1-mavzu. «Turizm: nazariya va amaliyoT» faniga kirish Reja



Yüklə 123,25 Kb.
səhifə2/7
tarix23.06.2023
ölçüsü123,25 Kb.
#134398
1   2   3   4   5   6   7
Ogabek

yo'li, tajribasi, hozirgi kundagi muammolarini aniqlab olish, turizm sohasining iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatini yoritib berish, O'zbekiston va jahon turizm biznesining taraqqiyotini xorijiy tajribalar asosida o'rgatishdan iborat. «Turizm: nazariya va amaliyot» fanining vazifalari sifatida quyidagilar belgilab olingan: - xorijiy turizm bozorini rivojlantirish tendentsiyalarini o'rganish; - turizm sohasining tasniflanishi va turlari haqida maъlumotlarni yoritib berish; - turizm sohasining resurslari haqida tushuncha berish; - turizm sohasini rivojlantirishda O'zbekistondagi tarixiy shaharlarning o'rni va ulardagi turistik salohiyatdan foydalanish imkoniyatlari haqida maъlumotlar berish; - turizm sohasidagi xizmatlar va mahsulotlarning farqini aniqlash hamda ularni tayyorlash texnologiyasini o'rgatish; - turizm sohasida joylashtirish, ovqatlantirish hamda transport xizmatlarining o'rni va rolini tushuntirib berish; - turizmda gid-ekskursiya xizmatlarining mohiyati, ahamiyati va ekskursiya xizmatlarini amalga oshirish jarayonlari haqida maъlumotlar berish; - turizm industriyasi va infratuzilmasining ahamiyatini hamda ulardagi muammolarni yoritish; - ekologik, gastronomiya va qishloq turizmlarini rivojlantirishning zamonaviy tendentsiyalarini o'rganish; - turizm sohasini davlat tomonidan boshqarishning yo'nalishlari va mexanizmini yoritib berish; - turizmni rivojlantirishda xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning o'rnini aniqlash; - turizm xizmatlarini litsenziyalashtirish, sertifikatlashtirish va standartlashtirish tartibini tushuntirish; - turizm sohasida xalqaro huquqiy va meъyoriy hujjatlar haqida maъlumot berish va b. Mazkur fanni o'rganish «Ekskursiya xizmatlarini tashkil qilish», «Xalqaro turizm: tajriba va amaliyot», «Mintaqaviy turistik resurslar», «Restoran servisini tashkil qilish», «Ekoturizm», «Turizmda transport xizmatlari», «Turizmda

mehmonxona xizmatlari», «Iqtisodiy va turizm geografiyasi» kabi fanlar bilan uzviy aloqada olib boriladi. Fanni o'zlashtirish jarayonida Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlariga turistik ekskursiya, ekspeditsiya va maxsus turlar tashkil etish, har yili Toshkentda o'tkaziladigan anъanaviy “Buyuk Ipak yo'lida turizm” Xalqaro turizm yarmarkasida ishtirok etish, mehmonxonalar va turistik firmalar faoliyati bilan yaqindan tanishish, ekologik, tarixiy-madaniy yodgorliklarni namoyish etuvchi mul`timediya slaydlaridan foydalanish, turistik marshrutlar xaritalarini ishlab chiqish lozim bo'ladi. «Turizm: nazariya va amaliyot» fani «Turizm (faoliyat yo'nalishlari bo'yicha)», «Mehmonxona xo'jaligini tashkil etish va boshqarish» taъlim yo'nalishlarining I bosqich bakalavrlari uchun mo'ljallangan. Unda xorijiy davlatlar va respublikamizda nashr etilgan turizm sohasiga oid ilmiy, o'quv, uslubiy qo'llanmalardan hamda jurnallardagi maqolalardan, internet saytlardan, turistik firmalarning namunaviy marshrutlari, bukletlar va GPS yo'l ko'rsatkichlaridan foydalanish tavsiya etiladi. 1.2. O'zbekistonda turizm sohasining rivojlanish bosqichlari O'zbekistonda iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari qatorida turizm sohasining markazlashgan maъmuriy boshqaruv tizimi 1971– 1991-yillar davriga to'g'ri keldi. Bu davrda salbiy oqibatlar ham ko'zga tashlana boshlandi. Qurilmay qolgan turistik-rekreatsion maqsadidagi obъektlar sonining ko'payishi, mavjudlarida esa mijozlarga ko'rsatilgan xizmatlarning sifati bo'yicha ko'plab eъtirozlar paydo bo'la boshladi. Ijtimoiy tadqiqotlarga ko'ra, mehmonxonalar, turbazalar, dam olish uylari hamda pansionatlar tomonidan taklif qilinadigan 50 foizgacha bo'lgan barcha xizmatlar fuqarolarning noroziligini keltirib chiqargan. Joylashtirish va ovqatlanish xizmatlari bilan birga, hordiq chiqarish va tibbiy xizmat ko'rsatish talab darajasida bo'lmagan. Turistik xizmat turlari va hajmi sezilarsiz va sifasiz bo'lgan. Bugungi kunda O'zbekistonning turizm sohasidagi rivojlanishini shartli ravishda beshta bosqichga ajratish mumkin. Birinchi bosqich. O'zbekiston mustaqillikka erishgach, 1991 yildan keyin milliy turistik xizmatlar bozori shakllana


Yüklə 123,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin