1. Davlat budjeti ijrosini tashkil etish 2. Davlat budjeti g`azna ijrosining mohiyati va o`ziga xos xususiyatlari.
3. G`aznachilik faoliyatining tashkiliy elementlari
1. Davlat budjeti ijrosini tashkil etish
Bugungi kunda budjet jarayonini samarali tashkil qilish ishlarini G`aznachilik nazoratisiz ta'minlash qiyin ekanligini ohmlar va iqtisodchilar, qolaversa, soha mutaxassislari asosli ravishda e'tirof etmoqda. Chunki g`aznachilik nazorati budjet daromadlari va xarajatlarini yagona g`azna hisobraqamiga jamJash, pul mablag`larini to`g`ri rejalashtirish, moliyaviy oqimlarning dasllabki va joriy nazoratini amalga oshirish hamda davlat budjetini yuqori operativlikda ijro qilish imkonini beradi.
Maiumki, global jahon iqtisodiyotidagi jiddiy muammolar hamda ularning dunyodagi ko`plab mamiakatlar qatorida bizning mamlakatimiz iqtisodiyotiga ham ko`rsatayotgan salbiy ta'siriga qaramasdan, oxirgi yillarda respublikamizda yuqori va barqaror o`sish sur'atlarini saqlab, makroiqtisodiy barqarorlik va mutanosiblikning ta'minlanayotganJigi o`ziga xos ijobiy
2.1-rasm. O`zbekistonda yalpi ichki mahsulotning yillar davomida o`sish dinamikasi, foizda1.
ko`rsatkich bo`lmoqda (2.1-rasm).
Rasmdan ko`rinadiki, agar mamlakatimizda YalMning o`sish sur'atlari 2000-2003-yillarda 3,8-4,2 foiz, 2004-2006yilIarda 7-7,3 foiz, 2007-2008-yillarda esa 9-9,5 foiz darajasida kuzatilgan bo`lsa, keyingi yillarda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi mazkur ko`rsatkichga ham o`z ta'sirini ko`rsatib, o`sish sur'atlarida biroz pasayish ro`y berdi. Biroq mamlakatimizda chuqur o`ylangan holda ishlab chiqilgan hamda izchil ravishda olib borilayotgan samarali iqtisodiy siyosat natijasida shakllangan omillar shunday murakkab sharoitda ham
YalMning yuqori va barqaror o`sish sur'atlarini saqlab qolishni ta'minlamoqda (2.1-rasm). 2013-yilda ham maqsadga muvofiq yo`naltirilgan chora-tadbirlar natijasida budjet daromadlarining xarajatlardan ortish hajmi YalMning 0,3 foizi darajasida boiishiga erishildi. Xususan, bunda iqtisodiyotdagi soliq yukini izchil kamaytirib borish siyosati sharoitida budjet xarajatlarini manzilli boiishini va ularning maqsadlilik darajasini oshirish, budjet mablag`larining jon boshiga moliyalashtirish tizimini tatbiq etish, budjetning g`azna ijrosi mexanizmlarini joriy qilish kabi chora-tadbirlarning ahamiyati kattadir. Ushbu bob budjet ijrosmi tashkil etish masalalariga bagishlangan ekan, dastavval budjet jarayonini tashkil qilishning nazariy va tashkiliy asoslarini, budjet jarayonini samarali tashkil etishning zarurligi va vazifalarini ko`rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Avvalo, budjet jarayoni tushunchasining mazmuniga to`xtaladigan bo`lsak, budjet jarayoni budjet loyihasini tuzish, ko`rib chiqish, qabul qilish va ijro etish, uning ijro etilishini nazorat qilish, ijrosi haqidagi hisobotni tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek davlat budjeti tuzilmasiga kiruvchi budjetlar o`rtasidagi o`zaro munosabatlarning qonun hujjatlariga muvofiq tartibga solinishi bilan bogiiq boigan davlat hokimiyati va mahalliy o`z-o`zini boshqarish organlari hamda boshqa budjet jarayoni ishtirokchilarining maqsadli faoliyatidir. Uning mazmuni mamlakatning davlat va budjet qurilishi, tegishli vakolatli organlar va yuridik shaxslarning budjet huquqlari bilan belgilanadi.
2014-yil I -yanvardan amalga kiritilgan 0'zbekiston
Respublikasi Budjet Kodeksida "budjet jarayoni" atamasiga quyidagicha ta'rif berilgan: "Budjet jarayoni - budjet tizimi budjetlarini shakllantirish, tuzish, ko`rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash va ijro etish, ularning ijrosi ustidan nazorat qilish, budjet tizimi budjetlarining ijrosi to`g`risidagi hisobotlarni tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek, ular o`rtasidagi o`zaro munosabatlar jarayoni"1. Ushbu ta'rifdan kelib chiqqan holda, aytish mumkinki, budjet jarayoni, odatda, budjet faoliyatining quyidagi to`rt bosqichini o`z ichiga oladi (2.3-rasm): Budjet jarayoni budjetni rejalashtirishdan boshlanadi. Budjetni rejalashtirish davlat moliyaviy siyosati talablariga muvofiqlashtirilgan moliyaviy rejalashtirishning muhim tarkibiy qismini tashkil qiladi. Bunday rejalashtirishning iqtisodiy vazifasi turli darajadagi budjetlar va budjetdan tashqari jamg`armalarni tuzish va ijro etish jarayonida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning umummilliy dasturlari asosida yalpi ichki mahsulot va rruiliy daromad qiymatini moliya tizimi bo`g`inlari o`rtasida markazlashtirilgan tarzda qayta taqsimJash msbatlarini to`g`ri belgilashdan iboratdir. Budjetni rejalashtirish turli darajadagi budjetlarni tuzish va ijro etish tartibi, uning me'yoriy-huquqiy bazasi va tashkiliy asosi tarzida budjet jarayonini, shuningdek, mamiakat budjetini tuzishning nazariyasi va metodologiyasi masalalarini ham o`z ichiga oladi. Budjetni rejalashtirish asoslari mamlakat konstitutsiyasi va qonunlari bilan belgilanadi.