1-mavzu: Sug’urtaning mohiyati, funktsiyalari va bozor munosabatlaridagi o’rni



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/29
tarix06.10.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#152613
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
sugurtaning mohiyati funktsiyalari va bozor munosabatlaridagi orni

 
3.
Kasbiy javobgarlikni sug’urtalash sug’urtachining sug’urta ob’ektiga 
keltirilgan zararni to’liq yoki qisman qoplash miqdorida sug’urta to’lovlari 
bo’yicha majburiyatlarni ko’zda tutuvchi sug’urta turlarini ifoda etadi.
Bunda jismoniy shaxsning mulkiy manfaatlari sug’urta ob’ekti hisoblanadi. 
Ushbu ob’ektni sug’urta qilish to’g’risida fuqarolik qonunchiligi tomonidan 
belgilangan tartibda jismoniy shaxsning uchinchi shaxs tomonidan sug’urtalangan 
kasbiy faoliyatni amalga oshirish munosabati bilan etkazilgan zararni qoplash 
majburiyatlari bilan bog’liq sug’urta shartnomasi tuziladi. Kasbiy faoliyatga 
talablar va uni amalga oshirish tartibi tegishli qonunchilik hamda me’yoriy 
hujjatlar tomonidan belgilanadi.
Kasbiy javobgarlikni sug’urtalash kasbiy faoliyatni amalga oshirishda 
uchinchi shaxsga zarar etkazishi mumkin bo’lgan turli shaxslar toifalarining 
mulkiy manfaatlarini sug’urta qilish turlarini birlashtiradi. Ko’pincha shifokorlar, 
notariuslar, baholovchilar, ekspertlar, qo’riqchilar, advokatlar va boshqalarning 
kasbiy javobgarligi sug’urta qilinadi.
Kasbiy javobgarlikni sug’urtalashda boshqa sug’urta turlaridan farqli ularoq 
sug’urta holatining boshlanishi tashqi omillarga (tabiiy ofatlar va kesin 
o’zgarishlar, uchinchi shaxs harakatlari va hokazolar) emas, balki muayyan kasbiy 
faoliyatni amalga oshiradigan shaxs malakasiga bog’liq. Sug’urtachi sug’urta 
shartnomasi tuzganidan so’ng kasbiy faoliyat bilan shug’ullanuvchi shaxs 
ehtiyotkorlik bilan ish tutishi va kasbiy ko’nikmalarni namoyon etishi lozim.
Ko’pchilik holatlarda sug’urta holatining boshlanishi sudning mutaxassisning 
mijozga moddiy zarar etkazganligi va uning miqdori uchun mulkiy javobgarligini 
belgilovchi qarori qonuniy kuchga kirgandan keyin tan olinadi. Bundan tashqari, 
sug’urtachining uchinchi shaxsga e’tirozlarni sudgacha hal etishda etkazgan zarari 


uchun javobgarligining belgilanishi ham faqat sug’urtachi tomonidan etkazilgan 
zarar aniq isbotlanganda sug’urta holati sifatida tan olinishi mumkin. Bunda 
sug’urta shartnomasida sug’urtachi javobgarligining paydo bo’lishi asosli 
ekanligini tan olish va zararni qoplash miqdorini aniqlash sug’urtachi yoki 
vakolatli vakili ishtirokida amalga oshirilishi kelishib olinadi.
Kasbiy javobgarlikni sug’urtalashning har bir turi ma’lum bir kasbning o’ziga 
xos xususiyatlari bilan asoslangan o’z xususiyatlariga ega. Har bir ma’lum 
kasbning o’ziga xos xususiyatlari kasbiy javobgarlikni sug’urtalash shartnomasini 
tuzishda hisobga olinadi. Bu borada sug’urtachining o’z kasbiy majburiyatlarini 
bajarishga vijdonan, mulohaza bilan va asosli yondoshuvi kasbiy javobgarlikni 
sug’urtalashda umumiy printsip sanaladi. Aks holda sug’urtachi sug’urta qilish 
shartnomasi bo’yicha o’z javobgarligidan ozod etilishi mumkin.
Xorijiy amaliyotda kasbiy javobgarlikni sug’urtalashning ayrim turlari 
majburiy asosda amalga oshiriladi, ya’ni yuridik yoki jismoniy shaxslar (masalan, 
shifokorlar, rielterlar, baholovchilar, notariuslar va boshqalar) kasbiy javobgarlikni 
sug’urtalash polisisiz ma’lum bir kasbiy faoliyat bilan shug’ullanish huquqiga ega 
emas. 
Bu borada sug’urtalanuvchi - kasbiy faoliyatni amalga oshiradigan yuridik 
yoki jismoniy shaxs, sug’urtachi - sug’urta faoliyatini amalga oshirish uchun 
tashkil etilgan va belgilangan tartibda ro’yxatga olingan hamda korxonaning 
kasbiy javobgarlikni sug’urtalash huquqini beruvchi litsenziyaga ega yuridik shaxs 
sug’urta huquqiy munosabat sub’ekti hisoblanadi. Ushbu sug’urta sub’ektlari 
sug’urta majburiyatlarining asosiy tomonlari, ya’ni sug’urta shartnomasi 
tomonlaridir. Bundan tashqari, jabr ko’rgan shaxs (sug’urta shartnomasi uning 
foydasiga tuzilgan) ham kasbiy javobgarlikni sug’urtalash sub’ektlari sirasiga 
kiradi. Odatda, jabr ko’rgan shaxs, agarda sug’urta shartnomasida boshqa narsa 
ko’zda tutilmagan bo’lsa, etkazilgan zarar miqdorida sug’urta to’lovi olishga haqqi 
bor. 
Kasbiy javobgarlikni sug’urtalash shartnomasini tuzishda jabr ko’rganlar 
(foyda oluvchilar) sug’urtalanuvchiga ham sug’urtachiga ma’lum qilinmaydi.
Ushbu holatda sug’urta shartnomasida bu shartnoma kimning foydasiga 
tuzilganligi aytilmagan yoki u sug’urta qiluvchi yoxud boshqa shaxs foydasiga 
tuzilgan bo’lsada, sug’urta to’lovi olish huquqiga foyda oluvchi faqatgina sug’urta 
qiluvchi uning oldida javobgar bo’lgan shaxsgina (yoki uning merosxo’ri) 
hisoblanadi. 
Kasbiy javobgarlikni sug’urtalash shartnomasi shartlarida sug’urtachining 
sug’urtalanuvchi yoki uning xodimi vakolatiga nisbatan kafolatlari ko’zda 
tutilmagan.
Sug’urtachi uchinchi shaxsga sug’urtalanuvchi tomonidan qonunuiy va 
me’yoriy hujjatlar buzilishi, sug’urtalanuvchining atayin harakatlari natijasida 
zarar etkazilsa sug’urtalanuvchi majburiyatlari bo’yicha javobgar hisoblanmaydi. 
Sug’urtalanuvchining harakatlaridagi niyatni isbotlash sug’urtachi zimmasiga 
yuklatiladi. Sug’urtalanuvchining niyati sudning qonuniy kuchga kirgan qarori, 
hukmi bilan aniqlanadi. Agarda sug’urtalanuvchiga nisbatan jinoiy ish
qo’zg’atilgan bo’lsa, sug’urta 


mukofoti to’g’risidagi masala sud qarori va hukmigacha to’xtatiladi.
O’zbekiston Respublikasining “Notariat to’g’risida”gi qonunining 20-
moddasiga binoan shaxsiy amaliyot bilan shug’ullanuvchi notarius o’z 
faoliyati sug’urta qilish shartnomasini tuzishga majbur. Notarius o’z 
majburiyatlarini sug’urta shartnomasini tuzmasdan turib bajarish huquqiga ega 
emas.
Notariusning qonunuchilik tomonidan belgilangan tartibda uchinchi shaxsga 
notarial faoliyatni amalga oshirishda etkazilgan zararni qoplashga doir 
majburiyatlari bilan mulk manfaatlari sug’urta ob’ektlari hisoblanadi.
Notariuslarning kasbiy javobgarlikni sug’urtalash shartnomasi shartlariga 
muvofiq sug’urta qiluvchi sug’urtalanuvchi tomonidan sug’urta shartnomasida 
ko’rsatilgan sug’urta mukofotini to’laganidan keyin sug’urtalanuvchiga sug’urta 
shartnomasining amal qilinish davrida ahamiyatga ega bo’lgan notarial 
harakatlarni qonunga xilof ravishda amalga oshirishgan (yoki kerakli notarial 
haraktalari bajarmagan) sug’urta qiluvchi o’z kasbiy majburiyatlarini tegishli 
tarzda bajarmagani oqibatida yuzaga kelgan e’tirozlar bo’yicha zararni qoplash
majburiyatlarini qabul qiladi.
Sug’urta qiluvchining zararni qoplash majburiyati notarius mijozlariga 
notarius tomonidan o’zining kasbiy majburiyatlarini amalga oshirishdagi e’tiborsiz 
harakatlari, xatolari yoki kerakli notarial hatti-harakatlarni bajarilmasligi natijasida 
yuzaga kelgan zarar etkazilgan holatlarda paydo bo’ladi. Sug’urtachi odatda 
amaldagi qonunchilikka nomuvofiq tarzda amalga oshirilgan notarial harakatlar 
yoki sug’urtalanuvchining g’arazli niyatida kerakli notarial harakatlarni 
bajarmaslik natijasida etkazilgan zararni qoplamaydi. Notariusning g’araz niyati 
sudning qonuniy kuchga kirgan qarori va hukmi bilan aniqlanadi. Bunda 
sug’urtalanuvchining harakatlarida g’araz niyat borligini isbotlash sug’urtachi 
zimmasiga yuklanadi.
Sug’urta holati sug’urtalanuvchining zararni qoplash majburiyati belgilangan 
paytdan boshlanadi. Odatda sug’urta holati notariusga uchinch shaxsga u 
tomonidan bajarilgan noqonuniy notarial harakatlar, xatolar yoki kerakli notarial 
harakatlarni bajarmaslik oqibatida etkazilgan zararni qoplashni yuklaydigan sud 
organining qarori kuchga kirgach, boshlangan hisoblanadi. Sug’urta shartnomasida 
sug’urta holatini belgilash va mijozning notariusga zararni qoplash talabi 
bildirilgan e’tirozi asosli bo’lganda, uni sug’urta yo’li bilan to’lash majburiyati 
ko’zda tutiladi. Sug’urta holatini aniqlash sug’urta shartnomasida aniq bayon 
etilishi shart. 
Notariusning kasbiy javobgarligini sug’urtalash shartnomasi bo’yicha eng 
kam sug’urta summasi O’zbekiston Respublikasining “Notariat to’g’risida”gi 
qonunining 20-moddasiga muvofiq begilangan eng kam ish haqining yuz baravar 
miqdoridan kam bo’lmasligi kerak.
Notariusning kasbiy javobgarligini sug’urtalash shartnomasi notariusning 
yozma arizasi asosida tuziladi. Arizada odatda notarius haqida sug’urta xavfi 
darajasini aniqlash uchun muhim ahamiyatga ega ma’lumotlar, ya’ni kasbiy 
javobgarligi sug’urta qilinayotgan shaxsning ismi sharifi, kasbi, kasbiy faoliyati 
boshlangan sana, shaxsiy notarial amaliyot bilan shug’ullanish huquqini beruvchi 


litsenziyani olish sanasi va raqami, pochta manzili, telefon, faks, teleks 
ko’rsatiladi. Ariza berish paytida notarius faoliyati sug’urtalangani, avval tuzilgan 
sug’urta shartnomasi to’xtalishi nimaga bog’liqligi, notariusning kasbiy faoliyatiga 
taaluqli xatolar, ehtiyotsizlik yoki kamchiliklar bilan bog’liq e’tiroz bildirilgan 
ma’lumotlar ko’rsatiladi.
Notariusning kasbiy javobgarligini sug’urtalash shartnomasi notarius kasbiy 
faoliyatini amalga oshirishda o’z harakatlari uchun javob bergandagina, shaxslar 
foydasiga tuzilagan hisoblanadi. Sug’urta shartnomasini tuzishda foyda oluvchilar 
sug’urtalanuvchi yoki sug’urtachiga ma’lum qilinmaydi. Shunday bo’lsada, 
sug’urta shartnomasida u kimning foydasiga tuzilgani aytilmagan bo’lsa yoki 
shartnoma notarius yoxud boshqa shaxs foydasiga tuzilgan bo’lsa ham sug’urta 
to’lovi olish huquqiga ega foyda oluvchi faqatgina notarius uning oldida javobgar 
bo’lgan shaxs bo’lishi mumkin.
Sug’urta shartnomasi odatda bir yildan kam bo’lmagan muddatga tuziladi. 
Sug’urta shartnomasi agarda shartnomada boshqa narsa ko’zda tutilmagan bo’lsa, 
sug’urtalanuvchi tomonidan sug’urta mukofotlari to’langanidan keyin kuchga 
kiradi. 
Sug’urta shartnomasining amal qilinishi shartnomada ko’rsatilgan muddatda 
yoki sug’urtalanuvchi tomonidan sug’urta summasi to’liq to’langan yoxud 
sug’urtalanuvchi tomonidan sug’urta manfaatini yo’qotgan holatda to’xtatiladi. 
Sug’urtalanuvchining sug’urta manfaatdorligi notarius vakolatini to’xtatganda 
yo’qotilgan sanaladi. Ushbu holatda sug’urtalanuvchi sug’urtachiga bu haqda 
yozma bildirishnoma va sug’urta manfaatdorlik yo’qolganini tasdiqlovchi 
hujjatlarni taqdim etadi. Shartnomani sug’urtalanuvchining sug’urta manfaatdorligi 
yo’qotganligi 
natijasida 
muddatidan 
oldin 
to’xtatilishi 
sug’urtachi 
sug’urtalanuvchiga sug’urta mukofoti sug’urta shartnomasining bekor qilinishining 
haqiqiy sanasidan unda ko’rsatilgan amal qilish sanasigacha qolgan muddatga 
mutannosib tarzda qaytaradi.
Odatda sug’urta shartnomasida sug’urtalanuvchining quyidagi majburiyatlari 
ko’zda tutiladi: sug’urta holati sabablari, uning borishi va oqibatlarini aniqlash 
uchun barcha imkoni bor va maqsadga muvofiq chora-tadbirlarni qabul qilish
sug’urtachini unga sug’urta holati munosabati bilan bildirilayotgan barcha e’tiroz 
haqida kechiktirmasdan (sug’urta shartnomasida kelishilgan muddatda) xabardor 
qilish; sug’urtachiga sug’urta holati sabablari, uning borishi va oqibatlari, 
etkazilgan zarar xususiyatlari va miqdori haqida muhokama qilish imkonini 
beradigan barcha axborotlar hamda hujjatlarni taqdim etish.
Sug’urta shartnomasiga muvofiq sug’urtachi unga sug’urtalanuvchi nomidan 
zararni undirish to’g’risida talab qayd etilgan e’tirozlar bildirilgan holatda 
muzokaralar olib borishi va etkazilgan zararni qoplash haqida bitim tuzish, 
sug’urta holati holatlari va sabablarini yoki sug’urtalanuvchining roziligini 
kutmasdan zarar miqdorini aniqlash uchun choralar ko’rish, shuningdek, sud va 
boshqa vakolatli organlarda sug’urtalanuvchi nomidan hamda topshirig’i bo’yicha 
ish yuritish huquqiga ega.


Agarda notarius rozi bo’lmasa yoki boshqa tarzda qayd etilgan harakatlarni 
amalga oshirishga to’sqinlik qilsa, sug’urtachi sug’urta to’lovini to’lashdan bosh 
tortishi mumkin.
Notariusning kasbiy javobgarligini sug’urtalash shartnomasida sug’urta 
mukofotini to’lash muddatlari aniqlanadi. Sug’urta mukofotining miqdori sug’urta 
shartnomasiga muvofiq belgilanadi va sug’urta summasi miqdoriga bog’liq 
bo’ladi.
4.
Sug’urta mukofoti tarif stavkalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi va
tanlangan sug’urta summasiga bog’liq bo’ladi. Sug’urta tariflari statistika 
ma’lumotlari, sug’urta bozori konyukturasi, tavakkalchilik darajasi, sug’urta qilish 
muddati va sug’urta summasi miqdori hisobga olingan holda belgilanadi. Bundan 
tashqari, sug’urta mukofoti miqdori notarius tomonidan kasbiy harakatlarning 
amalga oshirilishi va amalga oshirilayotgan notarial harkatlar turlari munosabati 
bilan e’tirozlarni qonunda belgilangan tartibda qondirish to’g’risida ma’lumotlar 
aniqligiga bog’liq bo’ladi. Notarius ijro xatlarini amalga oshirish chog’ida 
sug’urtachi oshiruvchi koeffitsentlarni qo’llashi mumkin.
Hisoblab chiqarilgan sug’urta mukofoti sug’urtalanuvchi tomonidan bir yo’la 
yoki qisman naqd yoxud naqdsiz yo’li orqali shartnoma tuzilgan kundan boshlab 
kelishilgan muddat ichida to’lanishi mumkin. Sug’urta mukofoti to’liq 
to’lanmagan holatda esa sug’urta summasi sug’urta mukofotining to’langan 
qismiga mutanosib ravishda kamayadi.
Notariusga e’tirozlar u bilan shartnoma munosabatidan bo’lgan mijoz va u 
bilan shartnoma munosabatida bo’lmagan, biroq etkazilgan zarar sababli e’tiroz 
bildirish huquqiga ega shaxslar tomonidan bildirilishi mumkin.
Sug’urta holati sodir bo’lgan chog’da sug’urtalanuvchi sug’urta 
shartnomasida belgilangan muddatda bu haqda sug’urtachiga yozma ravishda 
xabar berishga majbur. 
Sug’urta holati sodir bo’lgan chog’da sug’urtalanuvchi sug’urtachiga 
sug’urta holati sodir bo’lganini isbotlovchi barcha kerakli hujjatlarni taqdim etadi. 
Bunda sug’urtalanuvchi sug’urtachiga sug’urta holati bilan bog’liq unga ma’lum 
bo’lgan yoki paydo bo’lgan ma’lumotlar va vaziyatlarni xabar qilishi shart. 
Sug’urtachi taqdim etilgan hujjatlar xaqiqiyligini tekshirish huquqiga ega.
Sug’urta to’lovi sug’urtachi tomonidan sug’urta shartnomasida belgilangan 
muddat davomida sug’urtalanuvchidan sodir bo’lgan sug’urta holati haqida barcha 
kerakli hujjatlarni olganidan keyin to’lanadi. Sug’urta to’lovi miqdori sug’urta 
polisida ko’rsatilgan sug’urta summasidan oshmasligi kerak. Sug’urtachi agarda 
sug’urtalanuvchi sug’urta shartnomasi shartlarini tegishli ravishda bajarmasa, 
sug’urta to’lovi summasini kamaytirish huquqiga ega. Sug’urta to’lovi miqdori 
zarar va e’tiroz bildiruvchi tomonidan qilingan sarf-harajatlar, shuningdek, 
notarius tomonidan sug’urtachining yozma ravishdagi roziligi bilan qilingan sarf-
harajatlar miqdori summasi kabi aniqlanadi. Biroq sug’urta shartnomasi 
sug’urtachining har bir sug’urta holati va jabr ko’rgan kishi tomonidan bildirilgan 
e’tiroz bo’yicha javobgarligi limitini belgilashi mumkin. Agarda notariusga 
nisbatan jinoiy ish qo’zg’atilgan bo’lsa, sug’urta to’lovini to’lash haqida masalani 
hal qilish to’xtatiladi.


Notariusning bir yo’la bir qancha mijozlarining zararini qoplashda agarda 
uning miqdori sug’urtachi javobgarligining umumiy limitidan oshsa (sug’urta 
summasining sug’urta shartnomasi bo’yicha miqdori), sug’urta to’lovi har bir 
jabrlanuvchiga etkazilgan zarar summasiga nisbatan sug’urtachi javobgarligining 
umumiy limitiga mutanosib ravishda to’lanadi.
Shuningdek, sug’urta shartnomasida notarius tomonidan qoplanishi lozim 
bo’lgan zarar miqdori - franshiza ko’zda tutilishi mumkin. Ushbu holatda 
kompaniya notarius tomonidan franshiza miqdorida qoplanishi lozim bo’lgan 
summadan oshadigan zararni qoplash majburiyatini qabul qiladi.
Notarius harakatiga bildirilgan e’tirozlar, shikoyatlar, arizalarni ko’rib chiqish 
bilan bog’liq sud yoki boshqa sarf-harajatlar, agarda ushbu sarf-harajatlar 
sug’urtalanuvchi zimmasiga yuklatilgan bo’lsa, sug’urtachi tomonidan sug’urtachi 
javobgarligi limiti doirasida qoplanadi. 
Sug’urtalanuvchi sug’urta shartnomasiga amal qilish bekor qilinganidan keyin 
sug’urtachi undan sug’urta shartnomasiga amal qilish davrida sug’urta holati 
to’g’risida e’tiroz (bildirish) olgan bo’lsagina, sug’urta summasini olish huquqiga 
ega bo’lishi mumkin. Pul mablag’lari sug’urtachining hisobraqamidan 
sug’urtalanuvchi hisobraqamiga o’tkazilgan kun sug’urta summasi to’lash kuni 
hisoblanadi. 
Sug’urtachi quyidagi hollarda sug’urta to’lovini to’lashdan bosh tortish 
huquqiga ega: agarda sug’urtalanuvchi soxta ma’lumotlar taqdim etgan va ular 
asosida sug’urta shartnomasi tuzilgan bo’lsa; agarda zarar sug’urtalanuvchi aybi 
bilan etkazilgan bo’lsa; agarda zarar sug’urtachi yoki uning mijozining bevosita 
g’arazli niyati sababli etkazilgan bo’lsa; agarda sug’urtalanuvchi notarial 
harakatlarni qonuniy muddatlardan tashqari amalga oshirgan bo’lsa (litsenziyani 
chaqirib olish, litsenziyaning amal qilish muddati tugashi); agarda sug’urtalanuvchi 
sug’urtachining sug’urta shartnomasida ko’zda tutilgan harakatlarni amalga 
oshirishiga rozi bo’lmasa yoki boshqacha yo’l bilan to’sqinlik qilsa; agarda 
sug’urtalanuvchi sug’urtachiga sug’urta holati sodir bo’lgani to’g’risida o’z 
vaqtida xabar bermasa.
Agarda sug’urta to’lovi to’langanidan keyin ushbu to’lov notarius yoki 
boshqa manfaatdor shaxslar tomonidan g’arazli harakatlar natijasida qalbaki 
yo’llar bilan olinganligi aniqlansa, to’langan mablag’ning hammasi uni to’lagan 
sug’urtachiga qaytariladi. Sug’urtachi va sug’urtalanuvchi o’rtasida yuzaga 
keladigan barcha tortishuvlar muzokaralar yo’li bilan, o’zaro kelishuvga 
erishilmasa, sudda hal etiladi.

5.
Sug’urta shartnomasi bo’yicha sug’urta mukofoti miqdori sug’urta 
summasi miqdoridan kelib chiqqan holda sug’urtachining tarif stavkasi bo’yicha 
hisoblanadi. Sug’urta tariflari statistika ma’lumotlari, sug’urta bozori 
konyukturasi, tavakkalchilik darajasi, sug’urtalanuvchi faoliyati turini sug’urta 
qilish muddati, tanlangan tavakkalchilik va tavakkalchilik darajasiga ta’sir qiluvchi 
boshqa holatlar hisobga olingan holda belgilanadi.
Sug’urta mukofoti auditorlik xizmatlarni amalga oshirishga doir 
rejalashtirilayotgan 
aylanma 
mablag’ 
asosida 
belgilanadi. 
Sug’urta 
shartnomasining amal qilish muddati yoki shartnomada belgilangan boshqa 


davrning tugashi bilan odatda sug’urta puli va sug’urta mukofoti miqdori 
sug’urtalanuvchi faoliyatining natijalari hisobga olingan holda qayta hisoblanadi.
Sug’urta mukofotini to’lash tartibi tomonlar kelishuvi bo’yicha belgilanadi: 
bir yo’la yoki qisman sug’urtachining hisobraqamiga naqd pulsiz o’tkazish yo’li 
bilan. Sug’urta mukofoti sug’urtalanuvchi tomonidan sug’urta shartnomasida 
kelishilgan muddat ichida shartnoma imzolangan kundan boshlab to’lanadi. 
Sug’urta mukofoti to’liq to’lanmagan holatda sug’urta puli sug’urta to’lovining 
to’langan qismiga mutanosib ravishda kamayadi.
Shartnomani bir yildan kam muddatga tuzilganda sug’urta mukofoti yillik 
sug’urta mukofoti summasidan foiz hisobida ajratiladi. Sug’urta shartnomasiga 
to’liq bir oy amal qilinmagan holatda ham sug’urta mukofoti to’liq to’lanadi. 
Shartnomani bir yildan oshiq muddatga tuzishda sug’urta to’lovi imtiyozli tarif 
stavkalari bo’yicha hisoblanadi.
Sug’urta mukofoti to’liq to’lanmagan holatda sug’urta polisida 
sug’urtalanuvchi tomonidan haqiqatdan ham to’langan sug’urta mukofoti va unga 
tegishli sug’urta puli ko’rsatiladi.
Sug’urtalanuvchi sug’urtachiga yozma ravishda sug’urta shartnomasiga amal 
qilish muddati ichida tavakkalchilik darajasidagi o’zgarishlar haqida xabar qilish 
shart. Agarda tavakkalchilik darajasining oshishi sug’urta mukofoti miqdorini 
oshirish zaruratini yuzaga keltirganda sug’urtachi sug’urtalanuvchiga qo’shimcha 
sug’urta mukofoti uchun hisob bilan birga sug’urta shartnomasiga kiritilgan 
tegishli qo’shimchalarni ham jo’natadi. Sug’urtalanuvchi qo’shimcha sug’urta 
mukofotini to’lashi va mukofot uchun hisobni hamda shartnomaga qo’shimcha 
matnini olgan kundan boshlab sug’urta shartnomasiga kelishilgan muddat ichida 
qo’shimchani imzolashi yoki sug’urta shartnomasini buzishni talab qilishi 
mumkin.
Agarda sug’urtalanuvchi ko’rsatilgan hatti-harakatlarni bajarmasa, sug’urtachi 
sug’urta shartnomasini bekor qilishni va shartnomani bekor qilish orqali etkazilgan 
zararni qoplashni talab qilish huquqiga ega.
Sug’urta shartnomasini amal qilish davri tugagandan keyin va u bo’yicha 
sug’urta holati sodir etilmasa sug’urtalanuvchiga shartnoma bo’yicha to’langan 
sug’urta mukofotining bir qismi qaytariladi.
Sug’urtalovchining javobgarligi uning hisobraqamiga sug’urta mukofoti kelib 
tushgan kundan boshlanadi, sug’urta to’lovini to’lash bo’yicha sug’urtachi 
javobgarligining kuchga kirishi odatda sug’urta polisi bilan tasdiqlanadi. Sug’urta 
polisi sug’urtalanuvchiga sug’urta mukofotini sug’urtachining hisobraqamiga 
sug’urta shartnomasida kelishilgan muddat ichida kelib tushgan kundan boshlab 
beriladi.
Sug’urta holati sodir etilganda yoki uning boshlanishiga sabab bo’luvchi 
holatlarda, 
shuningdek, 
uchinchi 
shaxsdan 
e’tirozlar kelib tushganda 
sug’urtalanuvchi sug’urta holati sabablari, uning borishi va oqibatlarini aniqlash 
uchun kerakli choralarni, zararning oldini olish yoki kamaytirish, zarar etkazilgan 
shaxslar hayoti va mulkini saqlashga oid barcha imkoni bor va maqsadga muvofiq 
choralarni ko’rishi, qisqa muddat ichida sug’urta qiluvchiga ushbu holatning sodir 
etilgani haqida xabar berishi va unga ushbu ishga taaluqli barcha hujjatlarni 


yuborishi, sug’urta qiluvchiga uning oqibatlari, sudda ishni ko’rish va ushbu 
ishga taaluqli boshqa faktlar haqida ma’lumot berishi, agarda sug’urtalanuvchi 
sug’urta holati bo’yicha sug’urtachi va sug’urtalanuvchining manfaatlarini sudda 
hamda suddan tashqari tartibda himoya qilish uchun o’z advokatini yoki boshqa 
vakolatli shaxsni tayinlash kerak deb hisoblasa unga bu borada imkoni boricha 
yordam berishi, zararni to’lamasligi, sug’urta holati bo’yicha sug’urtalanuvchiga 
bildirilgan talablarni qisman yoki to’liq tan olmasligi, bunday talablarni bartaraf 
etish bo’yicha sug’urta qiluvchining roziligisiz hech qanday majburiyatlarni qabul 
qilmasligi, sug’urtalanuvchi imkoni boricha sug’urta qiluvchining zarar etkazilgan 
mulkni ko’zdan kechirish va etkazilgan zarar miqdorini belgilashda ishtirok 
etishini ta’minlashi, sug’urta holatida etkazilgan zarar uchun javobgar bo’lgan 
uchinchi shaxsga nisbatan teskari talablarni ta’minlashga oid barcha choralarni 
ko’rishi, agarda sug’urtalanuvchida zararni muntazam to’lashni to’xtatishi yoki 
uning miqdorini qisqartirish imkoni paydo bo’lganda, bu haqida sug’urtachiga 
xabar berishi va bunday to’lovlarni to’xtatish yoki ularning miqdorini kamaytirish 
bo’yicha barcha choralarni ko’rishi shart. 
Sug’urtachi sug’urta shartnomasi bo’yicha sug’urtalanuvchining sug’urta 
holati sababli yuzaga kelgan mulkiy yo’qotishlarining o’rnini to’ldiradi. Agarda 
shartnomaga amal qilish davrida ahamiyatga ega bo’lgan sug’urta holati sug’urta 
qilish boshlangunga qadar ahamiyatga ega bo’lgan yoki ta’sir qilishni boshlagan 
sabablarga ko’ra sodir etilsa, zarar sug’urtalanuvchiga shartnomani tuzish paytida 
ushbu sug’urta holatining boshlanishiga sabab bo’lgan sabablar haqida unga 
ma’lum bo’lmaganda to’lanishi lozim.
Agar sug’urta to’lovi sug’urta summasi miqdorida to’langan bo’lsa, sug’urta 
polisiga amal qilish to’lov to’langan paytdan boshlab bekor qilinadi. Sug’urta puli 
miqdorida to’liq to’lanmagan sug’urta to’lovi to’lanadigan sug’urta polisi o’z 
kuchini unga amal qilish muddati oxirigacha sug’urta summasi va to’langan 
summa o’rtasida farq miqdorida saqlab qolinadi. 
Sug’urta to’lovi sug’urtachi tomonidan sug’urta shartnomasida belgilangan 
muddat ichida sug’urtalanuvchidan sodir etilgan sug’urta holati to’g’risidagi 
barcha kerakli hujjatlar olingandan keyin to’lanadi. Sug’urta to’lovi 
sug’urtalanuvchining isbotlangan javobgarligi miqdorida sug’urta polisida 
ko’rsatilgan sug’urta pulidan ortiq bo’lmagan holda to’lanadi.
Sug’urtachining hisobraqamidan sug’urtalanuvchining hisobraqamiga pul 
o’tkazilgan kun sug’urta to’lovi to’langan kun hisoblanadi.
Sug’urtachi agarda sug’urtalanuvchi sug’urta shartnomasi shartlarini tegishli 
ravishda bajarmasa, sug’urta to’lovi miqdorini kamaytirish huquqiga ega.
Sug’urtalanuvchi sug’urta shartnomasiga amal qilish bekor qilinganidan so’ng 
sug’urtachiga sug’urta shartnomasiga amal qilish davrida undan sug’urta holati 
to’g’risida e’tiroz bildirilgandagina sug’urta to’lovini olishi mumkin.
Sug’urtachi agarda sug’urtalanuvchi ataylab soxta ma’lumotlar taqdim etgan 
va ular asosida sug’urta shartnomasi tuzilgan bo’lsa, zarar sug’urtalanuvchi aybi 
bilan etkazilmagan bo’lsa, zarar sug’urtalanuvchi yoki korxonaning bevosita 
g’arazli niyati oqibatida etkazilgan bo’lsa, sug’urtalanuvchi tekshiruvlarni qonunda 
belgilangan muddatdan tashqari muddatda amalga oshirgan bo’lsa (litsenziyani 


chaqirib olish, litsenziyaga amal qilish muddatining tugashi), auditorlik 
tekshiruviga malaka shahodatnomalariga ega bo’lmagan va auditorlarning kasbiy 
reestriga kiritilmagan shaxslar jalb qilingan bo’lsa, sug’urtalanuvchi tomonidan 
imzolangan va belgilangan tartibda muhr bilan tasdiqlangan auditorlik xulosasi 
bo’lmasa, sug’urtalanuvchi sug’urtachiga sug’urta shartnomasida ko’zda tutilgan 
hatti-harakatlarni amalga oshirishga rozi bo’lmasa yoki boshqacha yo’l bilan 
to’sqinlik qilsa, sug’urtalanuvchi o’z vaqtida sug’urtachiga sug’urta holatining 
sodir etilgani to’g’risida xabar bermagan bo’lsa, sug’urta to’lovini to’lashni rad 
etish huquqiga ega.
Sug’urta holati tufayli etkazilgan zarar hajmi sug’urtalanuvchiga sug’urta 
holati bo’yicha etkazilgan zarar hajmidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Zarar 
hajmi maxsus tayinlangan davlat organi yoki sudning jarima yoki boshqa moddiy 
sanktsiyalar qiymatidan yoxud sud tomonidan qondirilgan da’vo talabalaridan 
kelib chiqqan holda qaror chiqarilganda, e’tirozlar uchinchi shaxsga etkazilgan 
zarar qiymatidan kelib chiqan holda ixtiyoriy qondirilganda aniqlanadi.
Qoplanayotgan zarar summasiga sug’urta holatida zararning oldini olish yoki 
kamaytirish uchun maqsadga muvofiq sarf-harajatlar ham kiritilishi mumkin, biroq 
to’lovlarning umumiy qiymati sug’urta shartnomasi bo’yicha sug’urta pulidan 
oshmasligi kerak.
Sug’urta to’lovini to’lagan sug’urtachiga to’langan mablag’ doirasida sug’urta 
to’lovini olgan sug’urtalanuvchiga boshqa shaxs etkazilgan zarar uchun javobgar 
shaxsga nisbatan ega bo’lgan talablarni talab qilish huquqi o’tadi. Sug’urtalanuvchi 
sug’urtachiga o’zidagi barcha hujjatlar va dalillarni berishi hamda ushbu huquqni 
amalga oshirish uchun kerakli barcha rasmiy ishlarni bajarishi kerak. Agar qayd 
etilgan shaxslar etkazilgan zarar uchun javobgar shaxsga nisbatan talab qilish 
huquqidan voz kechsa yoki ushbu huquqni ularning aybi bilan (hujjatlarni taqdim 
etmaslik va hokazolar) amalga oshirishning iloji bo’lmasa, sug’urtachi sug’urta 
to’lovlarini to’lashdan ozod etiladi. Agarda ushbu to’lovlar to’langan bo’lsa, qayd 
etilgan shaxslar sug’urtachiga olingan mablag’larni uni olgan kundan boshlab 
qonunchilikda belgilangan foizlar bilan qaytarishi shart.
Sug’urtalanuvchi sug’urtachiga O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi 
tomonidan belgilangan da’vo muddati ichida qonun yoki sug’urta shartnomasi 
bo’yicha sug’urta to’lovini to’lashdan bosh tortish uchun asos bo’lgan holatlar 
aniqlanganda, to’langan pulni qaytarishga majbur. 
Agarda sug’urta holati sodir etilgan paytda sug’urtachi tomonidan 
sug’urtalangan ob’ekt bo’yicha sug’urtalashning boshqa shartlariga amal qilingan 
bo’lsa, sug’urta to’lovi sug’urta mablag’lariga nisbatan mutanosib ravishda 
taqsimlanadi va ushbu mablag’lar uchun auditor javobgarligi har bir sug’urta 
qiluvchi tomonidan sug’urtalangan, har bir sug’urta qiluvchi esa o’z ulushiga 
to’g’ri keladigan zararning bir qismini to’laydi, xolos. 
Sug’urtalanuvchi yoki uchinchi shaxsning sug’urta holati sodir etilishiga 
qaratilgan g’arazli hatti-harakatlari, sug’urtalanuvchi yoki uchinchi shaxs 
tomonidan sug’urta holati bilan bevosita sababli aloqada bo’lgan jinoyatning atayin 
sodir etilishi, sug’urtalanuvchining sug’urtachiga ataylab sug’urta ob’ekti bo’yicha 
soxta ma’lumotlarni berishi, sug’urtalanuvchi tomonidan zararni etkazishda aybdor 


bo’lgan shaxsdan uning undirilishi, sug’urtalanuvchi tomonidan sug’urtachiga 
tuzilgan sug’urta shartnomasi bo’yicha tavakkalchilik darajasining oshganligi 
to’g’risida ma’lum qilinmasligi va qonun hujjatlarida ko’zda tutilgan boshqa 
holatlar sug’urtachining sug’urta to’lovini to’lashdan bosh tortishiga asos 
hisoblanadi. Sug’urta shartnomasi shartlarida sug’urta to’lovini to’lashdan bosh 
tortish uchun qo’shimcha asoslar ham ko’zda tutilgan. 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin