1-mavzu. “Turizm iqtisodi” fanining predmeti va mazmuni Reja


-mavzu. Turistlarga ekskursiya xizmati ko’rsatish



Yüklə 278,35 Kb.
səhifə51/84
tarix15.02.2022
ölçüsü278,35 Kb.
#52596
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   84
rg4rtg

8-mavzu. Turistlarga ekskursiya xizmati ko’rsatish

Reja:

1.Ekskursiya xizmatlari mohiyati

2.Ekskursiya xizmatlarining o’ziga xosligi

Tayanch so’z va iboralar: Xizmat ko’rsatish sohasi, turizm, ekskursiya, marshrut, gid, guruh rahbari, axborot faoliyati, ma’lumotnoma, ko’makchi xizmatlar.


    1. Ekskursiya xizmatlari mohiyati

Ekskursiya xizmatlari – turistlarga kompleks xizmat ko’rsatishning ajralmas qismi xisoblanadi. Ekskursiya xizmatining mohiyati davlatning iqtisodiy, madaniy-tarbiyaviy, ijtimoiy va ma’rifiy siyosati ta’sirida tashkil etiluvchi va rivojlantiriluvchi milliy mexmondo’stlikni namoyon etuvchi faoliyat xisoblanadi.

Turistik muhit xo’jayin mamlakatning amaldagi milliy qonunchiligi va qoidalariga ko’ra tashkil etiladi va tartibga solinadi. Bu yerda xizmat ko’rsatuvchi va xizmat ko’rsatiluvchi o’rtasidagi ko’p tomonlama munosabatlar vujudga keladi va amal qiladi. Shu sababli turistlarga ekskursiya xizmatlari ko’rsatish muhim ahamiyat kasb etadi. U axborot-ma’lumot, targ’ibot hamda tashkiliy, vositachilik, sport-ko’ngilochar alohida holatlarda operativ-nazorat faoliyatni ham o’z ichiga oladi.

Ekskursovod – turistik korxona vakili bo’lib, tuzilgan shartnomaga asosan taklif etilayotgan tovarlar va xizmatlar sifati hamda miqdorini nazorat qiladi. U xizmat ko’rsatilayotgan joyning o’zida iste’mol qilinadigan tovar va xizmatlarni ishlab chiqaradigan va taklif etadigan turistik korxonalar va uyushgan turistlar manfaatlarini ximoya qiladi.

Turmaxsulotning tarkibiy qismi sifatida ekskursiya xizmatlari ahamiyatini asoslash taklif etilayotgan kursning maqsadi xisoblanadi. Unda ketma-ketlik bilan ekskursiya xizmatlari xususiyatlari va o’ziga xosligi; ekskursiya tasniflanishi, ekskursiya xizmatlari ko’rsatishning tayyorgarlik texnologiyasi va o’tkazilishi; turistlarga ekskursiya xizmatlari ko’rsatish sifatini boshqarish; gid-tarjimonga talab qilinadigan malakaviy talablar; O’zbekiston bo’ylab turlarni tashkil etish va marshrutlarni ishlab chiqish aks etadi.

Qisqa muddatli va qisqa masofalarga sayohatlar vaqtida ekskursiya faoliyati cheklangan bo’lib, u turistlarni mikrorayondagi tarixiy va madaniy diqqatga sazovorliklar to’g’risida axborot berish bilan cheklanadi. Shunday qilib bu holatda axborot-ma’lumot va reklama-targ’ibot ishlari amalga oshiriladi.

Uzoq muddat davom etadigan sayohatlarda ekskursiya xizmatlarini ko’rsatish kompleks faoliyatni o’z ichiga oladi ya’ni axborot, ma’lumot, reklama, targ’ibot, operativ-tashkiliy, savdo va boshqa faoliyatlarni ham qamrab oladi.

Ekskursovod yuqorida tilga olingan turli faoliyat turlarida dastur va tashkiliy tadbirning mohiyatidan kelib chiqib ishtirok etadi. Masalan, ekskursiya vaqtida tadbirning asosiy tashkil etuvchisi va ijrochisi xisoblanadi. Biror bir ob’ektga tashrif buyurilganda u tarjimon rolini bajaradi. Bu yerda tashkilotchi mehmonlarni taklif etgan sayyohlik korxonasi xisoblanadi. Odatda korxonaning xo’jalik faoliyati, uning muvoffaqiyatlari va rivojlanish istiqbollari bilan korxona ma’muriyatidan biror kishi yoki yetakchi mutaxassisi tanishtiradi. Sayyohlar aniq, ishonchli ma’lumotni vakolatli mutaxassisdan olishadi va bunda ekskursavodning roli katta bo’lib asosan tarjimonlik qiladi. Ekskursiya xizmatining sifati bugungi kunda avvalo mutaxassisning malaka darajasi, uning professional bilimi, tajribasi va tashkilotchilik qobiliyati orqali aniqlanadi. Katta badiiy galareyalarda, ko’rgazma, yarmarka, panorama va boshqalarda sayyohlik korxonalari sayyohlarga yuqori professional darajada xizmat ko’rsatuvchi ekskursovod mutaxassislar xizmatlariga muhtojlik sezishadi.

Ekskursiya xizmatlari sifatiga guruhning katta- kichikligi, uning tarkibi, milliy mansubligi ham ta’sir etadi. Kichik guruhlarni boshqarish oson. U yaxshiroq maqsadga yondosha oladi va bevosita nazoratni amalga oshira oladi. Va aksincha katta guruhlarni boshqarish qiyin agar bu gurhlarda dunyoqarashi, qiziqishlari, kayfiyati turlicha bo’lgan kishilar qatnashgan bo’lishsa juda ham qiyin bo’ladi. Ba’zi birlari uchun badiiy galareyalar qiziqish uyg’otsa, ba’zi birlari uchun tarixiy yodgorliklar, ba’zilari uchun esa universal do’konlarni aylanish maroqli bo’lsa bu guruhni boshqarish va u bilan ishlash juda qiyin kechadi. Barchaning istaklarini qondirish uchun esa ekskursovod dirijyor bo’lishi talab etiladi ya’ni vaqtini shunday taqsimlashi lozimki, ularning har biri ular istagan narsalarni ko’rish, eshitish imkoniyatiga ega bo’lishi lozim.

Turli xil qarama qarshi istakli va ta’bi har xil kishilardan tashkil topgan guruhlar ekskursiya faoliyatini boshqarishni qiyinlashtiradi. Bu holatda ekskursiya xizmati ko’rsatilishini yuqori darajada amalga oshirish uchun ekskursovodddan katta sabr toqat, yuqori muomalar madaniyati talab etiladi.

Bir xil qarashlarga va bir biriga yaqin kasb egalaridan tashkil topgan guruhlarga xizmat ko’rsatish oson kechadi. Bu holatda maxsus va maqsadga yo’naltirilgan axborotlardan foydalanish imkoniyati vujudga keladi. Yuqorida ta’kidlanganidek ekskursiya sifatini oshirish uchun turli xil qarashlarga va kasblarga ega guruhni ularning yoki millatiga yoki kasbiga qarab kichik guruhlarga ajratish maqadga muvofiqdir. Ekskursiya xizmati sifatiga sayyohlarni olib yuradigan tarnsport turi ham katta ta’sir ko’rsatadi. Barcha tarnsport turlari ichida ekskursiya uchun eng yaxshi sharoit avtotransportlarda mavjud bo’lib ekskursiya sifati eng yuqori bo’ladi. Davomli bo’lmagan ekskursiyalarda turli ob’ektlarga tashrif buyurilganda avtotransport quyidagi ustunliklarga ega:

- manevr qilish imkoniyati yuqori bo’lib, ekskursiya maqsadiga yondoshishda, mexmonxonalar, umumiy ovqatlanish korxonalari, madaniy-ko’ngilochar muasasalar va boshqalar katta yordam beradi;

- transport xizmati ko’rsatish bir kishi tomonidan ya’ni xaydovchi tomonidan amalga oshiriladi;

- ekskursovod avtobusda guruh bilan bevosita muloqotda bo’ladi, shu sababli sayohatdan ko’zlangan maqsadga erishishni yaxshi amalga oshirishi mumkin.

Boshqa transport vositalarida bu imkoniyatlar cheklangan bo’lib, sayyohlar poedda xarakatlanadigan bo’lishsa ular kupelarga bo’linishadi, samalyotda esa uchishning qisqa vaqt davom etishi va shovqin sayyohlar bilan bevosita muloqt qilishiga xalaqit beradi.

Havo transportida sayyohlarga xizmat ko’rsatishni to’laligicha bort yo’l ko’rsatuvchilari o’z zimmalariga olishadi. Albatta ekskursovod transport xizmatlariga yo’l xujjatlarini tekshirishda doimo ko’mak beradi, biroq uchish vaqtida sayyohlar bilan bevosita muloqot qilish sezilarli darajada kamayadi.

Ekskursiya xizmatini ko’rsatish ekskursovod va transport vositasi personalining uzviy faoliyatlarni muvofiqlashtirishi orqali yaxshilanishi mumkin, masalan sayyohlar bilan muloqot qilayotganda yangi texnik vositalardan foydalangan holda amalga oshirilishi mumkin.

Eng avvalo ekskursovod kimga uning yordami juda zarurligini guruh bilan ishlashdan oldin baholashi lozim, masalan, yuklarni olib yurishda, xujjatlarni rasmiylashtirish va boshqa hollarda qariyalarga ko’makka muhtojlarga alohida e’tibor berish lozim.


Yüklə 278,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin