1-mavzu: Tarbiya ijtimoiy-tarixiy jarayon sifatida. Reja


Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining vazifalari quyidagilardan iborat



Yüklə 107,5 Kb.
səhifə2/6
tarix28.11.2023
ölçüsü107,5 Kb.
#169453
1   2   3   4   5   6
Amaliy topshiriq

Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining vazifalari quyidagilardan iborat:

- o’quvchilar jamoasining tarbiyalanganlik darajasini o’rganib, unga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish mahoratiga ega bo’lish ;

- tarbiyaviy ish va tadbirlar uchun zarur bo’lgan metodlarni tanlab, ko’zlangan maqsadga erishish chora-tadbirlarini ko’ra bilish ;

- ilg’or tajribalarni tahlil qilish va uni o’z faoliyatida ijodiy foydalanish ;

- tarbiyaviy ishlarning o’quvchilar ruhiyatiga qanchalik ijobiy ta’sir etganini kuzatib, uni yanada rivojlantirish va takomillashtirish ;

- tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o’z bilimini doimiy rivojlantirib borishi lozim. Darsda va darsdan tashqari mashg’ulotlarda tarbiyaviy ishlarni tashkil etish bilan birga DTS lariga mosligiga e’tibor qaratish zarur bo’ladi.

1. Tarbiyaviy ishlar jarayonida barkamol avlodni tarbiyalash muhim o’rin tutadi. Aniq maqsadga qaratilgan tarbiya ishida jamoaga va ba’zi bir talablarga ta’sir qilishini tashkil etish tarbiyaviy ishlarning asosini belgilaydi.

2. Tarbiyaviy ishlarning asosiy jihati barkamol avlodni har tomonlama kamol topishini hisobga olgan holda ularning tarbiyaviy jihatiga e’tiborni qaratish zarur bo’ladi. Shuning uchun o’qituvchi va tarbiyachilar yoshlar bilan tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishda metodikaga tayanish maqsadga muvofiqdir.

TARBIYA–shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma’naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon, insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo‘lgan xususiyatlarga ega bo‘lishini ta’minlash yo‘lida ko‘riladigan chora-tadbirlar yig‘indisi. Tarbiya insonning insonligini ta’minlaydigan eng qadimgi va abadiy qadriyatdir.

Tarbiya – har bir insonning hayotda yashashi jarayonida orttirgan saboqlari va intellektual salohiyatlarining ijobiy ko‘nikmasini o‘zgalarga berish jarayoni.

Chunonchi, tarbiya keng sotsial ma’noda ijtimoiy hodisa sifatida qo‘llanilganda jamiyatning barcha tarbiyaviy vositalarini o‘z ichiga oladi.

Tarbiyaning ob’ektiv qonunlari – o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish va ijtimoiy hayotning shaxsni, uni o‘ziga xosligi hamda sifatlarini shakllantirish talabalardagi turg‘un bo‘lgan an’analardir.

Darhaqiqat, tarbiya ijtimoiy hayot uchun zarur bo‘lgan hodisalardir. Tarbiya yuksak ma’naviy, jismoniy barkamollik, yaxshining yomondan farqini anglash, yuksak insoniy fazilatlarini shakllantirish qudratiga egadir. Tarbiya kishilik jamiyatining xamma bosqichlarida rivojlanib, o‘sib, avloddan-avlodga vorislik vazifasini bajaradigan hodisa. Lekin har bir jamiyatda tarbiyaning maqsadi, vazifasi, mazmuni o‘ziga xosligi bilan farq qiladi.

Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud bo‘la olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyatlar tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga o‘tadi.

Pedagogik adabiyotlarda «Tarbiya» atamasi keng va tor ma’nolarda ishlatiladi. Keng ma’noda tarbiya inson shaxsini shakllantirishga, uning jamiyat ishlab chiqarishi va ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy hayotida faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan barcha ta’sirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar yig‘indisinianglatadi. Bunday tushunishda tarbiya faqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas, balki butun ijtimoiy tuzum, uning yetakchi g‘oyalari, adabiyot, san’at, kino, radio, televidenieva boshqalarni ham o‘z ichiga oladi. Shuningdek, keng ma’nodagi tarbiya tushunchasi ichiga ta’limva ma’lumotolish ham kiradi.

Tor ma’noda tarbiya shaxsning jismoniy rivoji, dunyoqarashi, ma’naviyaxloqiy qiyofasi, estetik didi o‘stirilishiga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatni anglatadi. Buni oilava tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari amalga oshiradi. Ta’lim va ma’lumot olish tor ma’nodagi tarbiya ichiga kirmaydi. Lekin har qanday tarbiya ta’lim bilan chambarchas bog‘liq holdagina mavjud bo‘ladi.


Yüklə 107,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin