Alkaptonuriya. Kasallik feninalanin va tirozin almashinuvi buzilishi
natijasida kelib chiqadi. Gomogentizinaza fermentining yo‘qligi tufayli tirozindan
xosil bo‘ladigan gomogentizin kislotasi fumaril-atsetosirka kislotasiga
aylanmasdan organizmda ko‘p miqdorda yig‘ilib qoladi va siydik orqali chiqib
ketadi. Kasallik kam uchraydi va autosom-retsessiv turda nasldan-naslga o‘tadi.
Asosiy klinik belgisi bo‘lib, gomogentizin kislotasini xavoda oksidlanishi tufayli
bolaning siydigi to‘q jigarrangga kiradi. Bolaning yo‘rgagida to‘q jigarrang
dog‘lar qoladi. Kattalarda teri rangining sargayishi (oxrontoz) kuzatiladi.
Gomogentizin kislotasining tog‘ay to‘qimasini jaroxatlovchi ta’siri oqibatida
artropatiyalar, bo‘g‘imlar deformatsiyasi rivojlanadi.
Bolalik davrida davolash o‘tkazilmaydi. Kattalarga yuqori dozalarda vitamin
S qabul qilish tavsiya etiladi.
Albinizm. Bu kasallik fenilalanin va tirozin almashinuvining anomaliyasidir.
Tirozinaza fermentining yo‘qligi, melanin sintezi uchun zarur bo‘lgan tirozinni
dioksifenilalaninga aylanishiga yo‘l qo‘ymaydi. Nasldan- naslga autosom-
retsessiv yo‘l orqali o‘tadi. Bunday bolalarning teri rangi sut kabi oq, sochlari oq-
13
sarik tusda bo‘ladi. Melanin moddasining mutlaqo yo‘qligidan ko‘z rangdor
pardasining nur o‘tkazishi, yoruqdan qo‘rqish, nistagm kuzatiladi. Bolaning ongi
odatda normal bo‘ladi, lekin ko‘rlik, karlik, soqovlik, epilepsiya, oligofreniya
xolatlari ham uchrashi mumkin. Bunday bolalarda quyoshning to‘g‘ri nurlari terini
yallig‘lanish iga olib keladi. Davolash chorasi yo‘q. Bolani kuyosh nurlaridan
qo‘yib qolishidan asrash lozim bo‘ladi.
Klyon sharbati kasalligi. Kasallik valin, letsitin va izoleysin singari
aminokislotalar
metabolizmining
normal
kechishiga
imqon
beradigan
dekarboqsilaza fermenti yo‘qligi natijasida rivojlanadi. Enzimopatiya nasldan -
naslga autosom – retsessiv shaklda o‘tadi. Fermentativ to‘sik MNS ga toksik ta’sir
ko‘rsatadigan valin, letsitin, izoleysin va ular metabolitlarining organizmda yig‘ilib
qolishiga olib keladi. Ular siydik orqali ajralib, siydikdan o‘ziga xos klyon
sharbati xidini beradi.
Bunday bolalarda xayotining birinchi xaftalaridayok talvasalar, qayt qilish,
ensa soxasi mushaklarining tarangligi yuzaga keladi. Kasallik bolaning nobud
bo‘lishi bilan yakunlanadi. Bosh miyasida o‘zgarishlar bor bolalarga diagnoz
siydikning o‘ziga xos xidiga va qondagi aminokislotalar tarkibini xromotografik
tekshiruviga asoslanib o‘ziga. Davolash simptomatik shaklda o‘tkaziladi.
Gistidinemiya. Enzimopatiya aminokislotani gistidinga parchalaydigan
gistidinaza fermenti yetishmovchiligi natijasida yuzaga keladi. Autosom-retsessiv
turda o‘tadi.
Bunday bolalarning sochlari och rangda, ko‘zlari ko‘k, nutqi yaxshi
rivojlanmagan, so‘zlarni noto‘g‘ri talaffuz etishi, jismoniy va asab-ruxiy
rivojlanishda ortda qolishi kuzatiladi. Qon va siydikda gistidin miqdori oshgan
bo‘ladi. Siydikka 3-xlor temir qo‘shilganda asta-sekin siydik rangi yashilga
bo‘yaladi. Diagnozni xromotografiya yordamida qon tarkibida aminokislotalar
tarkibini tekshirish bilan tasdiklaydi. Davolashda gistidinni kam saklaydigan
taomlar buyuriladi. Taomlarga o‘zida gistidin tutmagan gidrolizatlar qo‘shib
beriladi: nootrop preparatlari buyuriladi va vitaminoterapiya o‘tkaziladi.
14
Glikogenozlar. Bu tug‘ma enzemapatiyalar bo‘lib, uning asosida glikogenni
glyukozaga aylanish jarayonida katalizator vazifasini bajaradigan ayrim
fermentlarning yo‘qligi yoki ularning kamligi yotadi. Glikogenozlarning 6 turi
chuqur o‘rganilgan. Kasallikning I va II turida birinchi belgilar chaqaloqlik
davridayok kuzatiladi.
I turdagi glikogenoz (gepatorenal, Girke kasalligi) boshqa turlarga karaganda
ko‘prok uchraydi. Nasldan - naslga autosom-retsessiv turda o‘tadi. Glyukozo-6-
fosfataza fermenti aktivligi pasayishi oqibatida rivojlanadi. Natijada glikogen
jigarda to‘planib, ochlik paytda glyukozaga aylanmaydi. Gipoglikemiya lipoliz,
atsetonemiya va atsidozning kuchayishiga olib keladi.
Chaqaloqlik davrdayok jigarning o‘ta kattaligi kuzatiladi. Glikogen
bo‘yraklarda ham yig‘ilib qoladi. Talok kattalashmaydi. Bola qisqa muddatga och
kolganida ham gipoglikemiya va atsidoz belgilari paydo bo‘ladi. Bolalar jismoniy
rivojlanishdan ortda qoladilar.
Girke kasalligida gipoglikemiyaning profilaktikasi maqsadida bolaning
ratsionida oqsil miqdorini oshirib, tez-tez ovkatlantirish buyuriladi. Gipoglikemiya
va atsidoz belgilari paydo bo‘lganda vena ichiga glyukoza va natriy bikarbonat
yuboriladi.
II
turdagi
glikogenoz
(generalizatsiyalashgan,
Pompe
kasalligi)-
glikogenozlarning yomon sifatlisi bo‘lib xisoblanadi. Glikogenni turli a’zo va
to‘qimalarda to‘planishiga sabab bo‘ladigan lizosom alfa-glyukozidaza fermenti
faolligi pasayishi natijasida rivojlanadi. Nasldan - naslga autosom-retsessiv turda
o‘tadi.
Kasallik belgilari: ishtaxaning pasayishi, qayt qilish, mushaklar kuchsizligi,
xansirash, sianoz xayotining ikkinchi oyidayok paydo bo‘lishi mumkin. Bunda
yurakning o‘ta kattaligi, kundalang-targil mushaklarning kuchsizligi kuzatiladi.
Keyinchalik yurak va nafas yetishmovchiligi rivojlanib, bolalar xayotining birinchi
yilidayok nobud bo‘ladilar.
Diagnoz qondagi leykotsitlar va muskul tolalarini biopsiya tekshiruvida
aniklangan glikogen miqdorining ko‘payishiga asoslanib qo‘yiladi. Girke
15
kasalligidan farqli ravishda bu turda ochlik paytda gipoglikemiya kuzatilmaydi,
glyukoza va galaktoza bilan o‘tkazilgan sinamalar va adrenalin yoki glyukogonga
reaksiyalar normada bo‘ladi.
Davolash
simptomatik
tarzda
o‘tkaziladi.
Nafas
va
yurak
yetishmovchiliklarga qarshi kurash olib boriladi.
Galaktozemiya. Galaktozaning glyukozaga aylanishi jarayonining buzilishi
bilan bog‘lik bo‘lgan enzimopatiyadir. Bu jarayonning birinchi fazasida
galaktozani galaktokinaza fermenti ta’sirida galaktoza-1-fosfatga aylanishi normal
kechadi. 2-fazada uridil-fosfat-galaktozaning xosil bo‘lishi galaktoza 1-fosfat-
uridil-transferaza fermentining yo‘qligi sababli buziladi va bolaning organizmiga
toksik ta’sir etuvchi glyukozo-1 fosfat qonda yigilib qoladi. Nasldan - naslga
autosom-retsessiv turda o‘tadi.
Kasallik klinikasiga uchlik simptom xarakterli bo‘ladi: jigarning kattalashuvi,
katarakta va jismoniy-ruxiy rivojlanishdan ortda qolishi. Kasallik bola tug‘ilishi
bilanok rivojlanadi. Chunki bola ko‘krak suti orqali ichaklarda glyukoza va
galaktozaga parchalanmaydigan kand-laktozasini qabul qiladi. Birinchi
belgilaridan bo‘lib qayt qilish, ich ketishi, organizm suvsizlanishi va
kuvvatsizlanib ketishi kuzatiladi. Jigar kattalashadi, qonda bog‘langan bilirubin
miqdori oshadi, teri va ko‘z oqi sargayadi. Siydik va najas normal rangda bo‘ladi.
Qonda galaktoza miqdori 200 mg% gacha ko‘tariladi va siydik orqali ko‘p
miqdorda ajralib turadi. Bu xolat diagnoz qo‘yishda xisobga olinadi. Bola odatda
xayotining birinchi yilida nobud bo‘ladi. Uz vaktida davolash boshlansa, ayniqsa
kasallikning yengil va o‘rtacha og‘ir shaklida bola deyarli normal rivojlanishi
mumkin. Davolash maqsadida bola xayotining birinchi kunidan 3 yoshga kadar
tarkibida galaktoza bo‘lmagan ozik-ovqatlar iste’mol qilishlari buyuriladi. Ona va
sigir suti berilmaydi. Uning o‘rniga bodom suti, sun’iy sut, pudinglar, erta
muddatda sabzovat maxsulotlari va go‘shtli sho‘rvalar berish boshlanadi. Ko‘krak
yoshidagi galaktozemiya bilan xastalangan bolalarga davolovchi sut maxsulotlari -
sutning barcha foydali komponentlari saqlangan sutsiz enpit beriladi.
Organlar va sistemalarning irsiy kasalliklari.
16
Brokning tug‘ma ixtioz formali eritrodermiya kasalligi. Og‘ir irsiy
kasallik bo‘lib, chaqaloqlik davridayok namoyon bo‘ladi. Nasldan - naslga
autosom-retsessiv turda o‘tadi. Dastlabki kunlarda teri rangi qizil va tez-tez
infeksiyalanishga moyil bo‘ladi, keyinchalik terining kepaklanishi va burmalarida
kattiklik yuzaga keladi. Qattiqlashgan teri qalin “pergament” pardaga o‘xshaydi.
Ba’zida u kir-zangori-sariq rangda bo‘lib, timsox terisini eslatadi. Yuzi
nikobsimon, qovoqlari tashqariga qayrilgan, og‘iz burchaklarida radial yoriklar,
quloq supralari yassilashgan bo‘ladi. Davolashda kortikosteroid preparatlari va V
gurux vitaminlarining qo‘llanishi yaxshi samara beradi. Og‘ir xolatlarda kasallik
bolaning o‘limi bilan yakunlanadi.
Mukovissidoz (oshqozon osti bezining kistofibrozi). Irsiy kasallik bo‘lib,
uning asosida bez yo‘llarining, oshqozon osti bezining bo‘lagining, mayda
bronxlar va x.k.larni to‘silishiga olib keladigan o‘ta ko‘p miqdorda yopishqoq
shilliq ishlab chiqarishi yotadi. Buning natijasida oshqozon osti bezining kistozi,
bronxlar atelektazlari, peribronxitlar va bronxopnevmoniyalar rivojlanadi.
Oshqozon ichak-trakti tomonidan bolalarda oshqozon osti bezining ekskretor
funksiyasining yetishmovchiligi natijasida kelib chikadagan so‘rilishning buzilishi
sindromi rivojlanadi. Nasldan - naslga retsessiv turda o‘tadi. Kasallik chaqaloqlar
orasida 1:1000 nisbatida uchraydi.
Chaqaloqlik davrida kasallik meqonial ileus bilan ifodalanadi. Bolada
yonbosh ichakning distal qismida ushlanib qolgan meqoniyning ajralishi
qiyinlashadi. Qorin kattalashadi va jarroxlik muolajasini talab etadigan boshqa
ichak tutilish simptomlari paydo bo‘ladi.
Yurakning tug‘ma poroklari. Chaqaloqlar orasida 0,2-0,8% gacha
uchraydi. Patologiyaning boshqa turlarisiz ham aloxida uchrashi mumkin. Bu
xolatlarning etiologiyasi oxirigacha aniqlanmagan. Ularning aksiriyat qismi
embrional taraqqiyot davrida salbiy omillar ta’siri natijasida rivojlanishi mumkin.
Yurakning tug‘ma poroklari ko‘pincha xromosom kasalliklari bilan birga uchraydi.
Tug‘ma nefroz. Kasallik bola xayotining 1-chi kunlari yoki xaftalaridayok
sezilarli shishlar, bo‘shliklarda shish suyuqligining yig‘ilib qolishiishi bilan
17
ifodalanadi. Siydikda 3,3-6,6% miqdorda oqsil, qonda gipo- yoki disproteinemiya,
giperxolesterinemiya aniqlanadi. Bola rivojlanishdan ortda qoladi. Oilaning
shajarasini tekshirib ko‘rilganda kasallik nasldan - naslga autosom-retsessiv turda
o‘tganligi aniqlanadi. 1/3 qism xolatlarda bola ota-onasining qarindoshlar ekanligi
topiladi. Bolalar odatda xayotining birinchi yillaridayok nobud bo‘ladi. Morfologik
tekshiruvda bo‘yraklar mikrokistozi, proksimal kanalchalarning kengayishi va
koptokchalarning yetilmaganligi, mezingiumada diffuz skleroz ko‘riladi.
Adrenogenital sindrom. Bu kasallik irsiy bo‘lib, bo‘yrak usti bezi po‘stloq
qismi gormoni biosintezidagi nuqsonlar bois rivojlanadi. Xomiladorlik davrida
bo‘yrak usti bezining giperplaziyasi rivojlanadi. Chaqaloqlarda bu sindrom og‘ir
suvsizlanishlarga olib keladi. 1:2000-1:5000 nisbatda nasldan - naslga autosom-
retsessiv turda o‘tadi. Bu kasallik qizlarda ko‘prok uchraydi. Qonga
androgenlarning ko‘p miqdorda o‘tishi qizlarda qin, jinsiy lablar va urogenital
sinusning o‘ta kattalashishiga olib keladi, ya’ni erkaklar jinsiy turiga o‘xshashlik
(psevdogermofraditizm) vujudga keladi. O‘gil bolalar jinsiy organlarida
o‘zgarishlar kuzatilmaydi. Kasallik 3 shaklda kechadi: virial, gipertonik, va tuz
yo‘qotish orqali kechuvchi.
Chaqaloqlarda tuz yo‘qotuvchi turi ko‘prok kuzatiladi. Xayotining 1-chi
xaftalarida, xatto birinchi kunlarida bolada to‘xtovsiz qayt qilish, bola ko‘krakni
olmasligi, ba’zan ich ketishi kuzatiladi. Suvsizlanish xolati kuchaya boradi.
Pilorostenoz belgilari bo‘lmaydi. Kasallik krizlar ko‘rinishida kechadi. Kriz
vaqtida bola nobud bo‘lishi ham mumkin. Qonda giponatriemiya, giperkaliemiya,
metabolik atsidoz kuzatiladi. Xromotografik tekshiruvida kortizon tankisligi
aniqlanadi.
Davolash maqsadida vena ichiga 5% glyukoza fiziologik eritma bilan
birgalikda yuborish tavsiya etiladi. Shu bilan bir vaqtda kichik dozalarda
kortikosteroidlar (prednizolon-0,5-1 mg/kg) buyuriladi.
Xondrodistrofiya. Skeletning sistemali irsiy kasalligi bo‘lib, nasldan - naslga
dominant turda o‘tadi. Kasallik ko‘prok keksa ota-onalardan tug‘ilgan bolalarda
yangi spontan mutatsiyalar tufayli rivojlanadi. Bola tug‘ilgandayok tanaga nisbatan
18
oyoq - qo‘llarining ayniqsa, proksimal bo‘limlarida kaltaligi, burun kangsharining
pastligi kuzatiladi. Peshona va tepa suyaklarining chiqib qolishi bilan namoyon
bo‘ladigan mikrotsefaliya xarakterli belgilardan bo‘lib xisoblanadi. Oyoq-
qo‘llarida yog‘ va mushak to‘qimasidan iborat bo‘lgan kalin teri burmalari
kuzatiladi. Kasallik asosida o‘suvchi tog‘ay hujayralarining tartibsiz joylanishi
tufayli enxondral suyaklanish anomaliyasi yotadi. Suyaklanish jarayonining
buzilishi embriogenez davrida yuzaga keladi. Ko‘pincha xomiladorlik davrida
xomilaning nobud bo‘lishi kuzatiladi. Bolalarning bir qismi bosh o‘lchamlarining
kattaligi bois tug‘ish vaktida shikastlanadilar
Rivojlanishning noirsiy poroklari.
Onalik jinsiy hujayrasi otalanishi va zigota xosil bo‘lish davridan boshlab,
yangi organizmni shakllanishini ta’minlaydigan irsiy ma’lumot berilishi
boshlanadi. Embriogenez davrida turli salbiy omillarining ta’siri xomilaning
genetik dasturi asosida normal rivojlanishini izdan chiqarib, poroklar xosil
bo‘lishiga olib keladi. Teratogen omillar pusht rivojlanishining kancha erta davrida
ta’sir ko‘rsatishni boshlasa, shuncha og‘ir poroklar vujudga keladi. Embrogenez
davrida rivojlanadigan poroklar embriopatiyalar deyiladi.
Poroklarning maxsusligi zararlovchi omilning shakllanayotgan pushtga ta’sir
ko‘rsatgan muddatiga bog‘lik bo‘ladi. Embrionga salbiy ta’sir 1-o‘rinda
shakllanishning xavfli bosqichida turgan a’zo va sistemalarda namoyon bo‘ladi.
Masalan, rivojlanishning birinchi xaftasida marula, blastula va keyin gastrulaning
xosil bo‘lish fazasida simmetrik, asimmetrik nuqsonlar va teratomlar paydo
bo‘lishi kuzatiladi. Ikkinchi xaftada organlarning teskari joylanishi yuzaga keladi.
3 va 4 xaftalarida, bosh, yurak-qon tomirlar, jigar, o‘pkalar, qalqonsimon bez,
birlamchi bo‘yrak, bo‘yrak usti bezi, oshqozon osti bezi, oyoq-qo‘llarning
shakllanayotgan davrda yuqorida ko‘rsatilgan organlarning yo‘qligi yoki ularning
poroklari yuzaga keladi. Miya naychasining qisman yoki to‘lik berkilmasligi miya
churralarining xosil bo‘lishiga olib keladi. Bu davrda qo‘shimcha a’zolar paydo
bo‘lishi yoki ba’zi a’zolar bo‘laklarning ko‘pligi yuzaga kelishi mumkin. Birinchi
oyning oxirida jinsiy a’zolar, limfatik sistema va taloqning shakllanishi boshlanadi,
19
kindik tizimchasining xosil bo‘lishi va shakllanib bo‘lgan a’zolarning rivojlanishi
esa davom etadi. Bu davrga yurak va qon-tomirlar anomaliyasi, kekirdakni
qizilo‘ngachdan to‘lik ajralmasdan fistulalar xosil bo‘lishi, oyoq-qo‘llar
rivojlanishining to‘xtab qolishi xarakterlidir.
2-chi oyda yuz, bo‘yin, ko‘krak kafasining va qorin bo‘shligining devorlari
shakllanishi, bosh miya arxitektonikasi, bosh-miya nervlari, simpatik ustini va
gangliyalar rivojlanishi, ko‘ruv va eshituv apparatining differensiatsiyasi yuzaga
keladi. Jabralar cho‘ntaklaridan baraban bo‘shligi, bodomsimon, kalqonsimon
bezlar shakllanadi, doimiy bo‘yraklar va jinsiy bezlar rivojlanadi. Embrional
taraqqiyotning ikkinchi oyida paydo bo‘ladigan anomaliyalarga lab va tanglayning
bitmay qolishi, eshitish organi anomaliyasi, bo‘yinning fistula va kistalari, ichki
organlarining eventratsiyasi bilan kechadigan ko‘krak va qorin bo‘shligi
devorlarining nuqsonlari, diafragma, yurak to‘siklarining nuqsonlari, asab, tomirlar
va mushaklar tizimi anomaliyalari kiradi. Tashki muxit omillaridan xarorat
o‘zgaruvchanligi, kislorod yetishmovchiligi, infeksion, ayniqsa virus kasalliklari,
ionlashgan radiatsiya, gormonal diskorrelyatsiya, toksik ta’sirga ega kimyoviy
moddalar, ovkatlanishning buzilishi va boshqalar teratogen ta’sir ko‘rsatishi
mumkin.
Subtotal katarakta, yurak poroklari, mikroftalmiya, karlik kabi nuqsonlar
qizilcha kasalligi virusining embrionni shikastlashi ta’sirida xosil bo‘lgan, keng
tarkalgan poroklar qatoriga kiradi. Porokning xarakteri qizilcha kasalligi
virusining xomiladorlikning nechanchi xaftasida ta’sir ko‘rsatganligiga bog‘lik.
Ayolning latent virus tashuvchiligi xomilaning shikastlanishiga olib kelishi
mumkin deb ham taxmin qilinadi.
Embriopatiya va fetopatiya tabiatli tug‘ma poroklarga onaning alkogol
iste’mol qilishi ham olib kelishi mumkin. Bunda bola tug‘ma gipotrofiya,
mikrotsefaliya, ko‘z yorigining torligi, epikant, ptoz, mikrogeniya va boshqa
poroklar bilan tug‘ilishi kuzatiladi. Keyinchalik bu bolalarning ko‘pchiligi
jismoniy va ruxiy rivojlanishdan ortda qoladi. Embrion va xomilaga simob va
qo‘rgoshin bug‘lari, qishloq xo‘jaligida va sanoatda keng qo‘llaniladigan kimyoviy
20
moddalar (fenollar, benzin, benzol, dimetildioksan, formaldegid, azot oksidi,
kimyoviy zaxarli moddalar va x.k.) ham toksik ta’sir ko‘rsatadi. Xomilador ayol
birinchi 3 oyligida nurlansa bolaning asab tizimi va bosh chanoq suyaklari
poroklari bilan tug‘ilishi kuzatilgan (mikrotsefaliya, gidrotsefaliya va boshqalar).
Chaqaloqlik davrda diagnoz qilinadigan asosiy embrio-fetopatiyalarning
qisqacha ro‘yxati quyidagilardan iborat:
Embriopatiyalar.
Embriogenezning 4-8 xaftalari orasida diafragma rivojlanish anomaliyalari
natijasida tug‘ma diafragmal churralar vujudga keladi. Keyinchalik diafragmaning
shakllanishi xomila xayotining 3-oylarida yuzaga keladi. Diafragmaning markaziy
qismida joylashgan paylar nuqsonidan diafragmal churralar vujudga keladi. Bunda
qorin bo‘shligidagi organlar qorinning yupka pardasi bilan qoplangan bo‘lib,
ko‘prok chap ko‘krak kafasini to‘ldirib turadi. Diafragmal churra bor tomonda
o‘pka yaxshi rivojlanmaydi, yurak esa qarama-qarshi tomonga siljiydi
(dekstrokardiya). Diafragmaning katta nuqsonida rivojlangan churra bola
xayotining birinchi soatlari yoki kunlaridagi o‘limiga sabab bo‘lishi ham mumkin.
Yengil yoki o‘rtacha og‘ir xolatlarda jarroxlik yordami talab etiladi.
Oyoq-qo‘l poroklari embrional rivojlanishning 3-4 xaftalarida yuzaga keladi.
Oyoq-kul nuqsonlarining 4 varianti kuzatiladi: 1) oyoq-qo‘llarning nuqsoni yoki
butunlay yo‘qligi (ameliya); 2) bitta oyoq yoki qo‘lning yo‘qligi (ektomeliya); 3)
proksimal qismlarining normal rivojlanganligi xolida distal qismlarining
rudimental rivojlanishi (gemimeliya); 4) distal qismi normal rivojlanganligi xolida
proksimal qismlarining bir yoki bir nechasining yo‘qligi (bunda qo‘l kaft va
tovonlar tanadan boshlanadi -fokomeliya). Ushbu poroklar rivojlanayotgan
embrionga shikastlovchi omilning ta’siri natijasida yuzaga keladi.
Qizilo‘ngachning tug‘ma atreziyasi embriogenezning 3-4 xaftalarida paydo
bo‘ladi. Bunda anatomik cheklangan, tepa va pastki ikkita segmentning yoki
traxeyaga ochilib traxeo-qizilo‘ngach fistulalalar xosil qiladagan, atreziyadan
teparok yoki pastrogida joylashgan segmentlar xosil bo‘ladi. Qizilo‘ngach pastki
qismi traxeyaga ochiladigan, tepa qismi bekik qopchaga o‘xshaydigan atreziyalar
21
ko‘prok uchraydi. Qizilo‘ngach atreziyasida bolani ovqatlantirgandan so‘ng darxol
qusishlar va og‘ir aspiratsiyalar kuzatiladi. Ovqatlantirish oraligida bunday
bolaning og‘zidan shillik ajralib turadi. Aspiratsiyalar pnevmoniyalarning
rivojlanishiga olib keladi. Rentgenologik tekshiruvida qizilo‘ngachni traxeya bilan
aloqadorligini isbot qiluvchi oshqozon va ichaklarda xavo to‘planishi aniqlanadi.
Qizilo‘ngach atreziyasi tezkor jarroxlik yordami talab qilinadi.
Ichaklar stenozlari va atreziyalari - embriogenez davrida ichak nayida teshik
xosil bo‘lishi oqibatida yoki xomiladorlik davridagi patologik (peritonit) jarayon
natijasida rivojlanishi mumkin. 12- barmokli ichakda, yo‘g‘on ichakning ko‘r
ichakga o‘tish joyida va to‘g‘ri ichak soxalarida ko‘prok rivojlanadi. Chaqaloqlar
atreziyalari yoki stenozlarida meqoniy ajralishi kamayadi yoki butunlay bo‘lmaydi.
Ichakning yuqori bo‘limi odatda o‘ta chuzilgan, pastki qismi esa bo‘sh bo‘ladi.
Oshqozon ichak tizimi rentgenologik tekshiruvidan so‘ng yakuniy diagnoz
qo‘yiladi. Davolash fakat jarroxlik usuli bilan amalga oshiriladi.
Orqa peshov atreziyasi ichaklar atreziyasiga nisbatan ko‘prok uchraydi.
Bunda to‘g‘ri ichakning oxiri yopiq bo‘lishi yoki u siydik pufagiga, uretraga yoki
jinsiy yoriqqa ochilishi mumkin. Orqa peshov o‘rni silliq bo‘lib yoki ozgina
chuqurcha xosil qilishi mumkin. Davolash jarroxlik usulda amalga oshiriladi.
Kindik tizimi churrasi qorin bo‘shligiga ichakni qaytmasligi natijasida 5
xaftalik pushtdan vujudga keladi. Yengil churralarda chaqaloqlar kindik soxasining
yong‘okdek bo‘rtib turishi, og‘ir xolatlarda esa bola boshi kattaligida bo‘ladi.
Unchalik katta bo‘lmagan churralarda churra qopchasida faqat charvi, katta
nuqsonlarda esa churra qopchasida ichak tutkichlari, jigar, taloq, oshqozon
bo‘ladi. Unchalik katta bo‘lmagan churralarni qattiq bosib bog‘lab qo‘yilganda,
keyinchalik churra qopchasi ichidagi a’zolar qoringa kirib ketadi, teshik sekin-asta
berqilib granulyatsiyaga uchraydi. Katta churralarda xayotining birinchi 6 soat
ichida jarroxlik usullar qo‘llaniladi. Jarroxlik usuli qo‘llanilmasa bolalarning 70-
80% nobud bo‘ladi.
O‘t yo‘llari atreziyasi jigar ichi o‘t yo‘llarining to‘la yoki qisman atreziyalari,
ductus choledoha yoki ductus cystici butunlay bo‘lmasligi kuzatiladi.
22
Embriogenezda jigar o‘t yo‘llari xar xil zachatkalardan paydo bo‘ladi, shuning
uchun ularning nuqsonlari cheklangan bo‘ladi. O‘t yo‘llari atreziyasi bilan
tug‘ilgan bolalar sklerasi va terisi o‘ta sargaygan bo‘ladi. O‘t yo‘llarining to‘la
obliteratsiyasida bolaning meqoniysi va najasi oq rangda, qisman esa normaga
yaqin bo‘ladi. Jigar doimo kattalashgan, konsistensiyasi zich. Ko‘pincha taloq ham
kattalashgan, qorni dam bo‘ladi. Qonda bog‘langan bilirubin miqdori ortib ketadi,
protrombin miqdori pasayadi. Ko‘pincha qon quyilishlar yuzaga keladi. Bolalar
hayotining birinchi yilida nobud bo‘lishadi. O‘t yo‘llari atreziyasini ba’zan
jarrohlik usuli bilan davolash ham mumkin bo‘ladi.
O‘pka ageneziyasi bir yoki ikki tomonlama bo‘lishi mumkin. O‘ng o‘pka
ageneziyasi ko‘prok uchraydi. Bitta o‘pka yo‘q bo‘lsa ikkinchisi ko‘krak
qafasining ikkala tomonini to‘ldirib, ko‘krak qafasining ichiga tortilishi xolati
chaqaloqlarda kuzatilmasligi ham mumkin. Bunday bolalar yashash qobiliyatiga
ega bo‘ladilar. Ba’zan o‘pka ageneziyalarida botall yo‘li va oval teshikning
ochiqligi birgalikda uchraydi.
Yurakning tug‘ma poroklari. Embrional rivojlanishining 4-8 haftalarida
bo‘lmachalar- va qorinchalararo to‘siqlar shakllanadigan davrda paydo bo‘ladi.
Ba’zi xolatlarda yurakning tug‘ma poroklari xomiladorlik davri yallig‘lanishi
jarayonlarida (masalan, sifilitik aortit natijasida) rivojlanishi mumkin.
Siydik yo‘llari va bo‘yraklar rivojlanishi nuqsonlari. Ikkala bo‘yraklar
bo‘lmasa bola yashay olmaydi. Buyraklarning biri bo‘lmasa (masalan, ageneziya,
taqasimon bo‘yrak) boshqasining faoliyati unchalik buzilmaydi. Bunda siydik
yo‘llarining qaytalanuvchi infeksiyasi va pielonefrit rivojlanishiga olib keladigan
siydik chiqaruv yo‘llarining, ayniqsa siydik chiqaruv kanalining rivojlanish
nuqsonlari ko‘prok uchraydi. Porokning erta diagnostikasi profilaktik choralarning
o‘z vaqtida o‘tkazilishiga imkon beradi. Siydik chiqaruv kanallarining rivojlanish
poroklari cheklangan bo‘lishi ham mumkin.
Siydik pufagining ekstrofiyasi eng ko‘p uchraydigan poroklardan bo‘lib
xisoblanadi. Bunda siydik pufagi soxasida qorin devori va siydik pufagi oldi
devori shilliq qavatining qayrilgan xolatda bitmay qolganligi kuzatiladi. O‘z
23
vaqtida jarrohlik yordami ko‘rsatilishi septik asoratlar paydo bo‘lishining oldini
olib, bolani normal rivojlanishiga sharoit yaratadi.
Markaziy asab tizimining rivojlanish poroklari anensefaliya, mikrotsefaliya,
embriogenezga tashqi muxit omillarining ta’siri oqibatida kelib chiqadi.
Anensefaliya asab naychasining oldingi bo‘limining to‘lik rivojlanmaganligidan
paydo bo‘ladi. Bunda miya yarim sharlari va bosh suyagining tepasi bo‘lmaydi,
uzunchoq va orqa miya saqlangan bo‘ladi. Bolalar xayotining birinchi kunlarida
nobud bo‘ladi.
Mikrotsefaliya (bosh miyaning to‘lik rivojlanmasligi) bola tug‘ilgan dan
so‘ng bosh o‘lchamlarining kichik ekanligi bilan xarakterlanadi. Bosh suyagi
tepasi yassilashgan, yuz qismi rivojlanishi normada bo‘ladi. Kasallikning klinik
manzarasi mikrotsefaliyaning darajasiga bog‘lik. Ko‘pincha ruxiy rivojlanishda
keskin orqada qolishi, xatto idiotiya kuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: |