4-Amaliy mashgʻulot Mavzu: Jismlarni erkin tushishi. Yuqoriga tik otilgan jism harakati.
Jismlarning erkin tushishi deb, jismning faqat yerning tortish kuchi tufayli havosiz bo‘shliqda (vakuumda) tushishiga aytiladi. Erkin tushayot-gan jismning harakati teks tezlanuvchan bo‘ladi.
Erkin tushayotgan jismning oniy tezligini topish formulasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
Ixtiyoriy vaqtdagi tushgan balandligini topish formulasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
Ixtiyoriy tezlikka erishgandagi balandlikni topish formulasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
Agar boshlang‘ich tezliksiz bo‘lsa:
t- sekunddagi ko‘chishni topish formulasi: Boshlang‘ich tezliksiz ∆t vaqt intervali bilan tashlangan jismlar orasidagi eng katta masofani topish: Yuqoriga tik otilgan jism harakat teks sekinlanuvchan harakat bo‘ladi. Yuqoriga tik otilgan jismni oniy tezligini topish formulasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
Ixtiyoriy vaqtdagi ko‘tarilgan balandligini toppish formulasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
Ixtiyoriy tezlikka erishgandagi balandlikni topish formulasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
Ko‘tarilish vaqtini topish formulasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
Tik yuqoriga ketma-ket vaqt intervali bilan otilgan ikkita jismning uchrashish vaqtlari:
1-tosh uchun: 2-tosh uchun: Mustaqil yechish uchun masalalar 1.1. Yuqoriga tik otilgan o’q va uning tovushi 680 m balandlikka bir vaqtda ko’tariladi (yetib bordi). O’qning harakatiga havoning qarshilik kuchini hisobga olamang. Tovush tezligi 340 m/s deb hisoblab, o’qning boshlang’ich tezligini toping.
1.2. Bir jism 10 m balandlikdan yuqoriga tik otildi, ikkinchi jism esa 20 m balandlikkdan boshlang’ich tezliksiz tashlandi. Jismlar yerga bir vatda urilgan bo’lsa, birinchi jismning boshlang’ich tezlgi qanday bo’lgan?
1.3. Jism 80 m balandlikdan erkin tushmoqda. Harakatining oxirgi sekundida qancha yo’l yuradi?
1.4. Jism 30 m/s boshlang’ich tezlik bilan yuqoriga tik otildi. Uning 5 s da o’tgan yo’li uzunligini toping.
1.5. Suzuvchi 20 m balandlikdan suvga sakrab, 10 m chuqurlikka botdi. U suvda to’liq to’xtaguncha qancha vaqt harakatlangan? Suvdagi harakatni tekis sekinlanuvchan deb hisoblang.
1.6. Artileriya snaryadi vertikal joylashgan stvolda tekis tezlanuvchan harakat qilib, undan uchub chiqdi va 4,5 km balandlikka ko’tarildi. Stvol uzunligi 3 m bo’lsa, snaryad dastlab qanday tezlanish bilan harakatlangan?
1.7. Raketa dvigatellari ishlab turgan vaqtda 50 m/s2 tezlanish bilan vertikal ko’tariladi. Raketaga start berilgandan 1 minut o’tgach dvigateli o’chirildi. Dvigateli o’chirilgandan qancha vaqt o’tib raketa yerga qaytib tushadi (uriladi)?
1.8. Og’ir sharcha qandaydir balandlikdan erkin tushadi. Yo’lining ikkinchi yarmida gorozontal shisha plastinkaga urilib, tezligining yarmini yo’qotadi . Bu jismning yerga urilish tezligi necha marta kamayadi?
1.9. Tosh qandaydir balandlikdan boshlang’ich tezliksiz tushadi. Harakatining birinchi sekundida o’tgan yo’li harakatining oxirgi sekundida o’tgan yo’lidan 5 marta kichik bo’lsa, Jismning harakatlanish vaqtini toping.
1.10. Jism 11.25 m balandlikdan tushmoqda. U yo’lning birinchi qismini t vaqtda, yo’lning qolgan qismini 0,5t vaqtda o’tdi. t ning qiymatini toping.
1.11. Qandaydir boshlang’ich tezlik bilan otilgan jism 10 m balandlikda ikki marotaba 4 s intervali bilan bo’ldi. Jismning boshlang’ich tezligini toping.
1.12. Ikki jism bir vaqtning o’zida bir-birlariga tomon bir xil tezlikda harakatlanadi. Biri yer sirtidan vertikal yuqoriga, ikkinchisi 30 m balandikda vertikal pastga qarab otildi. Ular uchrashganda jismlardan biri balandlikning uchdan bir qismini o’tganligi ma’lum bo’lsa, jismlarning boshlang’ich tezligini toping.
1.13. Jism 3 m/s boshlang’ich tezlik bilan vertikal yuqoriga otildi. U eng yuqori balandlikka erishganda, huddi shu jism otilgan nuqtadan hudi shunday boshlang’ich tezlikda ikkinchi jism otildi. Otilish nuqtasidan qanday masofada jismlar uchrashadi?
1.14. Jism 270 m balandlikdan erkin tushadi. Bu balandlikni uch qismga bo’linki, har bir qismni o’tish uchun teng vaqt sarflansin.
1.15.Tosh shaxtaga tushib ketdi. Toshning shaxta tubiga urilgandagi tovushi 6 s dan so’ng eshitildi. Tovushning havodagi tarqalish tezligi 300 m/s bo’lsa, shaxta chuqurligini aniqlang.
1.16.Ingichka ip yordamida uchta metall sharcha osib qo’yilgan, bunda yuqoridagi sharcha poldan h=3150 m balandlikda joylashgan(1-rasm). Ip yoqib yuborildi va shariklar tushub ovoz chiqardi. Sharlarning polga urilgan tovushi bir hil vaqt intervali bilan eshitilishi uchun qolgan ikkita sharik poldan qanday balandlikda bo’lishi kerak (h1 -?, h2 -?).