1-Mavzu: “Tasviriy faoliyat va mehnatga o’rgatish texnologiyasi” fanining umumiy masalalari Reja



Yüklə 249,93 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix07.10.2023
ölçüsü249,93 Kb.
#152961
1 mavzu



1-Mavzu: “Tasviriy faoliyat va mehnatga o’rgatish texnologiyasi” fanining 
umumiy masalalari
Reja: 
1. Zamonaviy ta`lim tizimida "texnologiya" tushunchasi.

2. Mehnat o’qitish texnologiyasi fanining maqsad va vazifalari.


3. Mehnat o’qitish texnologiyasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi
 
Adabiyotlar: 
1. Komarova T.S. Metodika obucheniya izobrazitelnoy deyatelnosti i 
konstruirovaniY. (red.). — 1991 g. 
2. Sokolnikova N. M. Izobrazitelnoye iskusstvo i metodika yego 
prepodavaniya v nachalnoy shkole : Risunok. Jivopis. Narodnoye iskusstvo. 
Dekorativnoye iskusstvo. - M. : Akademiya, 2008 
3. Yusupova N.Y. Qo‘l mehnatini o‘qitish maxsus metodikasi va predmetli -
amaliy ta’lim pedagogicheskogo issledovaniY. – M.: Akademiya, 2005. (20-25 st.) 
 
Mustaqil, har tamonlama kamolga yetgan barkamol inson uchun zarur 
bo‘lgan ma’naviyat qirralari iymon, e’tiqod, vatanparvarlik, insonga cheksiz 
muhabbat do‘stlik, sadoqatlik, mehnatsevarlik, milliy g‘urur kabi fazilatlarni 
shakllantirish zarur. 
Buyuk allomalarimiz qilgan og‘zaki va yozma ijodiyot avloddan-avlodga 
o‘tib kelayotgan iymon, e’tiqod sirlarining nazariy va amaliy jihatdagi bilimlar 
bilan yoshlarni qurollantirish lozim. 
Texnologiya – ta’lim tizimida mualliflik konsepsiyalarining xilma-xilligi 
to‘g‘risidagi umumlashtirilgan tasavvurlar sifatida pedagogiklarning lug‘atda yangi 
tushunchadir. 
“Texnologiya” so‘zining leksik-semantik mazmuni insonning turli-tuman 
faoliyat turlarida qo‘llaniladigan usullar majmui sifatida talqin etiladi va bu 
mazmunda mazkur tushuncha metodlar, usullar, vositalar va hokazo didaktik 
ta’riflar bilan bog‘liq. 


Zamonaviy psixologik-pedagogik adabiyotlarda ta’limning turli xil vazifalari 
va mazmuniga nisbatan texnologiyalarning qo‘llanilishini tizimlashtirishga 
urinishlar kuzatilmoqda. 
Xususan, texnologiya quyidagicha talqin etiladi: 
«o‘quv jarayonini amalga oshirishning mazmunli texnikasi» (V.P.Bespalko); 
«ta’limning rejalashtirilgan natijalariga erishish jarayoni tavsifi» (I.P.Volkov); 
«san’at, mahorat, malaka, metodlar majmui» (V.M. Shepel). 
Pedagogika fanida texnologiya so‘zi mazmun-mohiyatidan anglanadigan 
tushunchaga nisbatan yondashuvlarning xilma-xilligi, ta’limning strategik 
(metodologik, nazariy) muammolarini hamda o‘quv jarayonida subekt-subekt 
munosabatlari mazmunida (bola - o‘qituvchi) bevosita qo‘llaniladigan aniq 
protsessual xatti-harakatlarni ochib berishi, shuningdek, ularni qo‘llash 
shakllarining turli xilligi: kompyuterli, o‘quv-didaktik, ijtimoiy-pedagogik, 
psixologik, reabilitatsion va shu kabi ko‘pgina boshqalar to‘g‘risida tasavvur hosil 
qilish imkonini beradi. 
Shu tariqa, pedagogik texnologiyalar u yoki bu yangiliklarga moslashish, 
ulardan ta’lim subektining sifatli rivojlanishi uchun eng qulayini tanlash imkonini 
beradi. Shunga ko‘ra, maxsus ta’limda intillektida nuqsoni bo‘lgan bolalar va 
o‘smirlarning tashkiliy ta’lim olish jarayoni insonparvarlik, rivojlantiruvchi 
vositalar va metodlardan foydalanish orqali qulay pedagogik muhitni tashkil 
etishga yo‘naltirilgan majmuaviy texnologiyalardan foydalanish uchun model 
sifatida ifodalanadi. Imkoniyati cheklangan insonlarning mehnatiga tizimli 
yondashuvni ixtisoslashtirilgan maktabgacha yoshdagi-internatdagi kasb-hunar 
ta’limi g‘oyalaridan ko‘ra kengroq tushunishtirish lozim. 
Yordamchi maktabgacha yoshdagi internatlar va umumta’lim maktablari 
tizimining bir qismi sifatida rivojlangan. Bu ularning vazifalarini, jumladan, 
mehnat ta’limi va tarbiyasi vazifalarini yangicha belgilashga imkon berdi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarni odatiy ishchilar jamoasi sharoitlarida mehnatga 
tayyorlash yo‘li bilan ularni ijtimoiy reabilitatsiyasi muammolarini amalda 
yechishga imkon beradigan tarbiyani amalga oshiradi. 


