1-Mavzu: Ta’limni tashkil etish masalalari



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/23
tarix24.02.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#85463
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
1-Maruza (2)

Shkalalash – aniq jarayonlarni raqamlar tizimi yordamida modellashtirish. 
Uning turli uslublari sifat tavsiflarini miqdoriy o‘zgarishlarga aylantirishga yordam 
beradi. 
Reyting nazorati asosida o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini hisobga olishning 
yuqorida keltirilgan metodlari bilan birga test usulidan ham samarali 
foydalanilmoqda. Test so‘rovidan nafaqat o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va 
malakalari darajasini aniqlash, balki 1993 yildan boshlab O‘zbekiston 
Respublikasida abituriyentlarni oliy o‘quv yurtlariga tanlov asosida qabul qilish 
jarayonida ham samarali foydalanib kelinmoqda. 
Test – aniq maqsad asosida muayyan holat darajasini sifat va miqdoriy 
ko‘rsatkichlarda belgilashga imkon beruvchi sinov vositasi. 
Pedagogik amaliyotda testning bir qator afzalliklari ko‘zga tashlanadi. Ular 
quyidagilardir: 
1) nazorat uchun vaqtning kam sarflanishi; 
2) nazariy va amaliy bilim darajasini ob’ektiv sharoitda aniqlash imkonining 
mavjudligi; 
3) bir vaqtning o‘zida ko‘p sonli o‘quvchilar bilan nazoratni tashkil etish 
mumkinligi; 
4) bilim natijalarining o‘qituvchi tomonidan qisqa muddatda tekshirilishi; 
5) barcha o‘quvchilarga bir xil murakkablikdagi savollar berilib, ular uchun bir 
xil sharoitning yaratilishi. 
Ta’lim tizimi uzluksiz ravishda islohotlarni amalga oshirishni talab etadigan 
sohadir. 
Ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish jarayonida o‘quvchilarning bilim, 
ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish va baholash ham yangicha mazmun kasb 
etdi. Davlat ta’lim standartlarining ishlab chiqilganligi, yangi o‘quv dasturining 
amaliyotga joriy etilganligi, erkin va mustaqil fikrlovchi shaxsni tarbiyalashga 


nisbatan yuqori talabning qo‘yilayotganligi, ta’lim amaliyotiga pedagogik 
texnologiyalar olib kirilayotganligi, o‘quvchilarni kasbga muvaffaqiyatli yo‘llash 
maqsadida psixologik va pedagogik diagnostika barcha turdagi ta’lim 
muassasalarida keng ko‘lamda amalga oshirilayotganligi kabi holatlar ko‘zga 
tashlanayotgan bir vaqtda o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini eng 
samarali shakl, metod va vositalar yordamida nazorat qilish hamda baholash muhim 
ahamiyatga ega. 
O‘quvchilar bilimini baholashning besh balli tizimining eskirganligi, zamon 
talablariga javob bera olmagani uni reyting tizimi asosida baholash uslubi bilan 
almashtirishni taqozo etdi. Shu o‘rinda «Qanday sabablarga ko‘ra besh balli 
baholash mezoni o‘zini oqlamadiq» degan savolga javob berish o‘rinlidir: 
Birinchidan, O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» 
ta’limni dekmokratik va insonparvarlik tamoyillari asosida rivojlantirishni nazarda 
tutadi. Besh balli baholash tizimi qattiqqo‘llik, o‘qituvchining mustabidligi hamda 
uning ta’lim jarayonida yakka hukmronligini ta’minlashga xizmat qilib kelgan. 
Demak, ushbu jarayonda talab va amaldagi holat bir-biriga muvofiq kelmaydi. 
Ikkinchidan, baholash mezoni o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida ixtiloflarni 
keltirib chiqarishga emas, aksincha, o‘zaro faol hamkorlik, bir-birini tushuna 
olishlari uchun xizmat qilishi lozim. 
Uchinchidan, baholash mezoni faqatgina o‘quvchilar tomonidan bilim, 
ko‘nikma va malakalarning o‘zlashtirilish darajasini nazorat qilish uchungina emas, 
balki ta’limni tashhis etishning faol ko‘makchisiga aylanishi zarur. 
Baholashning besh balli tizimi birdan beshgacha farqlanuvchi dastlabki baholar 
qo‘yish tartibini bildirib, mohiyatan baholar o‘rtasida yig‘indisining o‘rtacha 
arifmetik qiymati asosida choraklik (yillik) bahoni belgilashdan iborat. 
Masalan, o‘quvchi biror o‘quv fanidan uchta nazorat ishini 3, 4 va 5 ga 
bajargan, joriy nazorat bo‘yicha ham shunday natijalarni qayd etgan bo‘lsa, unga 
chorak uchun «4» baho qo‘yiladi. Bu esa o‘quvchi joriy, oraliq va yakuniy nazorat 
paytida yaxshi tayyorgarlik ko‘rib, ijobiy baholanishiga, chorak oxirida muayyan 


mavzudan olgan «5» bahoga berilgan javoblarining mutlaqo inobatga olmasligiga 
sharoit yaratadi. 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin