7-Amaliy ish.
Kuzatuv punktlarini o`rnatish loyihasini tuzish.
Ishdan maqsad: Talabalarni kuzatuv punktlarini o`rnatish loyihasini tuzish uchun qilinishi kerak bo`ladigan ishlar: profil liniyalar o`tkazish, reperlarni o`rnatish va tayanch geodezik tarmoqqa bog`lash ishlari bilan tanishtirish.
Kuzatuv punktlarini o`rnatish loyihasi: ikki qismdan grafik va izohlar ko`rsatilgan maxsus qismlardan tashkil topgan bo`ladi.
Grafik qism kuzatuv punktlarining plani, profil liniyalardan o`tuvchi geologik kesimlar (plan masshtabi) va reperlarning konstruktiv chizmalaridan tashkil topgan bo`ladi.
Planda: yer yuzasining rel’efi, o`tilgan va loyihalashtirilgan kon lahimlari, tektonik buzilishlar, tabiy yotqiziqlarning borligi, inshootlar va ob`ektlarning yer yuzasida joylashishi, yer osti kommunikatsiyasi, saqlovchi seliklarning chegaralari, barcha reperlarning profil liniyalari ko`rsatilgan bo`ladi.
Geologik qirqimlar kon lahimlari va geologik skvajinalardagi ma`lumotlar orqali, to`shama tog` jinslarining qalinligi, tog` jinslari qatlamlarining qattiqligi, kon lahimlarining joylashuvi, shu bilan birgalikda tektonik buzilishlarni hisobga olgan holda tuziladi.
Izohlarda kuzatuv maqsadlari, maydonning geologik va kon-texnologik ko`rsatkichlari, kuzatuv punktining konstruksiyasi, uning joylashuvi, profil liniyalarning soni va yo`nalishi, yo`l, reperlar orasidagi masofa, reperlar soni va ularni o`rnatish uchun ketadigan materiallar miqdori (metall, sement, qum). Tegishli tushuntirish bilan kuzatuvlarning uslubi va ketma-ketligi, punktlarni tayanch geodezik tarmog`iga bog`lash, o`lchash aniqligi va o`lchov asbob-uskunalari keltiriladi.
Agar punkt ko`p muddatli kuzatuvga mo`ljallangan bo`lsa va katta uzunlikka ega bo`lsa, unda uzunlik bo`yicha yana bitta profil liniya qo`shish kerak bo`ladi.
Yer osti kon ishlarining o`lchamlari oshib borishi natijasida tog` jinslarining surilishi ham oshib boradi. Yer yuzasidagi kuzatuv punktlari stansiyasi bu o`rnatilgan reperlar majmuidir. Foydali qazilma yotqizig`ining yotish yo`nalishi (po prostiraniya, vkrest prostiraniya) bo`yicha profil liniyalar o`tkazib chiqiladi. Agarda profil liniya yo`nalishida daraxtzor, inshootlar bo`ladigan bo`lsa ma`lum bir burilish orqali davom ettirish mumkin. Temir yo`l va uzun inshootlarning ostidagi qazib olish ishlarini kuzatishda profil liniyalar cho`ziqligi bo`yicha dioganal o`tkaziladi. Ba`zi hollarda yer osti gaz konlarida profil liniyalar setka shaklida o`tkaziladi.
Kuzatuv punktlari quyidagi turlarga bo`linadi:
Uzoq vaqtga mo`ljallangan, bir nechta qatlamlarni yoki bir nechta gorizontdagi bir qatlamni qazib olishda yer yuzasining asosiy siljish parametrlarini aniqlashda o`rnatiladi. Uzoq vaqtga mo`ljallangan stansiyalarning qo`llanilish vaqti 3 yildan kam bo`lmasligi kerak.
Chiziqli, bir gorizontdagi qatlamlarni qazib olishda yer yuzasidagi asosiy siljish parametrlarini o`rganishda bir yildan uch yilgacha bo`lgan muddatda o`rnatiladi.
Maxsus, tog` jinslarining siljishini alohida yo`nalishlarda o`rganish bo`yicha o`rnatiladi.
Kuzatuv stansiyalarini o`rnatishdan oldin, uning proekti tuziladi, kuzatuv stansiyalarininг proekti 2 qismdan: yozuv qismi va grafik qismidan tashkil topadi. Proektning grafik qismi kon ishlarining olib borilishi bilan birgalikda profil liniyalardan tashkil topgan bo`ladi (plan masshtabi 1:500, 1:1000, 1:2000) shaxta maydoni chegaralari ko`rsatilgan bo`ladi, kon ishlarining proekt tuzilgan vaqtdagi holati va keyingi rivojlanishi, siljish bo`lishi mumkin bo`lgan zona, tektonik buzilishlar, bog`lanadigan tayanch punktlar proekti, tayanch va ishchi reperlar konstruksiyasi berilgan bo`ladi.
Kuzatuv stansiyalarini o`rnatish joyini aniqlash kon ishlari olib borilishi va kuzatuv maqsadiga bog`liq.
Ko`proq qatlam cho`ziqligi bo`yicha bitta, krest bo`yicha ikkita profil liniya bo`yicha o`rnatiladi. Krest bo`yicha o`zaro 50 m li ikkita profil liniya, tayanch reperlar orasidagi masofa joy sharoitlaridan kelib chiqib 50 m dan 100 m gacha qilib o`rnatiladi.
Tayanch reperlar o`rnatilgandan so`ng profil liniya bo`ylab ishchi reperlar o`rnatilib chiqiladi. Ishchi reperlar orasidagi masofa kon ishlari chuqurligiga bog`liq holda tanlanadi.
Qazib olish chuqurligi, m
|
50 metrgacha
|
50-100
|
100-200
|
200-300
|
300-400
|
400 va undan ortiq
|
Ishchi reperlar orasidagi masofa, m
|
5
|
10
|
15
|
20
|
25
|
30
|
Reperlar konstruksiyasi belgilangan muddatga buzilmasligini ta`minlaydigan qilib, o`rnatish oson vа arzon bo`lishi ta`minlangan bo`lishi kerak. Uzoq vaqtli va chiziqli stansiyalar metall truba yerga sement qilib o`rnatiladi, qisqa muddatli reperlar yerga yog`och qoziq o`rnatish orqali belgilanadi.
O`lchash ishlarining kameral ishlari quyidagilardan iborat bo`ladi:
1) reperlar orasidagi gorizontal masofalar hisoblanadi, profil liniyadagi har bir ishchi reper vа tayanch reperlar orasidagi masofalar va har bir reperning balandlik otmetkalari hisoblanadi.
2) har bir profil liniyalar bo`yicha jadvallar to`ldiriladi, ishchi reperlarning cho`kish (osedaniya) qiymatlari (η) , ishchi reperlarning tayanch reperlarga nisbatan gorizontal siljishi ξ , reperlarning cho`kish tezligi, reperlar orasidagi gorizontal deformatsiyalar (cho`zilish yoki siqilish) (ε) , yer yuzasidagi profil liniyadan qiyalik (naklon) i va egriligi k qiymatlari bo`yicha.
Hisoblab topilgan har bir ma`lumotlar asosida deformatsiyalarning vertikal va gorizontal grafiklari quriladi va chegaraviy qiymatlariga nisbatan siljish burchaklari topiladi.
Cho`kishlarni hisoblash formulasi;
Dostları ilə paylaş: |