Budjet moddalarining hajmi, tarkibi, maqsadi bo`yicha tuzilishi va ijrosining to`g`riligini ta`minlash;
Budjetni shakllantirish va ijrosiga ta`sir etuvchi qonunlar hamda me`yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini moliyaviy ekspertizalash;
Buxgalteriya hisobi va hisobotini to`g`ri yuritishni nazorat qilish;
Budjet mablag`lari va budjetdan tashqari maqsadli jamg`armalar mabag`larini maqsadli va samarali ishlatilishi ustidan nazorat qilish;
Budjet va soliq intizomini yaxshilash va unga rioya qilishni nazorat qilish;
Budjetlararo munosabatlar mexanizmini amalga oshirishni nazorat qilish;
Budjet va budjetdan tashqari jamg`armalar mablag`larining banklardagi va boshqa moliya-kredit muassasalaridagi harakatini qonuniyligini va o`z vaqtidaligini nazorat qilish;
Soliq to`lovchilarga soliq imtiyozlarini, hududlarga davlat dotatsiyalari, subvensiyalari va transfertlari va boshqalarni taqdim etishda moliyaviy qonunbuzorchiliklari aniqlash, aybdor shaxslarni jazolash bo`yicha tegishli qarorlar qabul qilish;
Budjet-soliq intizomini yaxshilash maqsadida profilaktika, ma`lumot-tushuntirish ishlarini olib borish.