JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA
UNIVERSITETI SIRTQI BO`LIM
BOSHLANG`ICH TA`LIM VA STI
YO`NALISHI S1714-19 GURUH TALABASI
ABDUAZIZOVA E`ZOZANING
PEDAGOGIK MAHORAT FANIDAN
TAYYORLAGAN
TAQDIMOTI
MAVZU: O`QITUVCHI KASBIY FAOLIYATIDA
PEDAGOGIK NAZOKAT VA ODOB - AXLOQ
• 1. O‘qituvchi pedagogik odobi haqida tushuncha.
•
• 1. O‘qituvchilik kasbini sevish pedagogik odobning zarur talablaridan biri hisoblanadi. O‘z kasbini sevgan kishigina
butun kuch – g‘ayratini, qalb qo‘ri va dil haroratini bu ishga bag‘ishlaydi va o‘z faoliyatida yaxshi natijalarga
erishadi.SHuningdek, bolalarni sevish, ularga mehr-muhabbatli bo‘lish o‘qituvchilik kasbi, o‘qituvchi axloqiy
qiyofasida juda muhim ahamiyat kasb etadi.
•
• O‘qituvchidan bolalarga mehribonlik bilan birga talabchanlik va qattiqqo‘llik ham talab etiladi.
• O‘qituvchi halollik, rostgo‘ylik, axlokiy poklik, odamiylik, kamtarlik kabi fazilatlarga ega bo‘lishi pedagogik
odobining muhim talab- qoidasidir. Muallim deyarli har kuni o‘quvchilar bilan uchrashadi, savol- javob qiladi,
ularning yaxshi xulqi, ezgu ishlarini ma’qullaydi, bilimini baholaydi, nojo‘ya xatti - harkati uchun tanbeh beradi.
• O‘qituvchi - ziyolilar ichida ma’naviy dunyosi muayyan darajasi bilan tafovutlanib, ko‘rsatkichi bo‘yicha
ancha yuksaklikka ega inson. Uning bu darajaga erishishi manbalari - o‘qituvchining kundalik, ijodiy
izlanish faoliyatining ko‘rinishidan, ijtimoiy status va. rolni qat’iy ijro etishdan iborat. O‘qituvchining
kasbiy mahoratidan tashqari, uning siyosiy, iqtisodiy, tarixiy bilimlarga ega bo‘lishidek zaruriyati, ehtiyoji,
imkoniyati alohida ahamiyat kasb etadi.
• Albatta, o‘qituvchining fikri, mulohazalarida nisbiylik, sub’ektivlik alomatlari mavjud. U hammaga aynan
birdek to‘g‘ri munosabatda bo‘la olmasligi mumkin, lekin u hamma o‘quvchilarga nisbatan xolis niyatli,
yaxshilik qilishga intiluvchi, adolatli kishi ekanligiga barchaning ishonchi komil bo‘lmog‘i lozim. Sinfda
o‘qituvchi "yaxshi ko‘radigan", "yomon ko‘radigani" bor degan taassurot tug‘ilmasligi kerak.
• Pedagogik nazokat etnopsixologik his-tuyg‘ulari, milliy xarakter xususiyati, xulq, faoliyat, muomala qoidalari,
qonuniyatlari va ko‘nikmalaridan me’yoriy ravishda maqsadga muvofiq tarzda foydalanishda o‘z aksini topadi:
•
• emostional his-tuyg‘ular, kechinmalar, stress va affektiv holatlar xossalari, chegaralariga batamom rioya qilish;
•
• xulq-atvor malakalarini amaliyotda oqilona qo‘llash; bachkana qiliqlar, ortiqcha harakatlar qilishdan o‘zini
tiyish;
•
• nutq madaniyatidan tashqari chiqmaslik, shaxsiyatga tegadigan iboralar ishlatmaslik, qo‘pol va dag‘al so‘zlar
qo‘llamaslik;
•
• hissiy, aqliy bilish jarayonida muayyyan me’yorlarga asoslanish, manmanlikni namoyish etmaslik;
• o‘quvchilar va o‘kituvchilar jamoalari bilan, ota-onalar hamda notanish kishilar bilan munosabatga kirishishda
rasmiy, qat’iy ishbilarmonlik uslublariga asoslanish va hokazo.
Muloqotda taktni tanlash rolli holatlardan foydalanish ko‘nikmasi bilan bog‘lik. Bunda 4 ta holat bor:
•
yuqoridan qurilgan holat;
•
pastdan qurilgan holat;
•
yonma - yon holat;
•
aralash holati.
YUqoridan o‘rnatilgan holatda o‘qituvchi o‘zining mustaqilligini, javobgarligini o‘z ustiga olishini, hech
kim bilan hisoblashmasligini ko‘rsatadi. Bu holat "Ota - ona" holati deyiladi.
E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
TALABA : ABDUAZIZOVA E`ZOZA
Dostları ilə paylaş: |