Bolalarning ta’lim va tarbiyasining asosiy vazifasi ularni mustaqil mehnatga 
tayyorlash hisoblanishi sababli, ixtisoslashtirilgan maktabgacha yoshdagi-internat 
tarbiyalanuvchilarini ishlab chiqarish mehnatiga muvaffaqiyatli jalb etishni 
ta’minlovchi bolalarga muayyan mehnat turi bo‘yicha ma’lum bilimlar tizimini 
yetkazish va tegishli kasbiy-mehnat ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, qator 
axloqiy, shaxsiy sifatlarni tarbiyalash kabi aniq vazifalar birinchi o‘ringa chiqadi. 
Mehnat faoliyati doimo rivojlanadi. Uning har bir tarkibiy komponentlarining 
yuzaga kelishi malakalar, maqsadni belgilash, motivatsiya, ishni rejalashtirish, 
natijaga erishish va uni baholashlarni o‘z xususiyatlariga ega. 
Ko‘pincha biror-bir topshiriqni bajarish mehnat quroli, uskunalarni talab 
etadi. Kichik maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarda ish quroli yordamidagi 
operatsiyalarni egallashning ba’zi nishonalarigina yuzaga keladi. a) o‘z-o‘zidan 
harakatlar rivojlanadi; b) bola uyda qo‘llaniladigan ba’zi predmetlardan 
foydalanishni o‘rganadi (qoshiq, piyola va boshqalar) , bu murakkab harakatlar 
koordinatsiyasini talab etmaydi va faoliyat predmetini o‘zgartirishga 
yo‘naltirilmaydi; v) u ba’zi ish qurollari va ularning vazifalarini ajrata boshlaydi 
(bolg‘a bilan qoqiladi, mixlar qoqiladi, qaychi bilan qog‘oz qirqiladi va boshqalar) 
va mazkur qurollar bilan kattalarning harakatlariga taqlid qiladilar. 
Sodda mehnat qurollarini o‘zlashtirish maktabgacha yosh davridanoq 
boshlanadi. Bolalarda ish qurollari bilan operatsiyalarning xususiyatlarini 
tushunish uchun D.V. Sergeyevaning ishchi harakatlarni shakllantirish masalalari 
bo‘yicha ishlari katta ahamiyatga ega. Muallif ishchi harakatlarni shakllantirish 
uchun muhim bo‘lgan beshta shartlarni sanab o‘tadi: 
qo‘lning anatomik-fiziologik yetilganligi; 
qo‘l va ko‘z harakatlarining rivojlanganligi (harakatlar ko‘z nazorati ostida 
amalga oshiriladi); 
ko‘rsatiladigan harakatlarga taqlid qilish qobiliyatining rivojlanishi;
harakatlarni 
solishtirish, 
farqlash, 
to‘g‘rini 
noto‘g‘ridan 
ajratish 
ko‘nikmalarini shakllantirish; 


harakat xususiyati va olingan natijalar o‘rtasidagi aloqalarni o‘rnatish 
ko‘nikmasini rivojlantirish. 
Bolalar ishchi harakatlarni o‘zlashtirish bosqichida katta qiyinchiliklarni his 
qilishlari tushunarli. 
Shu tariqa, ishchi harakatni shakllantirish uchun bolalarning diqqatlarini 
harakatning predmetli natijalaridan harakat usuli va harakat xususiyatiga ko‘chirish 
juda muhim. 
Bolalar boshidan kechiradigan ikkinchi qiyinchilik – bu bajariladigan 
harakatning ko‘rish-kinestetik nazoratining mavjud emasligi va nomukammalligi 
hisoblanadi. Shu munosabat bilan bolalarda harakatlarning avtomatlashtirishsiga 
yordam beruvchi kinestetik nazoratni o‘z vaqtida rivojlantirish muhim. 
aqli zaif bolalar ish qurolli harakatlarni o‘zlashtirishda his qiladigan uchinchi 
qiyinchilik ularning harakatlarning xususiyatlarini taqqoslash va farqlash, to‘g‘rini 
noto‘g‘ridan ajratishni bilmasliklari hisoblanadi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarni mehnat faoliyatiga o‘rgatishning asosiy 
maqsadi - mehnat faoliyati nazariyasi va amaliyotini o'qitish jarayonida bolaning 
shaxsini rivojlantirish va uning ijodiy salohiyatini ochib berish, individualligini 
pedagogik qo'llab-quvvatlash. Boshlang‘ich mehnat elementlari bosqichlarini, 
ya’ni bajariladigan ishlarning oddiy elementlari (qog‘ozlarni buklash, qirqish, 
yelimlash, geometrik shakllarni yasash, applikatsiya ishlari)ni yasash bilan 
boshlaydilar. 
Mehnat faoliyatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
• Bolaning ta'lim va bilim faoliyatini rivojlantirish: aqliy, hissiy, mayda qo`l 
motorikasi, ma`daniy va axloqiy.
• Bolaning shaxsiyatini rivojlantirish. Tasavvur, tafakkur, aql, fantaziya, 
badiiy did, texnik fikrlash va dizayn qobiliyatlarini rivojlantirish. 

An'anaviy xalq amaliy san'ati elementlari bilan tanishish, ona 
zaminning ishi, hayoti, hunarmandchiligining tarixiy xususiyatlari bilan tanishish 
asosida estetik madaniyatni shakllantirish.
• Muloqot ko'nikmalarini shakllantirish va jamoada ishlash. 


• Mehnat qilayotgan odamga, qishloq xo'jaligi ishlariga hurmat bilan 
munosabatda bo'lishni tarbiyalash.
• Qo'lda ishlash mahoratini rivojlantirish, takomillashtirish, mayda qo`l 
motorikasi qobiliyatlarini rivojlantirish, hissiy tajribasini kengaytirish, bolalar 
uchun mavjud bo'lgan materiallarni texnologik qayta ishlash sohasida 
ko'nikmalarni shakllantirish. 
Undan tashqari mehnatiga o‘rgatishda “To`qimachilik materiallari”,
“Plastilin bilan ishlash”, “Qog‘oz va karton bilan ishlash”, “Tabiiy materialallar 
bilan ishlash”, “Applikatsiya va mozaika ishlari“, “Qishloq xo`jaligi va mehnatva 
o`simlklarini parvarish qilish” turlari bilan bosqichma-bosqich tanishib boradilar.
Yaratilgan mehnat natijalari o‘ziga va yon atrofdagilariga foydasi tegishini 
ko‘rgan o‘quvchi mehnatni asrab-avaylashga va mehnat kishilarining mehnat 
natijalarini ham hurmat-izzat qilishga o‘rganadi. 
Mehnat faoliyati mashg`ulotlari boshqa mashg`ulotlarda bolalar faoliyatini 
yaxshilashga sezilarli ta'sir ko'rsatishi mumkin. mehnat darslarini boyitadi va 
o'quvchilarda qiziqishni oshiradi. Kurs davomida dastur “Atrofi olam”, “Nutq 
o`atirish”, “Matematika”, “Rasm” kabi fanlar bilan tematik chorrahalarni 
ta'minlaydi. 
Maxsus maktabning asosiy vazifalaridan biri - o’quvchilarning amaliy 
faoliyatiga, ishlab chiharish mehnatida ishtirok etishga tayorlashdan iborat. Ushbu 
vazifa maxsus maktabda o’quvchilarga kasbiy tayorgarlik imkoniyatini yaratib 
beruvchi ahliy va jismoniy rivojlanishdagi nuxsonlarni bartaraf etuvchi mehnat 
ta'limi tizimida xal hilinadi.
Mehnat ta'limi va tarbiyasi jarayonida insonning dunyo harashi shakillanadi 
iroda, jamiyatchilik tuyhusi tarbiyalanadi. Mehnat yosh avlod tarbiyasining asosiy 
hismini tashkil etadi. Shuni ta'kidlab o’tish joizki, maxsus maktablarda doim 
mehnat tayyorgarligi olib borilgan. Revolyutsiyagacha bo’lgan davrda mehnat 
fahatgina kasbiy yo’nalishi boyicha olib borilgan, uning bolalar ta'lim va 
tarbiyasidagi axamiyati deyarli xisobga olinmagan edi. Dastlabki maxsus 
maktablarning paydo bo’lishi bilan ahli zaif, karlar, ko’zi ojizlar va boshqa 


nuqsonli bolalarning kasbiy tayyorgarlik darajasiga va mehnat ta'limiga katta 
e'tibor haratildi. Mehnat ta'limini boshqa umum ta'lim tayyorgarligi bilan uzviy 
bohlash vazifasi huyildi. Asosiy e'tibor nafahat mehnatning ta'limiy va tarbiyaviy 
ahamiyatiga balki uning rolini kuchaytirishga haratiladi. Xozirgi paytda barcha 
maxsus maktablardagi mehnat ta'limiga : qo’l mehnati, umum texnik mehnat va 
kasbiy texnik tayyorgarlik kiradi. Ko’rsatilgan mehnat turlarini belgilashda aloxida
bolalarning rivojlanish xususiyatlari hisobga olinadi. Mehnat ta'limining birinchi 
bosqichi - qo’l mehnati: mashhulot paytida bolalar sodda asboblar, materiallar 
bilan tanishadilar, kerakli bilim va malakalarni egallaydilar. Bolalarda mehnat 
malakalari ishlab chihiladi. Ular asboblardan foydalanishni o’rganadilar. 
O’quvchilar shuningdek sodda kasbiy asboblar bilan ishlash usullarini 
o’zlashtiradilar. qo’l mehnatining asosiy mazmunini materiallar bilan amaliy 
ishlash tashkil etadi (qum, plastilin, xakoz va boshqalar). Material bilan ishlash 
jarayonida uning jismoniy xususiyatlari xaqida tasavvurlar xosil bo’ladi. Jismoniy 
ta'limning mazmuni maktabning o’quv, tarbiyaviy va vazifalari bilan anihlanadi. 
Dastur o’quvchilarning bilish faol iyatini rivojlantirishni ko’rib chihadi. qo’l 
mehnati boyicha mashhulotlarda boshqa darslarda egallanadigan bilimlarni 
mustaxkamlash va kengaytirishga asosiy e'tibor haratiladi. Shunday qilib 
ta'limning birinchi bosqichida umum ta'limiy vazifalar xal hilinadi. 
Mehnat ta'limining ikkinchi bosqichi umum texnik tayyorgarlik uning 
vazifasi bolalarni oddiy materialni hayta ishlashga mehnat turlari bilan 
tanishtirishga, hishlok xo’jaligini o’z ichiga olgan xolda o’rgatishdir. Shular bilan 
birgalikda o’quvchilarda amaliy faoliyatida turli asboblardan foydalanish malakasi 
shakillanadi. Bu ma'lum bir mehnat turiga bo’lgan hizikishni anihlashga va kasb 
tanlashga yordam beradi. Bu bosqichda o’quvchilar kasbiy ta'limga tayyorlovchi 
bilim ko’nikma va malakalarga ega bo’ladilar. Umum texnik mehnat darslari 
o’quvchilar bilish faoliyatlarining keyingi rivojlanishi uchun qo’llaniladi nuthni 
takomillashtirish, xotira, dihhat, tafakkur, tasavvurni rivojlantirish. Umum texnik 
mehnat mazmunini belgilashda u mum ta'limiy vazifalar hisobga olinadi. Uchinchi 
bosqich - kasbiy texnik tayyorgarlik. Uning vazifasi mutaxassisliklar boyicha 


ishchilar tayyorlashdan iborat. Bu bosqichda kasbiy va yordamchi material usullari 
talablarni oshirish yuli orhali qo’l asboblari bilan ishlash malakalarini 
rivojlantiradilar. Texnologiya xakidagi savollar bilan tanishishga vaqt ko’prok 
ajratiladi. o’quvchilar mehnatning turli shakillari, va ishlab chiharish bilan 
tanishadilar.
Yordamchi maktab o’quvchilari ishlab chiharishni tashkil etish va 
texnologiya xaqida eng oddiy tushunchalarga ega bo’ladilar. Kasbiy - texnik 
tayyorgarlik dasturiga mashina boshqarish kursi ham kiradi. Yordamchi maktabda 
o’quvchilarga mashina boshqarish boyicha ba'zi bir mashhulotlarnigina beradilar 
ko’r va zaif ko’ruvchilar, eshitishda nuqsoni bor bolalar maktablarida mashina 
boshqarish kursi kengrok xajimda olib boriladi. o’quvchilar ish tartibi boyicha 
konstruktsiyalar bilan tanishadilar. har bir o’rganilayotgan kasb uchun stanoklar 
jixozi bilan tanishish ko’zda tutiladi. Ish xujjatlaridan foydalanishga bo’lgan talab 
ortadi. Kasbiy tayyorgarlikda o’quvchilarning bilim va malaka doirasini 
kengaytiruvchi va ularni zamonaviy ishlab chiharish amaliliyoti muxim o’rin 
tutadi. Ishlab chiharish amaliyoti - o’quvchilarga maktab ustaxonalaridagi 
mashhulotlarda xar doim xam o’rgana olmaydigan bilim va malakalarni egallashga 
yordam beradi. Ishlab chiharishni tanlashda amaliyotni o’tkazish uchun maxsus 
maktab o`quvchilarini nuqsoni xisobga olinadi. Mehnat ta'limi tizimini barpo 
etishning yagona tamoyiliga haramay, xar bir maxsus maktab uni o’quvchilarning 
xususiyatlarini xisobga olgan xolda tashkil etadi. Turli toifadagi nuqsonli 
bolalarning psixojismoniy rivojlanish xususiyatlari, maxsus maktabdagi umum 
ta'limiy, kasbiy va politexnik ta'lim mazmunini belgilashda o’z ta'sirini ko’rsatadi, 
shuningdek o’quvchilarning mehnat tayyorgarligining darajasini xam. Ko’zi ojizlar 
maxsus maktabida tiflopedogogika amaliyotida o’quvchilar yuhori umum ta'limiy 
tayyorgarlik bilan birgalikda ishlab chiharish klassifikatsiyasini ham yaxshi 
o’zlashtirib oladilar. Ko’zi ojizlar ba'zi murakkab bo’lmagan shtamplangan 
stanoklarda yaxshi ishlar edilar. Bugungi kunda umum ta'limiy va politexnik 
tayyorgarlik kasbiy mehnat ta'limini ko’rishi uchun asos bo’ladi. O’quvchilar 
metallni hayta ishlash turlari bilan tanishadilar, radio va elektoromontaj ishlarini 


o’zlashtiradilar. Ko’zi ojizlar eshitish analizatori mehnat jarayonida boshqaruvchi 
rol oynaydigan mehnat turlariga muvaffakiyat bilan o’rganadilar. Teri, xarakat 
analizatorlari ishtirok etuvchi mehnat turlarida ham ko’zi ojizlarning imkoniyatlari 
keng ko’rishning yo’hligi ta'limning asosiy uslub va usullaridan foydalanishi , 
o’quvchilarni turli mehnat turlariga tayyorlash uchun turli ko’rgazmali vositalarni 
qo’llashni talab kiladi. Eshtishning yo’hligi kasb egallashda kar insonning 
imkoniyatlarini cheklovchi ob'yektiv sabab bo’ladi . Surdopedogogika karlarni 
mehnatga tayyorlashda kasbiy yondashuvdagi hiyinchiliklarni bartaraf eta oldi.
Maxsus maktablar amaliyoti shuni isbotlab berdiki, karlar turli kasblarni 
egallashlari va unda samarali mehnat hila olishlari mumkin. Karlar maktablarining 
tarbiyalanuvchilari metallni kayta ishlash sanoatining turli mutaxassisliklarini 
egallaydilar. Karlar uchun mos keluvchi mutaxassisliklar bilan yohochni hayta 
ishlash sanoati bilan bohlihdir So`nggi yillarda kar o’quvchilar elektro va 
radiomontaj, chizmachi va boshqa mehnat turlari kabi kasblarni egallamokdalar. 
Yordamchi maktabda akliy rivojlanishda va umumiy rivojlanishda nuqsonli 
bolalarni analizatorlarining pereferik hismi buzilgan bolalarni ajratadilar. Shuning 
uchun yordamchi maktablarda mehnat ta'limining umumiy va maxsus vazifalarini 
xal kilishda ahliy rivojlanishda orhada holgan bolalarning xususiyatlarini xisobga 
olish kerak. Yordamchi maktabda ta'lim oluvchilarning oli y nerv sistemasi 
faoliyati soxasidagi buzilishlar mehnat ta'limini hiyinlashtiradi. Bunga haramay, 
boshqa maxsus maktablardagidek yordamchi maktablarda ham bolalarni mehnat 
ta'limiga umumiy yo’naltiriladi. 

Yüklə 249,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin