1-mavzu. Tilshunoslikning fanlar tizimida tutgan o‘rni. Tilning ijtimoiy tabiati reja



Yüklə 42,43 Kb.
səhifə7/8
tarix09.06.2023
ölçüsü42,43 Kb.
#127604
1   2   3   4   5   6   7   8
1-mavzu. Tilshunoslikning fanlar tizimida tutgan o‘rni. Tilning

7. Tilning asosiy funksiyalari
Jamiyatning siyosiy tuzumi, ishlab chiqarishning yetakchi usul va vositalari ham tilning taraqqiyotiga kuchli ta'sir ko‘rsatadi. Masalan, ibtidoiy tabiiy-ovchilik va ko‘chmanchi chorvachilik xo‘jalik usuli yetakchiligi davrida tillarning qorishuvi, o‘zaro yaqinlashuvi kuchli bo‘ladi, keskin shevaviy farqlar sezilmaydi. Qadimgi turkiy (O‘rxun-yenisey) davri tilida, qozoq, qoraqalpoq, turkman qirg‘iz kabi XIX asrlargacha to‘la yoki yarim ko‘chmanchi tarzda hayot kechirgan xalqlar tilida sheva farqlarining nisbatan ozligi shu bilan bog‘liq. Aksincha, uzoq shahar madaniyati, o‘troq dehqonchilik xo‘jalik tarzi mahalliy shevalardagi farqlarni chuqurlashtiradi. Bu shu darajaga borib yetishi mumkinki, bir tilning ikki shevasi vakili bir-birini mutlaqo tushuna olmasligi mumkin. Xitoy tili shevalarida xuddi shu holat ko‘zga tashlanadi. O‘zbek, ozarbayjon, turk, uyg‘ur kabi turkiy tillarning ko‘p shevaliligi, shevalararo kuchli farqlarning mavjudligi ayni shu hodisa bilan bog‘liq.
Bozor iqtisodiyoti, sanoat ishlab chiqarish usuli, fan va texnika taraqqiyoti, ta'lim va madaniyat rivoji, matbuot xilma-xil vositalarining keng ommalashuvi ma'lum bir xalq (millat)ning turli mintaqa va hududlarini – demak, tillarini ham – yaqinlashtiradi; jamiyatda me'yorlashtirilgan, san'atkor va olimlar tomonidan ishlangan shevalardan yuqori turadigan elita – adabiy tilning keng ommalashuviga sabab bo‘ladi. Shuning uchun ko‘p shevali bo‘lishiga qaramay fransuz, nemis, ingliz tillari axborot vositalarida – so‘zlashuv nutqida ham, jonli muloqot va suhbatlarda ham – shevaviy fonetik yoki leksik farqlar sezilmaydi – ommaning madaniy saviyasi yuksak va hamma adabiy me'yorlarga rioya qilish ko‘nikmasiga ega. Bu davrda adabiy til maktab, matbuot, ta'lim-tarbiya, targ‘ibot-tashviqot ishlab chiqarish orqali sheva farqlarining yo‘qolishiga, adabiy tilning keng ommalashishi va me'yorlashishiga olib keladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqadiki, tilshunoslik va sotsiologiyaning o‘zaro aloqadorligi, o‘z navbatida, til paydo bo‘lishi, rivoji va mavjud bo‘lishi (masalan, ilm-fan, ommaviy kommunikatsiya, trasport, sud-huquq tizimi singari inson faoliyatida)ning ijtimoiy faktorlari, uning tabiati va jamiyat bilan aloqadorligi, uning jamiyat tabaqa va qatlamlarining tildan foydalanish saviyasiga mos ravishda differensiatsiyalanishi, ikki va ko‘ptillilikning jamiyat hayotidagi o‘rni, jamiyatning tilga ongli munosabati va ta'siri singari dolzarb muammolarning yechimini ko‘zda tutadigan ilmiy-tadqiqiy, ma'naviy-ma'rifiy negizlarni ifoda etadi. Sanab o‘tilgan faktorlarga ko‘ra, tegishli tilning ijtimoiy funksiyasini aniqlash va unga doir istiqbolli rejalarni tuzish, tadqiqotlarni amalga oshirish imkoni va zarurati yuzaga keladi. mazkur funksiyaning qamroviga nisbatan esa uning - tilning funksional taraqqiy etganlik darajasini belgilash mumkin bo‘ladi. Til ijtimoiy funksiyasining oshishi yoxud ko‘payishi, tilning ichki qurilishiga o‘z ta'sirini o‘tkazmay qolmaydi, negaki, sodir bo‘layotgan o‘zgarish va yangilanishlar, o‘z navbatida, o‘zining muqobil variantini mazkur tilda muhrlaydi.
Muayyan jamiyatga xizmat qilayotgan tilning taraqqiyoti, bevosita shu insoniy jamoaning unga munosabati bilan belgilanadi: umumiste'mol leksikasi, muloqotning ijtimoiy shartlangan qoidalariga ko‘ra quriladigan nutqiy aktlar va u bilan bog‘liq tarzda yuzaga chiquvchi nutqiy kompetensiya masalalari, lisoniy kod, axborotning xarakteri, sotsial-kommunikativ vaziyatlar, ushbu vaziyatlarda lingvomadaniy xarakter va xususiyatlarning aks etishi kabi qator dalillar bilan shartlanadi.
Umumiy holda, til bilan bog‘liq funksiyalar quyidagilar bo‘lib, ular tegishli tarzda ijtimoiylikni o‘ziga xos ravishda ifodalaydi:
Insoniyat uchun aloqa vositasi hamda insoniy sivilizatsiyaning fenomeni hisoblangan tilning bazaviy va ikkilamchi funksiyalari;

  • Tilning kognitiv funksiyasi;

  • Tilning kommunikativ funksiyasi;

  • Tilning badiiy-estetik funksiyasi (poetik funksiyasi);

  • Tilning etnosotsial funksiyasi.




Yüklə 42,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin