1-Mavzu: “Tasviriy faoliyat va mehnatga o’rgatish texnologiyasi” fanining
umumiy masalalari
Reja:
1. Zamonaviy ta`lim tizimida "texnologiya" tushunchasi.
2. Mehnat o’qitish texnologiyasi fanining maqsad va vazifalari.
3. Mehnat o’qitish texnologiyasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi
Adabiyotlar:
1. Komarova T.S. Metodika obucheniya izobrazitelnoy deyatelnosti i
konstruirovaniY. (red.). — 1991 g.
2. Sokolnikova N. M. Izobrazitelnoye iskusstvo i metodika yego
prepodavaniya v nachalnoy shkole : Risunok. Jivopis. Narodnoye iskusstvo.
Dekorativnoye iskusstvo. - M. : Akademiya, 2008
3. Yusupova N.Y. Qo‘l mehnatini o‘qitish maxsus metodikasi va predmetli -
amaliy ta’lim pedagogicheskogo issledovaniY. – M.: Akademiya, 2005. (20-25 st.)
Mustaqil, har tamonlama kamolga yetgan barkamol inson uchun zarur
bo‘lgan ma’naviyat qirralari iymon, e’tiqod, vatanparvarlik, insonga cheksiz
muhabbat do‘stlik, sadoqatlik, mehnatsevarlik, milliy g‘urur kabi fazilatlarni
shakllantirish zarur.
Buyuk allomalarimiz qilgan og‘zaki va yozma ijodiyot avloddan-avlodga
o‘tib kelayotgan iymon, e’tiqod sirlarining nazariy va amaliy jihatdagi bilimlar
bilan yoshlarni qurollantirish lozim.
Texnologiya – ta’lim tizimida mualliflik konsepsiyalarining xilma-xilligi
to‘g‘risidagi umumlashtirilgan tasavvurlar sifatida pedagogiklarning lug‘atda yangi
tushunchadir.
“Texnologiya” so‘zining leksik-semantik mazmuni insonning turli-tuman
faoliyat turlarida qo‘llaniladigan usullar majmui sifatida talqin etiladi va bu
mazmunda mazkur tushuncha metodlar, usullar, vositalar va hokazo didaktik
ta’riflar bilan bog‘liq.
Zamonaviy psixologik-pedagogik adabiyotlarda ta’limning turli xil vazifalari
va mazmuniga nisbatan texnologiyalarning qo‘llanilishini tizimlashtirishga
urinishlar kuzatilmoqda.
Xususan, texnologiya quyidagicha talqin etiladi:
«o‘quv jarayonini amalga oshirishning mazmunli texnikasi» (V.P.Bespalko);
«ta’limning rejalashtirilgan natijalariga erishish jarayoni tavsifi» (I.P.Volkov);
«san’at, mahorat, malaka, metodlar majmui» (V.M. Shepel).
Pedagogika fanida texnologiya so‘zi mazmun-mohiyatidan anglanadigan
tushunchaga nisbatan yondashuvlarning xilma-xilligi, ta’limning strategik
(metodologik, nazariy) muammolarini hamda o‘quv jarayonida subekt-subekt
munosabatlari mazmunida (bola - o‘qituvchi) bevosita qo‘llaniladigan aniq
protsessual xatti-harakatlarni ochib berishi, shuningdek, ularni qo‘llash
shakllarining turli xilligi: kompyuterli, o‘quv-didaktik, ijtimoiy-pedagogik,
psixologik, reabilitatsion va shu kabi ko‘pgina boshqalar to‘g‘risida tasavvur hosil
qilish imkonini beradi.
Shu tariqa, pedagogik texnologiyalar u yoki bu yangiliklarga moslashish,
ulardan ta’lim subektining sifatli rivojlanishi uchun eng qulayini tanlash imkonini
beradi. Shunga ko‘ra, maxsus ta’limda intillektida nuqsoni bo‘lgan bolalar va
o‘smirlarning tashkiliy ta’lim olish jarayoni insonparvarlik, rivojlantiruvchi
vositalar va metodlardan foydalanish orqali qulay pedagogik muhitni tashkil
etishga yo‘naltirilgan majmuaviy texnologiyalardan foydalanish uchun model
sifatida ifodalanadi. Imkoniyati cheklangan insonlarning mehnatiga tizimli
yondashuvni ixtisoslashtirilgan maktabgacha yoshdagi-internatdagi kasb-hunar
ta’limi g‘oyalaridan ko‘ra kengroq tushunishtirish lozim.
