Burch va sadoqatning ahloqiy ma'sullikka daxldorligi.
Reja: 1. Oilaviy burch – muhim ahloqiy-ma’naviy qadriyat
2. Nikoh — oila barqarorligining asosiy omili.
3. Burch va sadoqatning ahloqiy ma'sullikka dahldorligi.
Burch — kishining biror shaxs, oila, jamoa, el-yurt, Vatan oldidagi majburiyatini anglatuvchi axloqiy tushuncha. Bizda obyektiv munosabatlar ifodalanadi, yaʼni u jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va axloqiy negizlari bilan belgilanadi. Buning oziga xos xususiyatlari mavjud bolib, u insonning ichki kechinmalari, tashqaridan turib nazorat qilinmaydigan murakkab ruhiy holatini ifodalaydi. Bu iymon-eʼtiqod, onglilik, halollik, vijdon kabi tushunchalar bilan chambarchas bogʻliq. Burch qanday vazifa, kimning oldidagi majburiyat ekanligiga qarab turlicha boʻladi (milliy burch, ijtimoiy burch, umuminsoniy burch va boshqalar). Ijtimoiy va shaxsiy burch, oilada ota-onalik burchi, farzandlik burchi va boshqa burch lar bor. Burch nisbiy tushuncha. U ijtimoiy taraqqiyot jarayonida mazmunan boyib, shaklan oʻzgarib boradi. Hozirgi sharoitda insonning tabiat va avlodlar oldidagi burchi yangicha mazmun kasb etmoqda. Oilaviy burch esa jamiyat oldida turgan maqsadlar bilan yaiada uygʻunlashmoqda. Ona Vatanga, xalqqa xizmat qilish eng ulugʻ va sharafli burch hisoblanadi.
SHarq halqlarida qadimdan kattalarni hurmat qilish, kichiklarga izzatda bo`lish, insofli bo`lish, rostgo`ylik, xushmuomalalik, mehmondo`stlik kishining odob-axloqini ko`rsatib beruvchi qoidalar sifatida amal qilinib keladi.
Bu axloq qoidalari har bir shaxsda to`liq namoyon bo`lgan taqdirdagina u ma’naviy barkamol shaxs hisoblanadi.
Demakki, u jamiyat oldidagi, kishilar oldidagi insoniylik burchini ado etgan hisoblanadi.
Burch muhim axloqiy-ma’naviy qadriyat hisoblanib, har bir shaxsning jamiyat oldidagi fuqarolik, ota-ona oldidagi farzandlik, xalq, millat oldidagi insonparvarlik, jamoatchilik oldidagi odamiylik vazifalarini bajarish demakdir.
Burch — ado etilishi majburiy bo`lgan insoniy vazifalar va insoniylik yuzasidan bajarilishi mumkin bo`lgan axloqiy qoidalarni o`z ichiga qamrab oladi. Ota-onaning farzand oldidagi, jamiyat oldidagi burchi, farzandning ota-ona oldidagi burchi, nnsoniyatning o`tmish merosini asrash va kelgusi avlodlarga etkazish burchi, millat oldidagi, kelajak avlod oldidagi burchi, tabiatni asrash burchi, Vatan oldidagi burch - majburiy vazifalardir.
Ota-onaning farzand oldidagi burchlari «Qobusnoma»da zikr etilishicha, «...farzandga yaxshi ot qo`yish, farzandni yaxshi doyaga topshirish, sunnat qilish, to`y-tomosha berish, ilm va kasb-hunar o`rgatishdan iboratdir».
YUqoridagilardan. ko`rinib turibdiki, ota-ona farzand tarbiyasida jamiyat oldida ham javobgardirlar. Har tomonlama etuk farzandni tarbiyalash ota-onaning asosiy, majburiy burchidir.
Ota-onani hurmat va izzat qilish, keksayganda moddiy ta’minlash, ular nasihatiga quloq tutish va uni so`zsiz ado etish farzandning ota-ona oldndagi burchi hisoblanadi. Farzand el-yurt oldida ota-ona obro`si, qadr-qimmatini ko`tarishi lozim.
Farzand, ayniqsa, otani hurmat qilishga, topshiiqlarini bekamu-ko`st bajarishga majbur. Uning ko`nglini og`ritish aslo mumkin emas. Oqil farzand ota qadrini yuksak tutadi. Xalqimiz «Ota qarg`ishi o`q» deb bejiz aytmagan.
Ulamoyu-fuzalolarimiz fikriga ko`ra: ota - farzand uyidagi istagan narsani olishi mumkin ekan. Farzand esa ota uyidan uning ruxsatisiz hech narsani olishga haqqi yo`q ekan. Bordi-yu, shunday qilsa va bundan ota ko`ngli og`risa, bu farzandni ota nomidan Olloh oq qilar ekan.
SHunnngdek, farzand onaning tunda bir lahzalik uyqusidan turib, oq sut bergan qarzini umr bo`yi onasini elkasida ko`tarib yursa ham uzolmas ekan.
Mana, farzandning ota-ona oldidagi burchi nima bilan belgilanadi?
Oilada kelinning ham qaynona-qaynota oldidagi burchi farzand burchi demakdir.
Xalqimizning ma’naviy merosi hisoblanadigan mehnatsevarlik, mehr-oqibatlilik, birodarlik, insonparvarlik, mardlik, halollik, iymon-e’tiqodlilik kabi fazilatlarni, Al-Beruniy, Najmiddin Kubro, Az-Zamaxshariy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy, Al-Farg`oniy, Al-Buxoriy, imom Termiziy, Bahouddin Naqshband va shu kabi mutafakkirlarimizning ma’naviy merosini avaylab-asrash, asrlar davomida qadriyat darajasiga ko`tarilgai milliy ma’naviy merosni kelajak avlodga etkazish har birimizning jamiyat oldidagi, insoniyat oldidagi, kelajak avlod oldidagi burchimizdir.
Vatan - bu har bir kishining tug`ilib o`sgan muborak joni, mahallasi, qishlog`i, shahri, ona yurtidir. U yashayotgan zamindir. Mana shu Vatanni himoya qilish, Vatanning gullab-yashnashi uchun halol mehnat qilish, kerak bo`lsa, Vatan himoyasi uchun jonini fido qilish O`zbekistonda yashayotgan har bir fuqaroning burchidir.
Insonning eng katta boyligi bu — Vatandir. Vatanni sevish deganda, Vatanning milliy tilini sevish davlat ramzlarini sevish, milliy qadriyat va urf-odatlarni qadrlash, tinchligi va osoyishtaligi uchun jon kuydirish kabilar tushuniladi.
Darhaqiqat, Vatanni sevmoq iymondandir. YA’ni, iymoni but, ongli, Vatan tushunchasini to`la anglab etgan, Vatan uchun butun kuch-g`ayratini bag`ishlagan, Vatan ilm-ma’rifati yo`lida mehnat qilayotgan, o`z Vatani bilan g`ururlanadigan insongina Vatan oldidagi burchini ado etgan bo`ladi.
Marhumlarni xotirlash — bugungi avlodning farzandlik burchidir. Vatan tarixini bilish, boyliklarini ko`z qorachig`iday saqlash, Vatan taraqqiyotiga o`z hissasini qo`shish, halol mehnat qilish, ma’naviy qadriyatlarini, urf-odatlarini o`rganish va avaylab-asrash asosiy vazifasidir. O`zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy taraqqiy etgan mamlakatlar qatoriga qo`shishda bor kuch-imkoniyatlarini sarf etish har bir fuqaroning burchidir. Ota-ona, jamoatchilik va ustoz-murabbiylarning asosiy burchi bugungn jamiyat talablariga mos ma’naviy va jismoniy barkamol, milliy ong va tafakkuri shakllangan shaxslarni tarbiyalab etishtirishdan iboratdir.
Balog`at yoshidagi yigitlarning asosiy burchi mamlakatimizning milliy armiyasida xizmat qilib, Vatan tinchligi, osoyishtaligini saqlash, uni har qanday tajovuzlardan, ichki va tashqi dushmandan saqlashdan iboratdir.
O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining Vatan oldidagi asosiy burchlari mamlakatimiz Qomusi - O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 48, 49, 50, 51, 52-moddalarida belgilab berilgan. YA’ni, ular «Fuqarolar Konstitutsiya va Qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar. Fuqarolar O`zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosnni avaylab-asrashga majburdirlar.
Madani yodgorliklar davlat muhofazasidadir.
Fuqarolar atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishga majburdirlar.
Fuqarolar Qonun bilan belgilangan soliq va mahalliy yig`imlarni to`lashga majburdirlar.
O`zbekiston Respublikasini himoya qilish - O`zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir, fuqarolar Qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o`tashga majburdirlar.
Insoniyat o`zi yashab turgan tevarak-atrof tabiatini muhofaza qilishga majburdirlar. Biz o`zimiz bilgan va bilmagan holda tabiatga zarar etkazamiz. Biz tabiatdan va tabiiy zahiralardan to`g`ri foydalangan taqdirimizdagina tabiatni hech qanday salbiy oqibatlarsiz kelajak avlodga etkazib berish majburiyatini bajargan bo`lamiz.
Tabiatni asrash esa barchaning burchidir. Har bir insonning tabiat va jamiyat oldidagi burch va vazifalari mavjuddir. Ular oldidagi o`z burchini sadoqat, poklik bilan ado etgan insonning kelajagi porloq, obro`-e’tibori baland bo`ladi.