1-Mavzu: Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari fanining predmeti va vazifalari. Reja: 1


Axborot texnologiyasining maqsadi esa



Yüklə 76,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix07.01.2024
ölçüsü76,08 Kb.
#201590
1   2   3   4   5   6   7   8
Axborot texnologiyasining maqsadi esa
– axborot ishlab chiqarish bo’lib, uni 
tahlil etish va uning asosida biror bir harakatga qo’l urish uchun tegishli qaror qabul 
qilish. 
Axborotlarni yig’ish, uzatish, to’plash, saqlash, taqdim etish va foydalanish uslublari 
va usullari tizimi 
axborot texnologiyasi deb
yuritiladi. 
Axborot texnologiyasi avtomatlashgan va an’anaviy (qog’oz) ko’rinishija amalga 
oshiriladi.Avtomatlashtirish hajmi va texnik vositalardan foydalanish turi aniq bir 
texnologiyaning mohiyatiga bog’liq. 
IT software and hardware
 
Avtomatlashtirish
– bu inson ish faoliyatini mashina va mexanizmlar bilan 
almashtirish demakdir.U texnik, tashkiliy va iqtisodiy mazmundagi hatti-harakatlar 
hamda tadbirlar kompleksidan iborat bo’ladi, ishlab chiqarish jarayoni, boshqaruv 
jarayonining u yoki bu ishini amalga oshirishda inson ishtirokini qisman yoki 
butunlay cheklash imkonini beradi.Moddiy va axborot texnologiyasining asosiy 
komponentlarini qiyoslash jadvalda berilgan.
 
Axborot texnologiyasining asosiy tavsifi. 
Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasi (AAT) – boshqaruv vazifalarini hal etish 
uchun tizimli tashkil etilgan axborot jarayonlarini amalga oshirish usul va vositalari 
majmuidir.U hisoblash texnikasi va aloqa vositalaridan foydalaniladigan rivojlangan 
dasturiy ta’minotni qo’llash bazasida bajariladi. Axborot texnologiyasining amalga 
oshirishdagi texnik vositalarning asosiy qismini kompyuter texnikasi tashkil etgan 


uchun axborot texnologiyasi, ayniqsa zamonaviy axborot texnologiyasi deganda 
kompyuter axborot texnologiyasi tushuniladi. 
Zamonaviy axborot texnologiyasi (ZAT) (kompyuter axborot texnologiyasi) – 
shaxsiy kompyuter va telekommunikatsiya vositalaridan foydalanuvchi uchun qulay 
“interfeys”li
axborot texnologiyasidir.Ma’lum bir turdagi kompyuter uchun 
mo’ljallangan bir yoki bir necha o’zaro bog’liq dasturiy mahsulotlar 
zamonaviy,Texnik tizimlarda axborot texnologiyalarining vositasi sanaladi.ZAT 
ning asosiy tavsifi keltirilgan. 

Yüklə 76,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin