1-mavzu. Ta’lim menejmenti fanining predmeti, vazifalari va metodlari. Ta’lim menejmenti nazariyalarining rivojlanish bosqichlari.
Reja:
Ta’lim menejmenti tushunchasi.
Ta’lim menejmentining mohiyati va shakllanishi.
Ta’lim menejmentining predmeti, maqsad va vazifalari.
Ta’lim menejmentining ilmiy-tadqiqot metodlari.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayonida ishlab chiqarishni rivojlantirish, tashkilot va korxonalarning iqtisodiy barqarorligini ta’minlash ko’p jihatdan zamon talablariga javob beradigan rahbar va mutaxassislarni tayyorlash sifatiga bog’liq. Bugungi kunda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etish sharoitida rahbarlarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlashda menejment fani alohida o’rin tutadi. Menejment fanining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari uzoq vaqt davom etib keleyotgan tarixiy davrlar bilan izohlanadi, menejment alohida, mustaqil fan sifatida XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida shakllanadi.
Menejment – inglizcha so’z bo’lib, o’zbek tilida boshqaruvni tashkil etish (boshqarish, boshqaruv hokimiyati, tashkil etish), rahbarlik qilish (rejalashtirish, tartibga solish-muvofiqlashtirish, nazorat qilish) ma’nolarini anglatadi. Menejment – bu ko’zlangan maqsadlarga erishish uchun faoliyatni, yani insonlar yoki ularning guruhlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda boshqarish usullari, shakllari va vositalari majmui.
Sodda qilib aytganda, menejment umumiy holda u yaki bu faoliyat turini tashkil etishni va unga rahbarlik qilishni, ya’ni turli xil sohalarda faoliyat ko’rsatayotgan insonlarning xatti-harakatlarini, munosabatlarini muvofiqlashtirish, ularning imkoniyatlari va qobiliyatlarini muvofiqlashtirish, ularning imoniyatlari va qobiliyatlaridan to’g’ri foydalanishni tashkil etish, nazorat qilish va boshqarishni bildiradi. Menejment eng avvolo insonlarni boshqaradi, ularni o’z faoliyatiga qiziqtirish, tadbirkorlikke, mehnatga ijodiy yondashish, o’ziga ishonsh tuyg’ularini shakllantirish, sohalar bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarni egallashiga ko’maklashish,yangilikka va ijodkorlikka chorlash, insonlarning faoliyatini boshqarish demakdir.
Menejment fani ham ijtimoiy, ham tabiiy fanlar bilan bog’liq holda rivojlanib borib maqsad va vazifalarga, xizmat qilish sohalariga ko’ra bir necha turlarga bo’linadi: amaliy menejment, innovatsion menejment, strategik menejment, marketing menejmenti, ta’lim menejmenti va h.k., biz ularni menejment fanining shohobchalari deb atashimiz mumkin.
Mutaxasislarning fikirga ko’ra, umumiy menejment barcha xo’jalik yuritish tizimi uchun taaluqli bo’lib, amaliy, innovatsion va strategic menejmentni o’z ichiga oladi. Amaliy menejment ham barcha boshqaruv sohalariga taaluqli bo’lib, innovatsion menejment (yangilik yaratishning boshqaruvi) va strategic menejment (strategik rejalashtirish) amaliy menejmentni takomillashtirishga yo’naltirilgan boshqaruv faoliyatidan iboratdir.
Menejement fani – bu rahbarlarga boshqaruv faoliyatini to’g’ri amalga oshirish, xodimlar faoliyatini samarali boshqarish va muvofiqlashtirishda, shuningdek, korxona va muassasa oldiga qo’yilgan maqsadlarga hamda ko’zlagan natijalarga erishishda muhim ahamiyat kasb etuvchi qarorlarni qabul qilish va ularning bajarilishini nazorat va tahlil qilishni o’rgatuvchi fan bo’lib, uning asosiy maqsadi zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarda boshqaruvning barcha bo’g’inlarida samarali ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat.
Menejment fan sifatida o’z maqsadiga ko’ra quydagilarni o’rganadi: boshqarish nazariyasi va amaliyoti; boshqaruv ob’ekti va sub’ekti; boshqarish tamoyillari va usullari; rahbar madaniyati; rahbar va lider, ularning fazilatlari; rahbar reytingi; boshqarishda kirishuvchanlik va qaror qabul qilish; boshqarish funktsiyalari; xodimlarni boshqarish; ishlab chiqarishni boshqarish, samaradorlikni boshqarish; o’z-o’zini boshqarish; hududiy boshqarish va h.k.
Ma’muriy menejment boshqarishning maxsus qismi bo’lib, boshqaruvchi tizim ichidagi munosabatlarni, uning rivojlanish qonuniyatlari, tamoyillari, usul va uslublarini o’rganadi, ya’ni turli soha tashkilotlari mamuriyati faoliyatini tashkil etish, rejalashtirish, tartibga solish, muvofiqlashtirish, motivatsiya qilish (undash) hamda rahbarlikni oqilona uyushtirish usullarini o’rganadi.
Ma’muriy menejmentning asosiy maqsadi – tashkilot ma’muriyati rivojlanishida uyg’inlikni ta’minlashdan, ya’ni tashkilotning barcha ichki va tashqi elementlari faoliyatining samaradorligini va maqsadga muvofiqligini ta’minlashdan iboratdir. Ma’muriy menejmentning asosiy sub’ektlari – ma’muriy boshqarish apparatlari, ularning bo’g’nlari va turli pog’onadagi rahbarlar va xodimlar bo’lib, ularning har biri tegishli vazifalarga, vakolatlarga va mas’uliyatlarga ega bo’ladi.
Ta’lim menejementi – bu ilmiy asosda tashkil etilgan, o’ziga xos pog’onaviylikka asoslangan boshqaruv: rahbar, pedagogic jamoa, ta’lim oluvchilar jamoasi. Shunga ko’ra boshqaruvni turli xil modellar asosida amalga oshirish mumkin: integral model, birinchi pog’ona – pedagogic jamoa faoliyatini boshqarish, ikkinchi pog’ona – o’quvchilar faoliyatini boshqarish.
Ta’lim menejmentining asosiy maqsadi – ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayonini ilmiy asosda tashkil etishda, muassasa oldiga qo’yilgan maqsadlarga erishish va raqobatbardorsh bitiruvchilar tayyorlashda ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari bo’lgan rahbarlar, mutaxassislar va ijrochilarning munosabatlari va faoliyatlarini muvofiqlashtirish, nazorat qilish hamda samarali boshqarishni ta’minlashdan iborat.
Ta’lim menejmenti fani ta’lim muassasalari rahbarlarining boshqaruv faoliyati, boshqaruv mas’uliyati va madanaiyati, boshqaruv funktsiyalari va metodlari, boshqarishning qonun-qoidalari va tamoyillari, rahbar va lider fazilatlari, ta’lim muassasi rahbarlarining funktsional vazifalari, ta’lim muassasalarini boshqarishda axborot va kommunikatsiya, rahbarlarning innovatsion faoliyatlari, boshqaruvda tarbiyaviy munosabatlar va rahbarlik uslublari, ta’lim muassasalarining tashkliy tuzilishi, strategik boshqaruv va rejalashtirish, rahbarning ish vaqti va undan foydalanish, personalni boshqarish hamda ta’lim muassasalarini boshqarishda motivlashtirish va motivlashtirish nazariyalarini tadqiq etadi.
Menejment fanining shakllanish davriga qadar, insoniyat paydo bo’lgan davrdan boshlab, insonlar u yoki bu shakl va mazmunda faoliyat ko’rsatganlar. Ular hayotiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida mehnat qilishgan va farzandlar tarbiyasi bilan shug’ullanishgan, shu davrlarda boshqarishga muhtojlik vujudga kelgan, ularning mehnat faoliyatlari davomida o’zaro munosabatlar shakllanib borgan, mazkur jarayonlarda o’zaro ta’sir, munosabatlar, boshqarish usullari shakllanib, rivojlanib borgan bo’lib, bu davrlarni boshqarishning amaliyot davri deb aytish mumkin.
Qadimda va ayniqsa, o’rta asrlarda shakllangan davlatlar, imperiyalar faoliyati murakkab tashkilotlarni boshqarish amaliyotidan darak beradi. Turkistonda Amir Temur hukmronligi vaqtida barpo etilgan va bugungi kun gacha saqlanib kelayotgan tarixiy obidalarning yaratilishi turli kasb egalarining o’zaro munosabatlari rasmiy tarizda shakllanganligidan va ular ma’lum bir maqsad yoınalishida boshqarilganligidan dalolat beradi.
Boshqarish nazariyasining dastlabki kurtaklari qadim zamonlarga borib taqalib, Yu.Tsezar, A.Makedonskiy, Turkistonda esa o’rta asrlarda Amir Temur hukmronligi vaqtidan boshlab shakllana boshlagan. Dastlabki paytlarda u oddiy bo’lib, asosan harbiy tavsifga ega edi.
Kapitalizm tuzumining boshlang’ich davrida tadbirkor – mulk egasi ishlab chiqarishni o’zining shaxsiy tajribasiga tayanib boshqargan. XVIII asrning oxirlarida Angliyada bo’lgan sanoat inqilobi boshqaruvga bo’lgan qiziqishni yanada kuchaytiradi. Boshqaruv xodimlarini tayyorlashga alohida e’tibor berila boshlanadi.
Ammo XIX asrning ikkinchi yarimida va XX asr chegarasida texnika va texnologiyaning takomillashuvi, ishlab chiqarishning keskin o’sishi boshqarishni murakkablashtirib yuboradi va uni faoliyatining maxsus bilimlarni talab etuvchi maxsus sohasiga aylantiradi. Ushbu muammolarni xal etish uchun boshqaruv sohasidagi tajribani umumlashtirish, ishlab chiqarish va xodimlarni boshqarishning samarali usillarini izlashga olib keladi. Natijada boshqaruv to’g’risidagi ilm, fan vujudga kelgan.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlarning isboti sifatida boshqarish nazariyasi va amaliyoti rivojlanishining bir necha tarixiy davrlarga bo’linishini ko’rishimiz mumkin (1-jadval).
Dostları ilə paylaş: |