1-mavzu: ta`lim texnologiyasining tuzilishi



Yüklə 1,61 Mb.
səhifə4/5
tarix06.10.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#152736
1   2   3   4   5
1-MA\'RUZA AT

Masalan, ta`lim muassasasida lokal kompyuter tarmog`ining mavjudligi qog`ozda berilayotgan ma`lumotlar, hujjatlar hajmining qisqarishiga olib keladi, bu esa o`z navbatida, ta`lim jarayonida qabul qilinayotgan boshqaruvga doir qarorlarni qabul qilishda vaqtni tejash imkoniyatini beradi. Axborot texnologiyalarini o`quv jarayoniga tadbiq etish natijasida yangi ma`lumotlar bazasi vujudga keladi, unda pedagogik texnologiyalar, tahliliy materiallar kabi ma`lumotlar to`planadi. Shuning bilan bir qatorda, video-konferensiya o`tkazish, har xil ko`rinishdagi taqdimotlarni namoyish etish va eng yaxshi tadqiqot ishlar haqida ma`lumot berish, seminarlar va turli mashg`ulotlarni o`tkazish uchun juda ko`p imkoniyatlar paydo bo`ladi. Hozirgi davr axborot-kommunikatsiyalar asri sifatida xarakterlanmoqda. Shu sababli mehnat kapitali va tovarlar qatorida aqliy kapitaldan foydalanish muhimligi jihatidan kam ahamiyatga ega bo`lmagan omillardan biridir. Masofali ta`lim tizimining asosini kompyuter, axborot va pedagogik texnologiyalar tashkil etishi shubhasiz. Ta`limda axborot texnologiyalari haqida gapirganimizda, birinchi navbatda, masofali ta`lim, interaktiv pedagogika va turli o`quv shakllari ko`rinishidagi didaktik tizimlarni nazarda tutamiz. Ta`limda texnologik yondoshuvning mohiyatini tushunish uchun, avvalo, “texnologiya” so`zi va tushunchasining mazmunini aniqlash zarur. Texnologiya yunoncha so`z bo`lib, texne-mahorat, san`at, logos-tushuncha, fan, ta`limot ma`nolarini anglatadi. Ta`limda texnologiya tushunchasi o`quv rejasiga asosan beriladigan bilimlar tizimini talabalarga yetkazib berish va shu asosda ularni bugungi kun talablariga to`liq javob beradigan kadrlar qilib tarbiyalashga yo`naltirilgan shunday usul va tajribalarni ishlab chiquvchi, takomillashtiruvchi va targ`ib qiluvchi zamonaviy fan sifatida ta`riflanadi.

Ta`lim jarayoniga texnologik yondoshuvda u qayta takrorlanadigan jarayon sifatida tashkil etiladi, undan kutiladigan natija ham mufassal tavsiflanadi va aniq qayd etiladi. O`quv materiali diagnostik ifodalangan o`quv maqsadlariga mos qayta tuzilib, ishlab chiqiladi, ayrim bo`laklarga ajratiladi. O`quv materialini talabalarga yetkazib berishning muqobil yo`llari nazarda tutiladi. Har bir bo`lakni o`rganish test yordamida nazorat etilib, xato-kamchiliklar shu paytning o`zida tuzatilib, to`g`rilanib boriladi. Pedagogik texnologiya ta`lim jarayoniga noan`anaviy shaklda, o`ziga xos belgilar va xususiyatlarga ega bo`lgan tizimli, texnologik yondoshuvlarga asoslanadigan holda kirib keldi.


Tajribalar o‘tkazilishi amallari bir xil, tajriba o ‘tkazuvchilar esa teng ravishda beg‘araz va malakalilar, degan fikrdan iborat 1960- yilgacha hukmronlik qilgan amerikalik psixologlar nuqtayi nazarini N.Fridman ilmiy afsona deb aytadi. Tadqiqotchilar betaraf, beg'araz emaslar: ular tadqiqot natijasini har xil kuzatadilar, qayd etadilar va baholaydilar. Asosiy muammo - tadqiqotchilarning motivatsiyalaridagi farqdir.
Agarda ularning hammasi yangiliklarni bilishga intilsalar ham bilib olish yoMlari, vositalari maqsadlari haqidagi tasavvurlari ularda farq qiladi. Bundan tashqari, tadqiqotchilar ko'pincha turli etnomadaniy jamoalarga taalluqli boMadilar. Lekin shu bilan birga tadqiqotchilar «ideal sinovda ishtirok etuvchi» kerakli psixologik sifatlar to'plashiga ega boMishi zarur: itoatkor boiishi, farosatli, tadqiqotchi bilan hamkorlikka intiluvchi; ishchan, do'stona munosabatli, salbiy hislardan holi va muloyim boMishi kerak. Ijtimoiy psixologik nuqtai nazardan «ideal sinovda ishtirok etuvchi» modeli ideal bo‘ysunuvchi yoki ideal o'quvchi modeliga to‘la mos keladi. Aqlli tadqiqotchi bu orzuni amalga oshmasligini yaxshi tushunadi.
Ammo tajribada sinaluvchining xulqi kutilganidan boshqacharoq bo‘lsa, tadqiqotchi sinaluvchidan jahli chiqadi. Pigmalion hodisasining aniq ko‘rinishlari qanday? Tadqiqotchining taxminlari uni sinaluvchining xulqini modellashtiruvchi. anglanmagan holdagi harakatlarga olib kelishi mumkin. Tadqiqotchi shaxsini tajriba borishiga ta’siri muammosi bo'yicha eng mashhur mutaxassis hisoblangan Rozental, eksperimentatorning tajriba natijasiga ta’sir ko'rsatishini aniqlanganligini ko‘rsatadi: bu o'qitish bilan tajribalarda, qobiliyatlarni diagnostika qilishda, psixofizik tajribalarda, reaksiya vaqtini aniqlashda, proektiv testlarni (Rorshax testi) o'tkazishda, mehnat faoliyatini laboratoriya sharoitida tekshirishda, ijtimoiy perscpsiyani o'rganishda ko'rinadi

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin