. Jinsiy xromatin tekshirilganda hujayralarining
yadrolarida Barr tanachalarining yo‘qligi aniqlanadi. Dermatoglifika: ko‘pincha
kaftlarida burmaning bittaligi va uchradius o‘qining distal tarafga siljiganligi
kuzatiladi. Sitogenetik tekshiruvida ko‘pincha 45,X kariotip yoki 45 X/46 XX
mozaitsizm aniqlanadi. Mazoitsizmda klinik manzara ancha sust namoyon bo‘ladi.
Klaynfelter sindromi (47 XXU) ko‘p uchraydigan xromosom kasalliklaridan
biridir. O‘g‘il bolalar va katta yoshli erkaklar orasida taxminan 1:500 nisbatida
uchraydi. Chaqaloqlik davrida klinik diagnostika o‘tkazish imkoniyati yo‘q, chunki
bu kasallikka xos belgi aniqlanmaydi.
Kasallik klinikasi voyaga yetish davrida namoyon bo‘la boshlaydi.
Yevnuxoid tana tuzilishi, asosan oyoq uzunligi xisobiga baland bo‘ylilik,
musqo‘llar rivojlanishining sustligi, ginekomastiya, tashqi jinsiy organlar
atrofiyasi, aspermiya yoki oligospermiya, psixomator rivojlanishdan ortda qolishlar
xarakterlidir. Davolash pubertat yoshida androgenlar, kuchaytiruvchi vositalar
qo‘llaniladi. Ruxiy funksiyalarning susayishi kuzatilsa glyutamin kislota,
piratsetam, pantogam, korteksin, serebrolizin va vitamin terapiyalarni birga olish
tavsiya etiladi.
Gen kasalliklari.
Gen kasalliklari orasida moddalar almashivuning irsiy kasalliklari yoki
molekulyar kasalliklar ko‘prok uchraydi. Ularning rivojlanishi asosida oqsil
sintezini boshqaruvchi genlarning mo‘tatsiyasi yotadi. Mo‘tatsiya natijasida
maxsus oqsillar sintezi buziladi yoki butunlay barham topadi. Xozirgi kunda bu
kasalliklarning 500 dan ortik turlari ma’lum. Gen kasalliklari shartli ravishda 3
guruxga bo‘linadi: 1) noto‘g‘ri molekulyar strukturali oqsil sintez bo‘lishi bilan
bog‘lik kasalliklar (S,C,D va boshqa gemoglobinozlar); 2) oqsil molekulasidagi
uzilishlar bilan bog‘lik kasalliklar (gemofiliya, afibrinogenemiya, albuminemiya,
a-gammaglobunemiya va boshqalar); 3) oqsil molekulalari funksiyasining buzilishi
bilan bog‘lik kasalliklar (enzimopatiyalar).
11
Enzimopatiyalar patogenezi asosida fermentning sintez bo‘lmasligi yoki
faolligi sustligi okibatida bir moddaning boshqa moddaga aylanishidagi buzilishlar
yotadi. Buning natijasida organizmda moddalar almashinuvi zanjirlarida
buzilishlar yuzaga kelib, oralik maxsulotlarining tankisligi yoki ularning toksik
xolatlarga olib keladigan moddalarining oxirgi xosilalarining ko‘p miqdorda
yigilib qoladi. Bitta ferment moddaning o‘zgarishi fakat bitta reaksiyasini
kuchaytiradi va bitta gen tomonidan boshqarilib turiladi. Almashinuv zanjiri uzun,
murakkab bo‘ladi va undagi moddalar o‘zgarishi ko‘p genlar tomonidan
boshqariladi. Buning okibatida almashinuv jarayonlarining turli zvenolarini
boshqaradigan turli genlar mo‘tatsiyasi natijasida irsiy kasalliklarning xar xil
shakllari kelib chiqadi.
Fenilketonuriya
(fenilpirouzum
kislotasi
akliy
zaifligi).
Kasallik
chaqaloqlarda 1:10000 nisbatida uchraydi. Autosom-retsessiv turda nasldan-naslga
o‘tadi. Fenilalanil aminokislotasini tirozinga aylanishiga olib keladigan
fenilalanilgidroqsilaza fermentining faolligi pasayishi yoki umuman bulmasligi
okibatida kelib chiqadi. Qon va butun organizmda fermentativ to‘siq xosil bo‘lishi
natijasida fenilpirouzum, fenilsut - va fenilsirka kislotasi singari fenilalanin va
uning almashinuvi oraliq maxsulotlari yig‘ilib qoladi. Bu kislotalar va
fenilalanilning ortiqcha qismi siydik orqali chiqib turadi, lekin ko‘p miqdorda ular
organizmda ushlanib qolishi ham mumkin va bolaning normal rivojlanishini
buzadi, bunda birinchi o‘rinda oligofreniya rivojlanishiga olib keladigan asab
tizimi zaralanadi. Ikkinchi o‘rinda asab tizimining normal funksiyasi uchun muxim
bo‘lgan triptofan almashinuvi, serotonin va boshqa moddalar sintezining buzilishi
kuzatiladi. Fermentativ to‘sik, shu bilan birga tirozin sintezini yetarli bo‘lmasligiga
va melanin fermentining kam xosil bo‘lishiga ham sabab bo‘ladi.
Kasallikning rivojlanishi bola xayotining birinchi xaftalaridayok boshlanadi.
Lekin asab-ruxiy rivojlanishining orqada qolishi 6 oyligida bilinadi. Umumiy
qo‘zg‘olish belgilari, mushak tonusi va reflekslarining kuchayishi, soch va yuz
terining oqarishi kuzatiladi. Statik funksiyalar ortda qoladi. Bola kech o‘tiradi,
oyoqka kech bosadi va kech yuradi. Atrofdagilarga, ota-onasiga va boshqa
12
bolalarga qiziqish bo‘lmaydi. Bola gapirmaydi, lekin kasallikning yengil darajasida
3 yoshdan so‘ng nutk paydo bo‘lishi mumkin. Bemorlarning teng yarmida talvasa
sindromi kuzatiladi. Ko‘pincha yengil mikrotsefaliya, yurak, suyak tizimi va
boshqa a’zolarining tug‘ma poroklari kuzatiladi. Boladan o‘ziga xos “sichqon” xidi
keladi. Vazni va bo‘yi odatdagi o‘lchamlarda. Diagnozni chaqaloqlik davrida yoki
xayotining birinchi oylarida o‘rnatish muxim ahamiyatga ega, chunki shundagina
maxsus parxez qo‘llash orqali kasallik rivojlanishining oldini olish mumkin.
Chaqaloqlik davrda diagnozni Gatri testi yoki autotrof mikroorganizmlar sinamasi
kabi skrining tekshiruvlar natijasiga asosan o‘rnatiladi. Bola xayotining keyingi
davrlari esa, Fyoling sinamasidan foydaniladi.
Davolash. Bola ko‘krakdan ajratiladi va tarkibida fenilalanin minimal
miqdorda bo‘lgan maxsulotlar orqali parxez buyuriladi. Oqsilga bo‘lgan talabni
qondirish uchun ovkatga tarkibida fenilalanin bo‘lmagan gidrolizat qo‘shiladi.
Vitaminlar va simptomatik vositalar beriladi.
Dostları ilə paylaş: |