1-mavzu. Тashkiliy tuzilmasi bilan tanishish va xo‘jalik subyektining iqtisodiyotda tutgan o‘rnini tahlil qilish



Yüklə 476,8 Kb.
səhifə1/2
tarix17.05.2023
ölçüsü476,8 Kb.
#115234
  1   2
Ismailov Sh I amaliyot


1-mavzu. Тashkiliy tuzilmasi bilan tanishish va xo‘jalik subyektining iqtisodiyotda tutgan o‘rnini tahlil qilish

Mahalliy davlat hokimiyati davlat boshqaruv idoralari mahalliy ahamiyatga molik hamma masalalarni oʻz vakolatlari doirasida oʻzlari hal etadilar, umumdavlat manfaatlarni Mirobod tumanida yashab turgan fuqarolarning manfaatlari bilan uygʻunlashtiradi, yagona davlat hokimiyati organlarining tarkibiy boʻgʻini sifatida yuqori davlat organlari qarorlarining amalga oshirilishini taʼminlaydi.


Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, uzoq tarixiy tajribaga, milliy anʼanalarga tayangan holda ilgʻor mamlakatlar tajribasidagi ijobiy tomonlarni oʻrganib, oʻz davlat idoralarini tubdan qayta isloh qilindi, Mahalliy davlat hokimiyati organlari hokimiyat organlari tizimini yaratdi. Mahalliy hokimiyat tizimini shakllantirish sohasida bir qator qonun va rasmiy hujjatlar qabul qilindi. Ular orasida 1992-yil 8-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 1993-yil 2-sentabrda "Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida"gi qonun, 1994-yil, 5-mayda "Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlariga saylovlar toʻgʻrisida"gi qonun kabilar muhim oʻrin egallaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Konsitutsiyasining 20-bobida Mahalliy davlat hokimiyati organlari hokimiyat organlari faoliyatining konstitutsiyaviy huquqiy asoslari oʻz aksini topgan (99-104 moddalar). Mazkur moddalarda Mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimi mavqei, vazifalari, tuzilish tartibi konstitutsiyaviy darajada mustahkamlab qoʻyilgan. Tuman hokimligi boshqaruv apparatining vazifalari hokimning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlarida, Vazirlar Mahkamasi xamda viloyat hokimining qaror va farmoyishla0rida belgilangan vakolatlari amalga oshirilishini davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ta’minlash;
tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendensiyalarini kompleks tahlil qilish, asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlar dinamikasi, tarkibiy va institutsional o’zgartirishlar, mahalliy byudjetlar ijrosining tizimli monitoringini olib borish;
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan eng muhim ustuvor vazifalarga muvofiq tumanni kompleks rivojlantirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish; tumanda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiyalash, iqtisodiyotda, eng avvalo, sanoatda va qishloq xo’jaligida tarkibiy o’zgartirishlarga doir tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash.

Tashkilot rahbari __________________ _______


2-mavzu. Bitiruv malakaviy ishi mavzusi bo’yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tanishish, o’rganish.

Hokimiyat tizimini faoliyatini tartibga solish doirasida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Maxkamasining ko’plab qaror va farmonlari qabul qilinga jumladan 1993 yil 2 sentyabrdagi “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risidagi” 913-XII-sonli O’zbekiston Respublikasi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 avgustdagi “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlari o‘rinbosarlarining ularga yuklangan vazifalarni bajarishda shaxsiy mas’uliyatini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risi”dagi PQ-5230-sonli qarori, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 avgustdagi “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari doirasida Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risi”dagi PQ-447-sonli qarori, 2022 yil 8 avgustdagi “Davlat fuqarolik xizmati to’g’risida”gi O’RQ-788-sonli O’zbekiston Respublikasining Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 25 yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risi”da PF-14-sonli farmoni. O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining 2023 yil 13 martdagi “Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan olinishi mumkin bo‘lgan sovg‘a qiymati, shuningdek uni tasarruf etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 3425-sonli buyrug’i.


Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O’zbekiston mamuriy islohotlarini amalga oshirish doirasida mahalliy ijro etuvchi davlat hokimiyati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risi”dagi qarori loyihasi 2023 yil 19 aprel kuni project.gov.uz platformasida orqali muhokamaga qo’yilgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O’zbekiston mamuriy islohotlarini amalga oshirish doirasida mahalliy ijro etuvchi davlat hokimiyati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risi”dagi qarori loyihasiga ko’ra hokimliklarning yangi namunaviy tuzilmasi kiritilgan.


Tashkilot rahbari __________________ ________


3-mavzu. Mehnatga haq to`lashni va kadlar salohiyatini o‘rganish


Hokimiyat tizimida mehnatga haq to’lash O’zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 16 sentyabrdagi “Mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish to‘g‘risi”dagi 775-sonli qarorining 1-ilovasiga muvofiq hodimlarga haq to’lanadi.


Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasi


Mehnatga haq to‘lash razryadlari

Tarif koeffitsiyentlari

1

1,000

2

1,053

3

1,106

4

1,158

5

1,269

6

1,384

7

1,505

8

1,630

9

1,755

10

1,883

11

2,014

12

2,148

13

2,284

14

2,421

15

2,561

16

2,704

17

2,847

18

2,993

19

3,141

20

3,292

21

3,444

22

3,597

Tashkilot rahbari __________________ ________


4-mavzu. Mirobod tumanining moliyaviy holatini tahlil qilish
5-mavzu. Mirobod tumanining iqtisodiy rivojlanish ko`rsatkichlarini baholash va prognoz qilish.
Mirobod tumanining 2023-yilgi tuman mahalliy budjeti daromadlari va xarajatlarining prognoz ko‘rsatgichlarini belgilash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6-, 24-moddalarini, Budjet Kodeksining 99-moddasini, 2022-yil 30- dekabrdagi “2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat butjeti to‘g‘risida”gi 813-sonli Qonuniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2022-yil 29-dekabrdagi 01/20-32/1024-sonli xatini inobatga olib, Mirobod tumani mahalliy budjetining 2023-yil uchun shakllantirilgan loyihasini muhokama qilgan holda, 2023-yilgi tuman mahalliy budjeti daromadlari va xarajatlarining prognoz ko‘rsatgichlarini belgilash maqsadida, asoslanib, xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi: 1. Tuman hokimligi Moliya bo‘limining 2022-yil 30-dekabrdagi 01-20/32-275-sonli xati ma'lumot uchun qabul qilinsin. 2. Mirobod tumanining (keyingi o‘rinlarda – tuman) yalpi hududiy mahsulot bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari 1-ilovaga muvofiq; tuman mahalliy budjeti daromadlari prognoz ko‘rsatkichlari 2-ilovaga muvofiq; 2023-yil uchun tuman mahalliy budjetlarining daromadlari va xarajatlari prognozlari 3-ilovaga muvofiq; tuman mahalliy budjeti mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan xarajatlarning umumiy cheklangan miqdorlari 4-ilovaga muvofiq; tuman mahalliy budjetiga ajratiladigan tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar miqdorlari 5-ilovaga muvofiq; mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara to‘lovining eng kam stavkalari 6-ilovaga muvofiq (soliq solish maqsadlari uchun); e-qaror.gov.uz VI-58-4-9-127-K/23 2 tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish xuquqi uchun undiriladigan yig‘imlarning cheklangan stavkalari 7-ilovaga muvofiq; avtotransport yig‘imlarning stavkalari 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Tuman hokimligi Moliya bo‘limi tomonidan; Advokatlar tomonidan yuridik yordam ko‘rsatganlik uchun haq to‘lash xarajatlari tuman moliya bo‘limi tomonidan viloyat moliya bosh boshqarmasiga taqdim qilingandan talabnomalar asosida tuman mahalliy budjetiga ajratib borilishini; Davlat organlari yoki ushbu organlar mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (yoki harakatsizligi) natijasida fuqarolar yoki yuridik shaxslarga etkazilgan zararni qoplash xarajatlari sud qarorlari asosida tuman mahalliy budjeti orqali moliyalashtirib borilishini; Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasiga transfertlarni har oyda ajratilgan mablag‘lar doirasida o‘tkazib berilishini ta’minlasin. Bunda, Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasiga ajratilgan transfertlarning oylar kesimida taqsimlangan miqdorlariga o‘zgartirish kiritish hamda yillik ajratilgan qo‘shimcha transfertga talabnomalar Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasining takliflari asosida amalga oshiriladi va Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasiga o‘tkazilgan transfertlarni to‘g‘ri ishlatilishi (sarflanishi) bo‘yicha Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi javobgar ekanligi belgilansin. 4. O‘zbekiston Respublikasining “2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan, (keyingi o‘rinlarda – Qonun) O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kirishda qo‘llaniladigan bojxona bojlari stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadiassasa orqali faoliyat yurituvchi O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan, shuningdek norezidentlarning to‘lov manbaida ushlab qolinadigan daromadlaridan to‘lanadigan foyda solig‘idan tashqari) 100 foizi o‘tkazilishi belgilangan.

Tashkilot rahbari __________________ _______


4-kurs MM-53-2 guruh talabasi Ismailov Shohrux Israilovich ich


(nasl nomasi va ismi)
2023 yil « 13 » Mart dan 2023 yil « 15 » Aprel gacha
____________________________________________________________________ da
(amaliyot obyektining to’liq nomi)

malakaviy amaliyotni o’tadi.



Yüklə 476,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin