1-mavzu: Tarbiya ijtimoiy-tarixiy jarayon sifatida. Reja


Tarbiyalanuvchilarning individual oʻziga xosliklari. Umumiy metodlar, umumiy dasturlarning oʻzi tarbiyaviy oʻzaro ta’sir etishning asosi boʻla olmaydi



Yüklə 107,5 Kb.
səhifə5/6
tarix28.11.2023
ölçüsü107,5 Kb.
#169453
1   2   3   4   5   6
Amaliy topshiriq

5. Tarbiyalanuvchilarning individual oʻziga xosliklari. Umumiy metodlar, umumiy dasturlarning oʻzi tarbiyaviy oʻzaro ta’sir etishning asosi boʻla olmaydi.

Ularga indivudual va shaxsiy tuzatishlar kiritish zarur. Insonparvar pedagog har bir shaxs oʻziga xosligini rivojlanishiga, oʻziga xosligini saqlashga, oʻzining«Men»ini roʻyobga chiqarishga imkon beradigan metodlarni qoʻllashga harakat qiladi.

6. Tarbiyaviy shart-sharoitlar. Unga moddiy, psixofiziologik, sanitargigiyenikdan tashqari sinfda yuzaga keladigan munosabatlar: jamoadagi iqlim, pedagogik rahbarlik usuli va boshqalar tegishlidir. Ma’lumki, mavhum shartsharoitlar boʻlmaydi, ular hamisha aniq. Ularning birlashuvi aniq holatlarda koʻrinadi. Tarbiya amalga oshadigan sharoit pedagogik vaziyatlar deb ataladi.

7. Tarbiya vositalari. Tarbiya metodlari tarbiya jarayonining tarkibiy qismi sifatida yuzaga chiqadigan tarbiya vositalaridan tashkil topadi. Metodlar ular bilan mustahkam bogʻlangan va birgalikda qoʻllaniladigan boshqa tarbiya vositalari ham mavjud. Masalan, metodlarni samarali qoʻllash uchun zaruriy yordam beruvchi koʻrgazmali qurollar, tasviriy san’at asarlari va musiqa san’ati, ommaviy axborot vositalari.

8. Pedagogik malakani egallaganlik darajasi. Tarbiyachi odatda faqat oʻzi biladigan va qoʻllay oladigan metodlarni tanlab oladi. Koʻplab metodlar murakkab boʻlganligi bois, oʻqituvchidan koʻp kuch ishlatishni talab etadi.

Bunday mas’uliyatdan boʻyin tovlaydigan pedagoglar ularsiz faoliyatni tashkil etishga harakat qiladi. Natija esa turli obrazli, xilma-xil maqsad, vazifa, shartsharoitlardan kelib chiqib metodlardan foydalanishga qaraganda past samaraga ega boʻladi.

9. Tarbiya vaqti. Qachonki, vaqt kam, maqsad esa katta boʻlsa, «kuchli harakatga keltiradigan» metodlar qoʻllaniladi, qulay sharoitlarda esa, tarbiyaning «oddiy» metodlaridan foydalaniladi. Tarbiyani «kuchli harakatga keltiradigan» va «oddiy» metodlarga boʻlinishi shartli: birinchisi tanbeh berish va majbur qilish bilan, ikkinchisi nasihat qilish va doimiy oʻrgatish bilan bogʻliq.

10. Kutiladigan natija. Metodni tanlayotganda, tarbiyachida muvaffaqiyatga erishishga nisbatan ishonch boʻlishi kerakonsepsiya Buning uchun qoʻllanilayotgan metod qanday natijaga olib kelishini oldindan koʻra bilish kerak.


Yüklə 107,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin