1-mavzu. Ta’lim menejmenti fanining predmeti, vazifalari va metodlari. Ta’lim menejmenti nazariyalarining rivojlanish bosqichlari. Reja
Frederik Teylor (1856-1915) menejmentni o’rganishga kirishgan birinchi mutaxassislardan, uni inson samaradorligi emas, tashkil qilish faoliyati samaradorligi qiziqtirgan bo’lib, ilmiy boshqarish maktabining rivojlanishiga asos soldi va “Ilmiy boshqarish” maktabi asoschisi sifatida mehnatni me’yorlash asoslarining metodologiyasini ishlab chiqdi,amaliyotga ishchilarni tanlab olish, joylashtirish va mehnatni rag’batlantirish ilmiy yondashuvini tadbiq qildi. Boshqarish fanining rivojlanishi Frenk va Lilian Shilbetlar nomi bilan ham bog’liq, ular mehnat harakatlari sohasida tadqiqotlar o’tkazib, ish joyini tashkil qilishning ilmiy tamoyillarini ishlab chiqdilar. Boshqaruv nazariyalari asischilaridan biri Anri Fayol’ boshqarish jarayonining 5 ta asosiy funktsiyalari: rejalashtirish, tashkil qilish, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yish, rahbarlik (motivlash) va nazoratni ajratib ko’rastadi. A.Fayol’ tomonidan ishlab chiqarilgan tamoyillarning mohiyati quyidagicha: mehnat taqsimoti; avtoritet va hokimiyat ma’suliyati; intizom; rahbarlik birligi; farmoyish birligi; shaxsiy manfaatning umumiy manfaatga bo’ysinishi; mehnatni rag’batlantirishning markazlashgan va markazlashmagan boshqaruv muvozanati; bir turdagi menejerlarning ishini muvofiqlashtirish; tartib; odillik; samimiylik; xodimlar qatiyligi; tashabbus. Robert Ouen birinchi bo’lib kishilarga e’tiborni qaratish zarur degan fikirni olg’a suradi, uning g’oyasi bo’yicha firmalar stanok va mashinalarga qarashga ko’p vaqt sarflab odamlar haqida oz g’amxo’rlik qiladi. Uning g’oyasining asosiy mazmuni insonlarga ham e’tibor qaratish, ular uchun ham vaqt sarflash, ularga g’amxo’rlik qilish, dam olishlari uchun qulay imkoniyatlar yaratishdan iborat. Elton Meyo “Inson munosabatlari” maktabining asoschisi hisoblanadi. U ishchilar guruhi o’z nazorat tizimiga ega bo’lgan ijtimoiy tizim ekanligini asoslagan holda, mazkur tizimga ma’lum tarzda ta’sir etib, mehnat natijalarini yaxshilash mumkin, deb hisoblagan edi. “Inson munosabatlari” harakatida esa ishlab chiqarishga qaratilishi sababli “inson munosabatlari” harakati butun ilmiy harakatga qarama-qarshi turib qoldi. Asosiy g’oya shundan iboratki, kishilarga oddiy e’tiborni qaratish mehnat unumdorligiga katta ta’sir ko’rsatadi. Tashkilot samaradorligini oshirish, undagi inson resurslari samaradorligini oshirish orqali amalga oshiriladi. Duglas Mak-Gregor (1906-1964) ta’limoti “inson munosabatlari” maktabida alohida o’rin tutadi. U “X” va “U” nazariyasi asosida xodimlarga quyidagicha ta’rif beradi. “X” nazariyasi – bu toifaga mansub insonlarni mehnatga majburlash, jazolash va jarima solish bilan qo’rqitib turish zarur bo’lib, ular mehnatdan bo’yin tovlashga intiladi. Ularni nazorat qilib turish, qistash va muntazam ravishda mehnatga yo’naltirib turish lozim. Bu toifadagi insonlar rahbar nazoratida faoliyat ko’rsatishni afzal ko’radi, mas’uliyatdan bosh tortishga intiladi, faqat o’z hafzisligi uchun tashvishlanadi. “U” nazariyasi – mazkur toifaga mansub kishilar tabiatan passiv bo’lib yaratilmagan. Ular faol, tashbbuskor, g’ayratli va uddaburon bo’lib, tashkilotdagi ishlar yaxshi tashkil etilmagani tufayli loqayd bo’lib qolgan bo’lishi mumkin. Bu toifadagi xodimlarda jismoniy va aqliy mehnatga intilish, mas’uliyatni his etish xislatlari shakllangan bo’ladi. Bunday kishi nafaqat o’ziga mas’uliyat oladi, balki unga intiladi, ularda o’zini-o’zi nazorat qilishga moyillik bo’lgani uchun tashqaridan nazoratga va alohida e’tiborga muhtoj emas. XX asrning 60-80-yillarida G’arbda zamonaviy menejment rivojlana boshladi. G’arb nazariyotchilari boshqaruvning ijtimoiy tizimlar maktabini tashkil qilish maqsadida: tizimli yondashuv asoslarini ishlab chiqishgan; yaxlit tizim bilan uning qismlari munosabatlari masalalarini ko’rib chiqishgan; bir qancha o’zgaruvchan omillarning boshqaruvga ta’sirini o’rganishgan. Bu maktab namoyandalari (amerikalik Chester Barnard, Gerbert Saymon) zamonaviy menejmentda quyidagi to’rtta: tizimli, vaziyatli, funktsional va miqdorli yondashuvlarni asoslab berishgan. Platon Mixaylovich Kerjentsev (1881-1940) boshqaruv yo’nalishida juda katta ahamiyat kasb etuvchi ishlarni amalga oshirgan bo’lib, uning boshqarish bo’yicha “Mehnatni ilmiy tashkil etish”, “Boshqarishni tashkil qilish tamoyillari”, “Vaqt uchun kurash” kabi asarlari boshqarish yo’nalishida darsliklarni yozishda asos qilib olingan. 1950-yillarning oxiradan boshlab boshqarish nazariyasining rivojlanishi yanada kuchaydi va shu yillarda mehnatni ilmiy tekshirish intituti, boshqarish va normativ bo’yicha markaziy ilmiy tadqiqot institutlari tashkil etiladi. Mazkur oily o’quv yurtlarining “Mehnatni ilmiy tashkil qilish”, “Boshqarish” kafedralari va fakul’tetlari tashkil etilib, ular bo’yicha maxsus fanlar o’qitila boshlangan. Menejment nazaiyalarining rivojlanish tarixi rejalashtirish, tashkil qilish, kadrlar tanlash, boshqarish va nazorat qilish kabi boshqaruv faoliyatlarining rivojlanishi bilan uzviy bog’liqdir. Yuqorida keltirilgan ilmiy-nazariy ma’lumotlar asosida bugungi kun menejmenti shakllanib, rivojlanib bormoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida rahbarlar faoliyatini takomillashtirish, boshqaruv tizimini isloh qilish va rivojlantirishga ham juda katta e’tibor qaratilmoqda. Mamlakatimizda menejment nazariyasi va amaliyotining rivojlanishiga hissa qo’shgan akademiklar M.Sharifxo’jaev, S.S.G’ulomov, qishloq xojaligi fanlari akademiyasining a’zosi S.S.G’ulomov, professorlar Sh.M.Zaynuddinov, Yo.A.Abdullaev, Q.A.Abdyrahmonov, ta’lim menejmentining rivojlantirish yo’nalishida professorlar Sh.Qurbanov, J.G’.Yo’ldashev, R.Sh.Ahlidinov, E.Seytxalilov, M.Qurbanov, L.V.Peregudov, M.X.Saidov, U.I.Inoyatov, X.F.Rashidov, akademin, R.X.Djoraev va boshqa qator olimlarning mazkur sohadagi tadqiqotlari va ilmiy ishlarini o’rganish alohida ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotan ta’lim tizimidagi islohotlar ta’lim tizimini boshqarish mexanizmlarini o’zgartirish, takomillashtirishni, ya’niy boshqaruvning ma’muriy buyruqbozlik metodlaridan voz kechib, ijtimiy-iqtisodiy, zamonaviy talablarga mos keladigan, demokratik tamoyillarga asoslangan boshqaruv tizimini shakllantirishni taqozo etmoqda. Bu bugungi kunning eng asosiy talablaridan biri bo’lib, nafaqat boshqaruv muammolari, balki sub’ektlarning boshqaruv faoliyatini taskil etish va ularni shakllantirish zamirida, eng avvalo, boshqaruv tizimining turli bo’g’ini rahbarlarning boshqaruv faoliyatini takomillashtirishning yo’l-yo’riqlarini aniqlash, yangi sharoitlarga muvofiqlashtirish va amaliyotga joriy etish vazifalarini belgilaydi. Shundan kelib chiqib, ta’lim tizimini rivojlantirish yo’nalishida amalga oshirilayotgan islohotlar barcha ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini ilmiy asosda tashkil etish va boshqarishda fan-texnika yutiqlariga asoslangan boshqaruvning eng samarali, innovatsion metodlaridan foydalanishni, boshqaruv yo’nalishida bilim, ko’nikma va malakalarni, yangi shaxsiy va kasbiy sifatlarni talab qiladi. Boshqarish amaliyotidan ma’lumki, rahbarlik faoliyati o’ziga xos murakkab jarayon bo’lib, u rahbardan nafaqat oily ma’lumotga, balki etarli kasbiy tayyorgarlikka, boshqaruv yo’nalishida bilim, ko’nikma va malakalarga, shuningdek, ma’lum tajribaga ham ega bo’lishni talab etadi. Ta’lim muassasalarini boshqarish jarayonida rahbarlarning eng asosiy va muhum ahamiyat kasb etuvchi funktsiyalaridan biri – bu qaror qabul qilish funktsiyasi bo’lib, ularning sifati ta’lim muassasasi salohiyatiga, ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligiga, xodimlar bilan bir qatorda ta’lim muassasi faoliyatiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Menejment fanidan ma’lumki, tashkilotlarni boshqarish tizimi ikki mustaqil, lekin bevosita bog’liqlikda bo’lgan boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlardan iborat bo’ladi. Ta’lim muassasasi rahbarlarining boshqaruv faoliyatini ikkita sub’ektning, ya’ni rahbar bilan ta’lim tizimining o’zaro bog’liq faoliyati sifatida qarash mumkin. Bunday holatda rahbarning boshqaruv ob’ekti boshqarish va o’zini-o’zi boshqarish kabi zaruriy hususiyatlarga ega bo’lgan ta’lim tizimi hisoblanadi, turli xil o’z ta’sirlar asosida boshqarilayotgan ta’lim muassasasi ham o’z o’rnida boshqaruv natijalariga va boshqaruv sub’ektiga ta’sir ko’rsatadi. Ta’lim menejmenti boshqarishning maxsus qismi sifatida ana shu ikki tizim orasidagi munosabatlarni, ularning rivojlanish qonuniyatlari, tamoyillari, usul va uslublarini, ya’ni ta’lim muassasalari rahbarlarining faoliyatlarini tashkil etish usullarini o’rganadi. So’nggi yillarda boshqaruv g’oyalarining rivojlanishi pedagogic menejment muammolarini hal etish bilan bog’liqdir. Ko’pgina ilmiy adabiyotlarda pedagogic menejment atamasi orqali maqsadga erishish hamda qo’yilgan vazifalarni bajaraishda insoniy, iqtisodiy va samarali yo’llar bilan insonlarni boshqarish va vositalardan foydalanish tushunchalari keltiriladi. Ba’zan “pedagogic menejment” iborasi maktabni boshqarish yoki ta’limni boshqarish sinonimlari sifatida tushuntiriladi. Bunday tushuncha unchalik to’g’ri emas, ta’lim menejmenti, shuningdek, umumiy o’rta ta’lim menejmenti tushunchalari sinonim sifatida ko’proq to’g’ri keladi. “Pedagogik” so’zi keng qamrovli bo’lib, o’ziga biroz boshqacha vazifalarni yuklaydi. Maktabni boshqarish mazmuni-mohiyatiga ko’ra ta’limni boshqarishdan farq qiladi, chunki maktabda faqat ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va uni boshqarish vazifalari amalga oshirilmaydi, balki ta’lim-tarbiya jarayonini ilmiy asosda tashkil etishning o’ziyoq bir qancha vazifalarning bajarilishini, ya’ni ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilariga zaruriy sharoitlarni yaratish, ularning faoliyatini tashkil etish, muvofiqlashtirish, nazorat qilish, tahlil qilish va baholash, shuningdek, mazkur jarayonni amalga oshirish uchun moddiy-texnika bazasini yaratish va mustahkamlab borish, yangi pedagogic va axborot texnologiyalari bilan qurollantirish, yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash kabi qator boshqa vazifalarni ham amalga oshirishni nazarda tutadi. Shunday ekan, maktabda boshqaruv faoliyatini tashkil etuvchi rahbarlar nafaqat pedagogic tajribaga, balki boshqaruv funktsiyalari va ularning vazifalari, boshqaruv metodlari va ulardan foydalanish, boshqaruv algoritmi va uning mohiyati, boshqaruv qarorlari va ularni qabul qilish yo’llari hamda rahbarlik uslublari va ularni qo’llash kabi qator tushunchalarga ham ega bo’lmog’i lozim. Ko’rinib turibdiki, ta’lim muassasalarini boshqarishda ta’lim menejmenti fanining o’rni beqiyos bo’lib, u rahbarlarga menejmentning asosiy tushunchalari va ularning vazifalarini, boshqaruvning maqsadi va vazifalari, zamonaviy maktabning tashkiliy tuzilishi, strategic boshqaruv va rejalashtirish qoidalarini, zamonaviy boshqaruvning usullarini, rahbarlik san’ati sirlarini o’rgatadi. Mazkur fan zamonaviy maktab rahbarlarining boshqaruv faoliyatini tadqiq va tahlil qilishda tizimli yondashuv, kompleks yondashuv, tarkibiy yondashuv, vaziyatli yondashuv, iqtisodiy-matematik yondashuv uslublaridan hamda modellashtirish, kuzatish (axborotlar to’plash), tajriba-sinov (eksperiment), sotsiologik kuzatuv (so’rovnoma, testlar, suhbat) usullaridan foydalanadi. “Ta’lim menejmenti” kursning bosh maqsadi zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarda rahbarlik qila oladigan malakali boshqaruvchilarni tayyorlash, ya’ni rahbarlar malaksini oshirish kurslari tinglovchilarida zamonaviy fikrlarni shakllantira oladigan, shuningdek, rahbarlik san’ati sirlarini o’rgana oladigan darajada nazariy va amaliy bilimlar berishdir. Yüklə 28,33 Kb. Dostları ilə paylaş: |