Kommunikativ motiv – tengdoshlarining munosabati, fikri. O‘quvchilar
tengdoshlarining munosabati, fikrlariga nisbatan e’tiborsiz bo‘la olmaydilar.
Pedagog ana omildan foydalana olishi zarur, biroq uni suiste’mol qilish yaramaydi,
zero, bunday yondashuv ham o‘quvchilarda ta’lim olishga bo‘lgan rag‘batni
susaytiradi. XIX-XX asr boshlarida gimnaziyalarda shunday qoida ustun bo‘lgan:
o‘quvchini jamoa oldida maqtash mumkin, lekin koyish mumkin emas. Bugun ham
ta’lim amaliyotida ana shu qoidaga amal qilish foydadan holi emas.
1. kommunikativ ta’sirni kuchaytirish, bu o‘rinda o‘quvchilarni o‘z
sinfdoshlarining muvaffaqiyatlari va muvaffaqiyatsizliklarini his qilish, unga
yordam ko‘rsatishga o‘rgatishdan iborat;
2. o‘zlashtirish ekranlaridan foydalanish. Sinfda ekran osib qo‘yilib, unda
o‘quvchilarning barcha baho ko‘rsatkichlari qayd etib boriladi. Buning kamchiligi
a’lochilarda kibrlanish, past o‘zlashtiruvchilarda esa befarqlik yuzaga keladi.
Bunday holatning oldini olish uchun o‘quvchilarni axborotni to‘g‘ri qabul qilishga
o‘rgatib borish zarur.
3. o‘z-o‘zi bilan musobaqa tashkil etish, har hafta oxirida o‘quvchi o‘z faolitini
tahlil etadi. YAkunlangan haftada o‘zlashtirish pasaysa, garchi u a’lochi bo‘lib
qolaversa ham o‘quvchi musobaqada boy beradi. Aksincha, kuchsiz o‘quvchi
yakunlangan haftada samarali ishlasa, g‘olib chiqqan hisoblanadi. O‘z-o‘zi bilan
musobaqada barcha o‘quvchilar teng sharoitda bo‘ladilar, ya’ni, past o‘zlashtiruvchi
o‘quvchi bitta past bahoni kam olsa, yutgan, a’lochi o‘quvchi esa bitta a’lo bahoni
kam olgan bo‘lsa yutqazadi. Anglanganidek, bu usul o‘zlashtirish uchun emas, balki
o‘zlashtirishni yaxshilash uchun xizmat qiladi.
O‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malakalarni baholash mezonlari.
O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash mezonlari hamma
vaqt bahstalab mavzu bo‘lib kelgan. SHu bois u turli adabiyotlarda turlicha
yoritilgan.
Biroq
mavjud
harashlarni
umumlashtirib
aytish
mumkinki,
o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash mezonlari har bir fanning
maqsad va vazifalari, shuningdek, sinf (guruh)dagi o‘quvchilarning o‘zlashtirish
darajasiga tayangan holda belgilanadi. Shuningdek, baholash mezonlarini ishlab
chiqishda o‘quvchilarning og‘zaki javob berishlari, ko‘nikma va malakalariga
alohida-alohida yondashiladi. Masalan, ximiya darsidan baholash mezonlariga
o‘quvchilarning og‘zaki javoblari, amaliy topshiriqlarni bajara olishlari va amalda
mavjud bilimlarini namoyish eta olishlari inobatga olinadi. Buni «4» baho misolida
aniqlashtiramiz: og‘zaki javob berish jarayonida «4» baho qo‘yiladi, quyidagi
holatlar namoyon bo‘lsa:
1. o‘rganilayotgan mavzu yuzasidan to‘g‘ri javoblar berilsa;
2. material mantiqiy ketma-ketlikda aniq bayon etilsa;
3. o‘qituvchi talabi bilan tuzatilgan ikki-uchta unchalik ahamiyatga ega
bo‘lmagan xatolar yo‘l qo‘yilsa yoki to‘liq bo‘lmagan javob aytilsa.
Yozma topshiriqni bajarishda «4» baho qo‘yiladi, quyidagi holatlar namoyon
bo‘lsa:
1. masalani yechishda va izohlashda muhim xato bo‘lmasa;
2. topshiriqni bajarish va izohlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lmagan bir-ikki
xatoga yo‘l qo‘yilsa yoki bitta izohning mohiyati ochib berilmagan bo‘lsa.
Amalda bilimlarni namoyish etishda «4» baho qo‘yiladi, quyidagi holatlar
namoyon bo‘lsa:
1. ishni to‘liq, muhim xatolarsiz bajarsa, biroq natija chihara olmasa;
2. ishni bajarishda, tajribani tugallashda ikki-uch muhim bo‘lmagan xatolarga
yo‘l qo‘yilsa.
Bildirilgan fikrlarga tayangan holda shunday xulosa chiharish mumkin:
o‘quvchilarning bilimlari uchun besh balli tizimda baholar quyidagi holatlarda
qo‘yiladi:
1. «5» baho: a) o‘quvchi materialni to‘liq o‘zlashtirib olgan bo‘lsa; b)
o‘rganilgan mavzu bo‘yicha asosiy ma’lumotlarning mohiyatini ochib bera olsa; v)
egallangan bilimlarni amalda qo‘llay olsa; g) o‘rganilgan mavzuni bayon qilishda,
o‘zma ishlarda xatolarga qo‘l qo‘ymasdan, ma’lumotlarni tushuntirib bera olsa
qo‘yiladi.
2. «4» baho: a) o‘quvchi o‘rganilgan mavzuning mohiyatini bilsa; b)
o‘qituvchining savollariga qiynalmasdan javob bera olsa; v) egallangan bilimlarni
amaliyotda qo‘llay olsa; g) og‘zaki javob berishda jiddiy xatolarga yo‘l qo‘ymasdan,
o‘qituvchining qo‘shimcha savollari bilan xatolarini to‘g‘rilay olsa hamda yozma
ishda uncha jiddiy bo‘lmagan xatoga yo‘l qo‘ysa;
3. «3» baho: a) o‘quvchi o‘rganilgan mavzuni o‘zlashtirgan, lekin mustaqil
tushuntirish berishda o‘qituvchining aniqlashtiruvchi savollariga ehtiyoj sezsa; b)
savollarning mantiqiy tuzuilishini o‘zgartirib berganda, javob berishga qiynalsa; v)
yozma ishda xatolari bor bo‘lsa.
4. «2» baho: o‘quvchi o‘rganilgan mavzu haqida tushunchaga ega, biroq
mavzuni o‘zlashtirmagan, yozma ishda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ysa.
O‘quv protsessida tinglovchilarni mustaqil ruhda tarbiyalash asosan ijtimoiy-
siyosiy fanlar tsikli zimmasiga, ularni tarbiyaviy ishga tayyorlash esa psixologik-
pedagogik fanlar va xususiy metodlar zimmasiga yuklatiladi. O‘qituvchining
yoshlarning ma’naviy murabbiysi roli ortib borishi bilan uning o‘ziga g‘oyaviy
e’tiqodi va uni tarbiyachisi sifatida tayyorlash xarakteriga yuksak talablar qo‘yiladi.
SHuning
uchun
o‘qituvchi – tarbiyachining tayyorgarligiga yuqorida
ko‘rsatilganidek yondashish yetarli emas, chunki bo‘lajak o‘qituvchilarda tarbiyaviy
funktsiyalarni tarkib toptirishda tabiiy – matematik ixtisosni beruvchi fanlarning
tarbiyaviy imkoniyatlarni hisobga olinmagan.
Vaholanki, mutaxassisligiga doir bilim beruvchi mashg‘ulotlarda bo‘lajak
o‘qituvchi bir tomondan, o‘zining kelgusi faoliyati uchun zarur bo‘lgan ilmiy
bilimlar majmuini egallab oladi, ikkinchi tomondan, ana shu konkret bilimlar
asosida ularda shaxsiy sifatlar: duneharash, ma’naviy qiyofa shakllanadi.
«….Hozir har bir o‘qituvchi har qachongidan ham ko‘proq darajada, tarbiyachi
bo‘lishi kerak» degan so‘zlar hozirgi sharoitda ayniqsa actual jaranglaydi.
Bo‘lajak o‘qituvchi pedagogi-psixologik oliy o‘quv yurtida tabiat va bilish
nazariyasiga, jamiyatga ta’lluqli ikkita parallel va o‘zaro bir-birini to‘ldiradigan juda
ko‘p bilimlarni egallab va ularni o‘zining amaliy faoliyatida qo‘llab, o‘quvchilarda
voqelikka dialektik – materialistik yondashish hamda tabiat va jamiyat hodisalarini
ular nuqtai nazaridan analiz qilish malakalarini tarkib toptirishi kerak.
O‘quv programmalarining tarbiyaviy imkoniyatlaridan yanada keng
foydalanish maqsadida ijtimoiy fanlarni kasbiga doir bilim beruvchi kurslar bilan
bog‘lanish zarur. Bu faqat yuqori kurs tinglovchilarida emas, balki kurs
tinglovchilarida ham ijtimoiy fanlarning qonuniyatlarini o‘z ixtisosligida ixtisoslik
beruvchi fan problemalarida ijodiy qo‘llash ko‘nikmalari hosil qiladi, ularni
chuquroq o‘rganish shtiyoqini oshiradi. Bunday aloqani amalga oshirish bo‘lajak
o‘qituvchilarni kasb tanlashga yo‘llash ishiga tayyorlashda ham foydali, chunki
ma’lum bir fan doirasida tinglovchilarga o‘qituvchilarni kasb tanlashga yo‘llashdek
murakkab prolemaning hamma tomonlarini ochib berish mumkin emas. Masalan,
tabiiy-ilmiy tsikldagi fanlarni o‘qitishda ishlab chiharishning ilmiy, ilmiy-texnik
asoslarini, turli kasblarning mazmuni va ishlash sharoitlarini yaqqol yoritish
mumkin bo‘lsa, ijtimoiy-iqtisodiy tomonlarini ochib berish zarur. Ijtimoiy
fanlarning kasbiga doir bilim beruvchi fanlar bilan aloqasini amalda ro‘yobga
chiqarish tegishli kafedra o‘qituvchilarining birgalikdagi ishlarini rejalashtirishni
nazarda tutadi. Buning uchun esa tegishli tayyorgarlik zarur, ya’ni ijtimoiy kafedra
o‘qituvilari kasbiga doir bilim beruvchi fanlar haqida ma’lum tasavvurga ega
bo‘lishi, aksincha, bu fanlar o‘qituvchilari o‘rganilayotgan hodisalarga dialektik
yondashish ko‘nikma va malakalarini egallashi, bu malakalarni bo‘lajak
o‘qituvchilarga singdira bilishi kerak.
Bo‘lajak o‘qituvchining yuksak darajadagi siyosiy ongliligi, uning kelgusida
o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘llash ishi samaradorligini belgilab beradi. O‘quv
rejasiga muvofiq pedagogi-psixologik Binobarin, qo‘yi kurs tinglovchilari yetarli
darajadagi maxsus bilimlar zapasiga ega bo‘lmagan va ixtisosligi bo‘yicha yetarli
nazariy tayyorgarlik ko‘rmagan holda shu fanni o‘rganishga kirishadilar. Vaholanki,
dialektik materializm o‘quv programmasining mazmuni ularning tayyorgarligi
ko‘rgan bo‘lishini taqazo qiladi. Masalan inkorni inkor qonunni o‘rganishda
bo‘lajak matematika o‘qituvchilariga evklid va noevklid geometriya mohiyatini
tushunishda dialektrik materializmning metodologik vazifasini ko‘rsatib berish
muhimdir. Tinglovchilarning o‘z ixtisosligi bo‘yicha bilim beruvchi fanlardan
tegishli misollarni o‘rganishdan oldin ularga inkorni inkor qonunni mazmunini
qanday qilib ochib berish mumkin. Ko‘pchilik o‘qituvchilar bu qonunni tahlil
qilishda evklid geometriya fani rivojlanishining yangi mazmun bilan boyitadi va
chuqurlashtiradi, bo‘lajak matematik o‘qituvchilarni juda murakkab, ba’zan xato
harama-harshi fakt, xodisalarni ilmiy tahlil qilish va ularga dialektik yondoshish
metodlari bilan qurollantiradi.
Dostları ilə paylaş: |