1. Turizmda marketing xususiyatlari
Turizm sanoatining yuqori darajada raqobatbardosh bo’lishini hisobga olgan holda, yaxshi marketing muvaffaqiyatning asosi ekanligini qayd qilish kerak. Turizm maskanlari turistlarni marketing xizmatisiz o’ziga jalb qila olmaydi. Hukumat tomonidan ilk bosqichda moliya bilan ta’minlanmay turib, turizm maskani «jahon turistik supermarketi peshtaxtalaridan o’rin ololmaydi». SHuning uchun marketing masalalarida hukumatlar o’z mamlakatini reklama qilish maqsadida Turizm Vazirliklari yoki Milliy turizm tashkilotlarini fondlar bilan ta’minlab, ular orqali faoliyat yuritadilar. Mamlakatda turizm marketingi - bu xususiy sektor uchun xarajatlar nuqtai-nazaridan ham, amalga oshirish nuqtai-nazaridan ham juda katta vazifadir. Xususiy sektor asosan mehmonxonalar, mehmon uylari, transport operatorlari, restoranlar va boshqalar bilan bog’langanligi bilan xarakterlanadi. Hozirgi paytda amalda shunday vaziyat yuzaga keldiki, ko’pchilik mamlakatlarda xususiy tarmoq asosan hukumat tomonidan moliya bilan ta’minlanadigan davlat marketingi byudjetiga moliyaviy to’lovlarni amalga oshiradi. Moliyaviy to’lovlar turizm maskanining holatiga qarab 20-30foiz oralig’ida o’zgarib turadi, Masalan: Buyuk Britaniyada xususiy tarmoq to’lovlari 50foiz, Gollandiyada 50foiz va Irlandiyada 20foiz ni tashkil etadi. Bu turizm maskanlari mavqeining tiklanishiga yanada ko’proq imkoniyat beradi.
Turizm marketingida industriya korxonalaridagi marketingiga o’xshashiga qarab o’ziga erkin ba’zi xususiyatlari bordir. Turizm marketingini, boshqa industriya mahsulotlarining bozorlanishidan ajratgan xususiyatlari quyidagicha izohlanadi34:
1. Turizm industriyasida xizmat bozorlanadi va xizmatlarning material xususiyati yo’qdir. Xolbuki industriya mahsulotlari ideal o’lchaniladigan yoki deyiladigan moddalardir.
2. Imkonli iste’mol mahsulot va xizmatlaridan farqli bo’laroq 2 xil tartibda bozorlanadi.
a) Rasmiy turistik tashkilotlar tomonidan qilingan va to’g’ridan sotish maqsadi bo’lmagan marketing.
b) Korxonalar tomonidan qilingan va o’z mahsulotlarining sotilishlarini maqsadlagan marketing.
Turizm marketingida, industriya marketingiga qaraganda atrof va quyi qism muammolari e’tiborga olinadi. Dengiz, qum, quyosh, tabiiy go’zalliklarning mavjudligi va boyligi marketingni ta’sirlaydi.
Turizm marketingida iste’molchi xizmatga ega bo’lish uchun ishlab chiqarish joyiga ketadi, industriya marketingida esa, mahsulotlar ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga olib kelinadi va yetkaziladi.
Turizm merketingida, ishlab chiqarish va iste’mol bir xil vaqtda ro’y beradi. Xizmatlar oldin sotib tugatiladi, holbuki industriya marketingida ishlab chiqarilgan mahsulotlar sotishga taqdim etiladi.
Turistik korxonalar mavsumiy ishlaydilar. Turistik xizmatlar chidamli va uzoq muddatli foydalaniladigan xizmatlar emasdir.
Turizm industriyasida marka nizomiga bog’liqlik kamdir. Turizm bozorida haqiqiy mahsulot, tortuvchanlik yuqori bo’lgan bir mintaqa yoki madaniy markazdir.
Turistik xizmatlari uchun yaralgan talab kunlik, haftalik, oylik va yillik bo’lib juda farqlilik ko’rsatuvi bir talabdir. Talab elastikdir.
Turizm marketingining asosiy maqsadi iste’molchini mamnun etishdir. Industriya marketingida maqsad, bir mahsulotning iste’molchiga foyda keltirishidir.
Turistik mahsulotlar, asosan xaridorga xizmat shaklida ko’rsatiladi. Turistik mahsulot sof bir xizmat mahsulotdir, faqat qo’llanilishi bilan farq qiladi.
Turistik mahsulotlar aralash mahsulotlardir.
Turistik mahsulotlar yig’ilmaydi. SHu sababli turizm marketingi tavakkaldir.
Turistik mahsulotlar bir biridan farqli bo’lganligi uchun standartlashtirish imkoni yo’qdir.
Turistik mahsulotlar tugallanuvchi mahsulotlardir.
Turistik mahsulotlar aralash mahsulot bo’lganliklari uchun xizmatlar farqli muassasalar tomonidan ko’rsatilganidan nazorat funktsiyasi juda qiyin yuzaga keladi.
Turizm marketingi sanoat marketingiga qaraganda juda tavakkaldir. Biror restoran yoki mehmonxona xizmatlari sotilmasa bularni boshqa bir joyga tashish imkoni yo’qdir.
Bir xizmatning sotib olinishi va qo’llanilishi iste’molchi va ishlab chiqaruvchi o’rtasida to’g’ri munosabatni keraktiradi. Bu munosabatda quyidagi natijalar paydo bo’ladi.
a) Bu munosabatning yuzaga kelgani vaziyat juda ahamiyatlidir. Biror mehmonxonaning koridori, biror restoranning ichi kutilgan xizmatning natijasining olinishini ro’yobga chiqarmoqtadir.
b) Munosabatlarda yuqori bir personalizatsion ko’riladi. Mashhur bir katta mehmonxonaning yoki restoranning mijozi u yerda ismi bilan chaqirilishidan yoki xotirlanishidan katta bir sevinch his etadi. Aksi bo’lsa mushtariy boshqa bu yerga kelmasligi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |