1-mavzu: ta`lim texnologiyasining tuzilishi


Asosiy mezonlar mavjud bo’lib bu quyidagilardan iboratdir



Yüklə 1,61 Mb.
səhifə2/5
tarix06.10.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#152736
1   2   3   4   5
1-MA\'RUZA AT

Asosiy mezonlar mavjud bo’lib bu quyidagilardan iboratdir:
1. Eksperimental kuzatuv, sistematik kuzatuv yoki korrelatsion kuzatuv. Ularning xususiyati shundaki, kuzatuvchi korrelatsion asosiy o‘tish davrlari o'rtasida aloqalami aniqlaydi. Buning uchun u sara kuzatuvchilarni tanlab, ular bilan ish olib borish ketma-ketligini rejalashtiradi.
2. Tabiiy eksperiment va kuzatuvlar, suhbat, klinik metod, ayrim hollarni tushuntirish metodi va hokazolar. Bu metodlar inson xulqatvori xususiyatlarini yuzaga chiqaradi, empirik umumiyliklarga xizmat qiladi.
3. Kvazi-eksperiment. «Oraliq» tabiiy metodlar orqali kuzatuv o‘tkazish bilan qattiq nazoratli kuzatuvlar o'zgarishiga aytiladi. Kvazi-eksperiment metodi yordamida to‘liq chizmani yaratish mumkin emas. Ammo bu kamchilikka qaramay kvazi-eksperimental regionlardan foydalanish imkonini beradi.
Eksperimental kuzatuvlar barcha noeksperimental metodlarga ziddir. Xuddi shuni F.Sh.Mak Giksen quyidagilarda ko'rsatadi:
- Klassik klinik metod.
- Tabiiy kuzatish.
- So‘rovnoma.
- Arxiv tekshirish.
- Korrelatsion aloqani o‘rnatish.
- Kvazi-eksperiment.
M.V.Metlin esa quyidagi metodlami ko'rsatdi:
- Tabiiy kuzatish.
- So‘rovnoma.
- Korrelatsion kuzatuv.
- Arxiv tekshirish.
- Alohida hollarni o‘rganish.
A.K.Kobzi eksperimentga korrelatsion metodni va eksperimentgacha metodini qarama-qarshi qo‘yadi. Ularga: so‘rovnoma, umumiy kuzatish va umumiy eksperimentni kiritadi.

KOMPYUTER VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI TUSHUNCHASI MAZMUN VA MOHIYATI. Kompyuter texnologiyalari to`g`risida so`z yuritilganda, odatda ko`z oldimizda axborot texnologiyalari mujassamlanadi. Buning sababi, shaxsiy kompyuterlarning ixtiro etilishi axborot texnologiyalarining ommaviylashishiga va uni keng miqyosda tadbiq etilishiga olib kelinganligidadir. Chunki shaxsiy kompyuterlarning paydo bo`lishi natijasida axborot texnologiyalarining mahsuli bo`lgan dasturiy vositalarga zaruriyat ortib, kundalik ehtiyojga aylanib bormoqda. Shaxsiy kompyuterni tadbiq etish bo`yicha erishilgan muhim yutuqlardan biri bu multimedia vositalarining yaratilishidir. Shaxsiy kompyuterlar multimedia vositalaridan, ya`ni ovoz, grafika, animatsiya, video vositalaridan keng ko`lamda foydalanish sari yo`l ochdi. Ta`lim tizimida axborot texnologiyalarining multimedia vositalari yordamida o`quv jarayonini tashkil etish imkoniyatlari paydo bo`la boshladi. Bular sirasiga virtual kutubxona, virtual o`qitish texnologiyalarini kiritish mumkin. Virtual kutubxona - bu o`quv materiallari elektron nusxada chop etilgan yagona katalog tizimiga ega bo`lgan elektron kutubxonadir. Elektron kutubxonadagi o`quv materiallarini tarmoq tizimi imkoniyatlaridan foydalanib o`qish mumkin.


Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin