2.Budjet nazorati elementlari:
Budjet nazorati elementlari:
Nazorat sub`ekti (kim nazorat qiladi);
Nazorat ob`ekti (kim nazorat qilinadi);
Nazorat predmeti (nima nazorat qilinadi)
Nazorat prinsipi;
Nazorat (metodikasi) metodi;
Nazorat texnikasi va texnologiyasi;
Nazorat jarayoni;
Nazoratni yuritish uchun dastlabki ma`lumotlarni yig`ish va qayta ishlash;
Nazorat natijasi;
Nazorat natijasi bo`yicha qaror qabul qilish.
Budjet nazorati sub`ektlari: Vakolatli (parlament) va ijro etuvchi organlar (moliya vazirligi, g`aznachilik, mahalliy o`z-o`zini boshqarishning moliya organlari, budjet mablag`larini bosh taqsimlovchilar va boshqalar).
Budjet nazorati ob`ekti: Budjet-soliq sohasi, budjet jarayoni va xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning moliyaviy-xo`jalik faoliyatining barcha jarayonlari.
Budjet nazorati predmeti:
Budjet jarayoni barcha bosqichlari (budjetni tuzish, ko`rib chiqish, tasdiqlash, ijro etish, ijrosi to`g`risidagi hisobotni tuzish va tasdiqlash);
Budjetga soliqlar va boshqa to`lovlarning kelib tushishi;
Budjetdan tashqari jamg`armalarga ajratmalarning kelib tushushi;
Deklaratsiyalar;
Soliqlar bo`yicha hisob-kitoblar;
Buxgalteriya hisobi va hisoboti;
Maqsadli budjet jamg`armalari;
Budjet dotatsiyalari, subvensiyalari, transfertlari;
Тovar-moddiy boyliklarni ayirboshlash va qaytarmaslik sharti bilan berish;
Bojxona qiymatlari va b.
Budjet nazorati prinsiplari: Qonuniylik; Oshkoralik; Rejalilik; Mustaqillik; Haqqoniylik.
Тaftish- korxona, tashkilotlarning moliya-xo`jalik faoliyatini, moliya organlarining budjetni tuzish va ijro etish bo`yicha ishlarini, budjet mablag`larini ajratishning asoslanganligini, moliyaviy intizomga rioya qilinishini, hisob yuritish va hisobotlarning ishonchligini taftish qilinayotgan ob`ektda kamchiliklarni aniqlash maqsadida bir-biriga bog`liq tekshirishlar komleksi.
Dostları ilə paylaş: |