Yordamchi maktabgacha yoshdagi internatlar va umumta’lim maktablari
tizimining bir qismi sifatida rivojlangan. Bu ularning vazifalarini, jumladan,
mehnat ta’limi va tarbiyasi vazifalarini yangicha belgilashga imkon berdi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni odatiy ishchilar jamoasi sharoitlarida mehnatga
tayyorlash yo‘li bilan ularni ijtimoiy reabilitatsiyasi muammolarini amalda
yechishga imkon beradigan tarbiyani amalga oshiradi.
Bolalarning ta’lim va tarbiyasining asosiy vazifasi ularni mustaqil mehnatga
tayyorlash hisoblanishi sababli, ixtisoslashtirilgan maktabgacha yoshdagi-internat
tarbiyalanuvchilarini ishlab chiqarish mehnatiga muvaffaqiyatli jalb etishni
ta’minlovchi bolalarga muayyan mehnat turi bo‘yicha ma’lum bilimlar tizimini
yetkazish va tegishli kasbiy-mehnat ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, qator
axloqiy, shaxsiy sifatlarni tarbiyalash kabi aniq vazifalar birinchi o‘ringa chiqadi.
Mehnat faoliyati doimo rivojlanadi. Uning har bir tarkibiy komponentlarining
yuzaga kelishi malakalar, maqsadni belgilash, motivatsiya, ishni rejalashtirish,
natijaga erishish va uni baholashlarni o‘z xususiyatlariga ega.
Ko‘pincha biror-bir topshiriqni bajarish mehnat quroli, uskunalarni talab
etadi. Kichik maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarda ish quroli yordamidagi
operatsiyalarni egallashning ba’zi nishonalarigina yuzaga keladi. a) o‘z-o‘zidan
harakatlar rivojlanadi; b) bola uyda qo‘llaniladigan ba’zi predmetlardan
foydalanishni o‘rganadi (qoshiq, piyola va boshqalar) , bu murakkab harakatlar
koordinatsiyasini talab etmaydi va faoliyat predmetini o‘zgartirishga
yo‘naltirilmaydi; v) u ba’zi ish qurollari va ularning vazifalarini ajrata boshlaydi
(bolg‘a bilan qoqiladi, mixlar qoqiladi, qaychi bilan qog‘oz qirqiladi va boshqalar)
va mazkur qurollar bilan kattalarning harakatlariga taqlid qiladilar.
Sodda mehnat qurollarini o‘zlashtirish maktabgacha yosh davridanoq
boshlanadi. Bolalarda ish qurollari bilan operatsiyalarning xususiyatlarini
tushunish uchun D.V. Sergeyevaning ishchi harakatlarni shakllantirish masalalari
bo‘yicha ishlari katta ahamiyatga ega. Muallif ishchi harakatlarni shakllantirish
uchun muhim bo‘lgan beshta shartlarni sanab o‘tadi:
qo‘lning anatomik-fiziologik yetilganligi;
qo‘l va ko‘z harakatlarining rivojlanganligi (harakatlar ko‘z nazorati ostida
amalga oshiriladi);
ko‘rsatiladigan harakatlarga taqlid qilish qobiliyatining rivojlanishi;
harakatlarni
solishtirish,
farqlash,
to‘g‘rini
noto‘g‘ridan
ajratish
ko‘nikmalarini shakllantirish;
harakat xususiyati va olingan natijalar o‘rtasidagi aloqalarni o‘rnatish
ko‘nikmasini rivojlantirish.
Bolalar ishchi harakatlarni o‘zlashtirish bosqichida katta qiyinchiliklarni his
qilishlari tushunarli.
Shu tariqa, ishchi harakatni shakllantirish uchun bolalarning diqqatlarini
harakatning predmetli natijalaridan harakat usuli va harakat xususiyatiga ko‘chirish
juda muhim.
Bolalar boshidan kechiradigan ikkinchi qiyinchilik – bu bajariladigan
harakatning ko‘rish-kinestetik nazoratining mavjud emasligi va nomukammalligi
hisoblanadi. Shu munosabat bilan bolalarda harakatlarning avtomatlashtirishsiga
yordam beruvchi kinestetik nazoratni o‘z vaqtida rivojlantirish muhim.
aqli zaif bolalar ish qurolli harakatlarni o‘zlashtirishda his qiladigan uchinchi
qiyinchilik ularning harakatlarning xususiyatlarini taqqoslash va farqlash, to‘g‘rini
noto‘g‘ridan ajratishni bilmasliklari hisoblanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni mehnat faoliyatiga o‘rgatishning asosiy
maqsadi - mehnat faoliyati nazariyasi va amaliyotini o'qitish jarayonida bolaning
shaxsini rivojlantirish va uning ijodiy salohiyatini ochib berish, individualligini
pedagogik qo'llab-quvvatlash. Boshlang‘ich mehnat elementlari bosqichlarini,
ya’ni bajariladigan ishlarning oddiy elementlari (qog‘ozlarni buklash, qirqish,
yelimlash, geometrik shakllarni yasash, applikatsiya ishlari)ni yasash bilan
boshlaydilar.
Mehnat faoliyatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
• Bolaning ta'lim va bilim faoliyatini rivojlantirish: aqliy, hissiy, mayda qo`l
motorikasi, ma`daniy va axloqiy.
• Bolaning shaxsiyatini rivojlantirish. Tasavvur, tafakkur, aql, fantaziya,
badiiy did, texnik fikrlash va dizayn qobiliyatlarini rivojlantirish.
An'anaviy xalq amaliy san'ati elementlari bilan tanishish, ona
zaminning ishi, hayoti, hunarmandchiligining tarixiy xususiyatlari bilan tanishish
asosida estetik madaniyatni shakllantirish.
• Muloqot ko'nikmalarini shakllantirish va jamoada ishlash.
• Mehnat qilayotgan odamga, qishloq xo'jaligi ishlariga hurmat bilan
munosabatda bo'lishni tarbiyalash.
• Qo'lda ishlash mahoratini rivojlantirish, takomillashtirish, mayda qo`l
motorikasi qobiliyatlarini rivojlantirish, hissiy tajribasini kengaytirish, bolalar
uchun mavjud bo'lgan materiallarni texnologik qayta ishlash sohasida
ko'nikmalarni shakllantirish.
Undan tashqari mehnatiga o‘rgatishda “To`qimachilik materiallari”,
“Plastilin bilan ishlash”, “Qog‘oz va karton bilan ishlash”, “Tabiiy materialallar
bilan ishlash”, “Applikatsiya va mozaika ishlari“, “Qishloq xo`jaligi va mehnatva
o`simlklarini parvarish qilish” turlari bilan bosqichma-bosqich tanishib boradilar.
Yaratilgan mehnat natijalari o‘ziga va yon atrofdagilariga foydasi tegishini
ko‘rgan o‘quvchi mehnatni asrab-avaylashga va mehnat kishilarining mehnat
natijalarini ham hurmat-izzat qilishga o‘rganadi.
Mehnat faoliyati mashg`ulotlari boshqa mashg`ulotlarda bolalar faoliyatini
yaxshilashga sezilarli ta'sir ko'rsatishi mumkin. mehnat darslarini boyitadi va
o'quvchilarda qiziqishni oshiradi. Kurs davomida dastur “Atrofi olam”, “Nutq
o`atirish”, “Matematika”, “Rasm” kabi fanlar bilan tematik chorrahalarni
ta'minlaydi.
Maxsus maktabning asosiy vazifalaridan biri - o’quvchilarning amaliy
faoliyatiga, ishlab chiharish mehnatida ishtirok etishga tayorlashdan iborat. Ushbu
vazifa maxsus maktabda o’quvchilarga kasbiy tayorgarlik imkoniyatini yaratib
beruvchi ahliy va jismoniy rivojlanishdagi nuxsonlarni bartaraf etuvchi mehnat
ta'limi tizimida xal hilinadi.
Mehnat ta'limi va tarbiyasi jarayonida insonning dunyo harashi shakillanadi
iroda, jamiyatchilik tuyhusi tarbiyalanadi. Mehnat yosh avlod tarbiyasining asosiy
hismini tashkil etadi. Shuni ta'kidlab o’tish joizki, maxsus maktablarda doim
mehnat tayyorgarligi olib borilgan. Revolyutsiyagacha bo’lgan davrda mehnat
fahatgina kasbiy yo’nalishi boyicha olib borilgan, uning bolalar ta'lim va
tarbiyasidagi axamiyati deyarli xisobga olinmagan edi. Dastlabki maxsus
maktablarning paydo bo’lishi bilan ahli zaif, karlar, ko’zi ojizlar va boshqa
nuqsonli bolalarning kasbiy tayyorgarlik darajasiga va mehnat ta'limiga katta
e'tibor haratildi. Mehnat ta'limini boshqa umum ta'lim tayyorgarligi bilan uzviy
bohlash vazifasi huyildi. Asosiy e'tibor nafahat mehnatning ta'limiy va tarbiyaviy
ahamiyatiga balki uning rolini kuchaytirishga haratiladi. Xozirgi paytda barcha
maxsus maktablardagi mehnat ta'limiga : qo’l mehnati, umum texnik mehnat va
kasbiy texnik tayyorgarlik kiradi. Ko’rsatilgan mehnat turlarini belgilashda aloxida
bolalarning rivojlanish xususiyatlari hisobga olinadi. Mehnat ta'limining birinchi
bosqichi - qo’l mehnati: mashhulot paytida bolalar sodda asboblar, materiallar
bilan tanishadilar, kerakli bilim va malakalarni egallaydilar. Bolalarda mehnat
malakalari ishlab chihiladi. Ular asboblardan foydalanishni o’rganadilar.
O’quvchilar shuningdek sodda kasbiy asboblar bilan ishlash usullarini
o’zlashtiradilar. qo’l mehnatining asosiy mazmunini materiallar bilan amaliy
ishlash tashkil etadi (qum, plastilin, xakoz va boshqalar). Material bilan ishlash
jarayonida uning jismoniy xususiyatlari xaqida tasavvurlar xosil bo’ladi. Jismoniy
ta'limning mazmuni maktabning o’quv, tarbiyaviy va vazifalari bilan anihlanadi.
Dastur o’quvchilarning bilish faol iyatini rivojlantirishni ko’rib chihadi. qo’l
mehnati boyicha mashhulotlarda boshqa darslarda egallanadigan bilimlarni
mustaxkamlash va kengaytirishga asosiy e'tibor haratiladi. Shunday qilib
ta'limning birinchi bosqichida umum ta'limiy vazifalar xal hilinadi.
Mehnat ta'limining ikkinchi bosqichi umum texnik tayyorgarlik uning
vazifasi bolalarni oddiy materialni hayta ishlashga mehnat turlari bilan
tanishtirishga, hishlok xo’jaligini o’z ichiga olgan xolda o’rgatishdir. Shular bilan
birgalikda o’quvchilarda amaliy faoliyatida turli asboblardan foydalanish malakasi
shakillanadi. Bu ma'lum bir mehnat turiga bo’lgan hizikishni anihlashga va kasb
tanlashga yordam beradi. Bu bosqichda o’quvchilar kasbiy ta'limga tayyorlovchi
bilim ko’nikma va malakalarga ega bo’ladilar. Umum texnik mehnat darslari
o’quvchilar bilish faoliyatlarining keyingi rivojlanishi uchun qo’llaniladi nuthni
takomillashtirish, xotira, dihhat, tafakkur, tasavvurni rivojlantirish. Umum texnik
mehnat mazmunini belgilashda u mum ta'limiy vazifalar hisobga olinadi. Uchinchi
bosqich - kasbiy texnik tayyorgarlik. Uning vazifasi mutaxassisliklar boyicha
ishchilar tayyorlashdan iborat. Bu bosqichda kasbiy va yordamchi material usullari
talablarni oshirish yuli orhali qo’l asboblari bilan ishlash malakalarini
rivojlantiradilar. Texnologiya xakidagi savollar bilan tanishishga vaqt ko’prok
ajratiladi. o’quvchilar mehnatning turli shakillari, va ishlab chiharish bilan
tanishadilar.
Yordamchi maktab o’quvchilari ishlab chiharishni tashkil etish va
texnologiya xaqida eng oddiy tushunchalarga ega bo’ladilar. Kasbiy - texnik
tayyorgarlik dasturiga mashina boshqarish kursi ham kiradi. Yordamchi maktabda
o’quvchilarga mashina boshqarish boyicha ba'zi bir mashhulotlarnigina beradilar
ko’r va zaif ko’ruvchilar, eshitishda nuqsoni bor bolalar maktablarida mashina
boshqarish kursi kengrok xajimda olib boriladi. o’quvchilar ish tartibi boyicha
konstruktsiyalar bilan tanishadilar. har bir o’rganilayotgan kasb uchun stanoklar
jixozi bilan tanishish ko’zda tutiladi. Ish xujjatlaridan foydalanishga bo’lgan talab
ortadi. Kasbiy tayyorgarlikda o’quvchilarning bilim va malaka doirasini
kengaytiruvchi va ularni zamonaviy ishlab chiharish amaliliyoti muxim o’rin
tutadi. Ishlab chiharish amaliyoti - o’quvchilarga maktab ustaxonalaridagi
mashhulotlarda xar doim xam o’rgana olmaydigan bilim va malakalarni egallashga
yordam beradi. Ishlab chiharishni tanlashda amaliyotni o’tkazish uchun maxsus
maktab o`quvchilarini nuqsoni xisobga olinadi. Mehnat ta'limi tizimini barpo
etishning yagona tamoyiliga haramay, xar bir maxsus maktab uni o’quvchilarning
xususiyatlarini xisobga olgan xolda tashkil etadi. Turli toifadagi nuqsonli
bolalarning psixojismoniy rivojlanish xususiyatlari, maxsus maktabdagi umum
ta'limiy, kasbiy va politexnik ta'lim mazmunini belgilashda o’z ta'sirini ko’rsatadi,
shuningdek o’quvchilarning mehnat tayyorgarligining darajasini xam. Ko’zi ojizlar
maxsus maktabida tiflopedogogika amaliyotida o’quvchilar yuhori umum ta'limiy
tayyorgarlik bilan birgalikda ishlab chiharish klassifikatsiyasini ham yaxshi
o’zlashtirib oladilar. Ko’zi ojizlar ba'zi murakkab bo’lmagan shtamplangan
stanoklarda yaxshi ishlar edilar. Bugungi kunda umum ta'limiy va politexnik
tayyorgarlik kasbiy mehnat ta'limini ko’rishi uchun asos bo’ladi. O’quvchilar
metallni hayta ishlash turlari bilan tanishadilar, radio va elektoromontaj ishlarini
o’zlashtiradilar. Ko’zi ojizlar eshitish analizatori mehnat jarayonida boshqaruvchi
rol oynaydigan mehnat turlariga muvaffakiyat bilan o’rganadilar. Teri, xarakat
analizatorlari ishtirok etuvchi mehnat turlarida ham ko’zi ojizlarning imkoniyatlari
keng ko’rishning yo’hligi ta'limning asosiy uslub va usullaridan foydalanishi ,
o’quvchilarni turli mehnat turlariga tayyorlash uchun turli ko’rgazmali vositalarni
qo’llashni talab kiladi. Eshtishning yo’hligi kasb egallashda kar insonning
imkoniyatlarini cheklovchi ob'yektiv sabab bo’ladi . Surdopedogogika karlarni
mehnatga tayyorlashda kasbiy yondashuvdagi hiyinchiliklarni bartaraf eta oldi.
Maxsus maktablar amaliyoti shuni isbotlab berdiki, karlar turli kasblarni
egallashlari va unda samarali mehnat hila olishlari mumkin. Karlar maktablarining
tarbiyalanuvchilari metallni kayta ishlash sanoatining turli mutaxassisliklarini
egallaydilar. Karlar uchun mos keluvchi mutaxassisliklar bilan yohochni hayta
ishlash sanoati bilan bohlihdir So`nggi yillarda kar o’quvchilar elektro va
radiomontaj, chizmachi va boshqa mehnat turlari kabi kasblarni egallamokdalar.
Yordamchi maktabda akliy rivojlanishda va umumiy rivojlanishda nuqsonli
bolalarni analizatorlarining pereferik hismi buzilgan bolalarni ajratadilar. Shuning
uchun yordamchi maktablarda mehnat ta'limining umumiy va maxsus vazifalarini
xal kilishda ahliy rivojlanishda orhada holgan bolalarning xususiyatlarini xisobga
olish kerak. Yordamchi maktabda ta'lim oluvchilarning oli y nerv sistemasi
faoliyati soxasidagi buzilishlar mehnat ta'limini hiyinlashtiradi. Bunga haramay,
boshqa maxsus maktablardagidek yordamchi maktablarda ham bolalarni mehnat
ta'limiga umumiy yo’naltiriladi.
Dostları ilə paylaş: |