1-mavzu. «Turizm: nazariya va amaliyoT» faniga kirish Reja



Yüklə 123,25 Kb.
səhifə4/7
tarix23.06.2023
ölçüsü123,25 Kb.
#134398
1   2   3   4   5   6   7
Ogabek

87,8 foiz turistik obъektlari xususiylashtirildi va davlat tasarrufidan chiqarildi. Amalga oshirilgan o'zgarishlar turistlarni qabul qilish shaklini jadallik bilan rivojlantirdi. 1995 yilda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Buyuk Ipak yo'lini qayta tiklashda O'zbekiston Respublikasining ishtirokini avj oldirish va respublikada xalqaro turizmni rivojlantirish borasidagi choratadbirlar to'g'risida»gi Farmoni 6 Buyuk Ipak yo'lida turistik mahsulotni tiklash borasida strategik ahamiyatga ega bo'ldi. Bu, o'z navbatida, O'zbekistonda turizm sohasidagi islohotlarning ikkinchi bosqichini boshlab berdi. Natijada Buyuk Ipak yo'lidagi shaharlar va turistik manzillar ro'yxatga olindi, Imom Buxoriy, Bahouddin Naqshband, Abduholiq G'ijduvoniy, Ahmad Farg'oniy, Imom Motrudiy, Mahmudi Aъzam, Hakim Termiziy, Hazrati Imom, Shayx Shamsiddin Kulol, Burxoniddin Marg'iloniy, Buxorodagi Chor Bakr kabi allomalarimizning maqbaralari taъmirlandi va ziyoratgoh majmualarga aylantirildi. 1998 yildan boshlab, Toshkent shahrida muntazam ravishda “Buyuk Ipak yo'lida turizm” nomli Xalqaro turizm yarmarkasi tashkil etila boshlandi, mehmonxonalardagi xalqaro talablarga javob beruvchi o'rinlar soni 4,8 barobarga ko'paytirildi. Bu bosqichda O'zbekistonning turizm sohasida quyidagi muhim masalalari amalga oshirildi:  davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayoni;  yangi xorijiy investorlarni jalb qilish;  tashqi bozorlarga chiqishning yangi yo'llarini izlash, xalqaro ko'rgazmalarga chiqish (Berlin, London, Madrid, Moskva);  turistik korxonalar va sayohatchilarning manfaatlarini himoyalovchi nodavlat tashkilotlarning vujudga kelishi;  turistik yo'nalishlarning jozibadorligini taъminlash, mahsulotning ekologik talablarini kuchaytirish, yangi hududlarni turistik diqqatga sazovor joylar sifatida ochish;  O'zbekiston mehmonxonalarini boshqarishda xorijiy menejmentni qo'llash;  kichik xususiy mehmonxonalar tarmog'ini kengaytirish;

 turizm sohasida mutaxassislarni tayyorlash (o'rta maxsus hamda oliy taъlim bosqichida);  xorijiy tajribalarni o'rganish;  ilmiy loyihalar tayyorlash;  BTT tadqiqot guruhining O'zbekistonga kelishi va «Turizm to'g'risida»gi Qonunni tayyorlash borasidagi ishlar;  turfirmalarning nodavlat va korporativ tashkilotlar «Ustoz», «Meros», «Ekosan» va h.k. bilan aloqalari yo'lga qo'yildi. Turizm sohasidagi islohotlarning uchinchi bosqichida, 1999 yil 15 aprelda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «2005 yilgacha bo'lgan davrda O'zbekistonda turizmni rivojlantirish davlat dasturi to'g'risida»gi Farmoni eъlon qilindi, shu yilning 20 avgustida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan «Turizm to'g'risida» gi birinchi Qonun qabul qilindi. Buning asosida turizm sohasidagi bozor munosabatlari uzil-kesil yo'lga qo'yildi hamda xalqaro bozorda raqobatbardosh turistik mahsulot yaratila boshlandi, turizm tizimini boshqarishning markazlashtirilishiga chek qo'yildi. Ko'pchilik turistik obъektlar o'zlarini mustaqil ravishda boshqara boshladi, xizmatlar bozorida raqobatlasha olmaydigan korxonalar yopilib, ular o'rniga samarali ishlovchi yangi xususiy korxonalar tashkil etildi. 2000 yildan boshlab, respublikamiz turizm sohasi yuqori surъatlar bilan rivojlanish davriga kirdi. Turizm sohasidan olinayotgan daromadlar yiliga 20 va undan ortiq foizlarda o'sa boshladi. 2001 yilning oxirida Afg'onistondagi tolibonlarga qarshi harakatlarning boshlanishi o'lkamizga kelayotgan turistlar oqimini ikki yil davomida ancha kamaytirib yuborganidan so'ng, 2003 yilning ikkinchi yarmiga kelib, o'lkamiz turizmi yana o'zini o'nglab oldi. Sharqiy Osiyoda o'tgan yillarda tarqalgan odatdan tashqari, pnevmoniya (SARS) va parranda grippi kabi kasalliklar O'zbekiston turizmiga 2001 yil 11 sentyabr` voqealaridek kuchli taъsir ko'rsata olmadi. Turizm sohasidagi islohotlarning to'rtinchi bosqichi 2000 yildan boshlangan bo'lib, 2017 yilgacha davom etdi. Bu davrda xususiy turistik tashkilotlar assotsiatsiyasiga va tashkil etiladigan boshqa turistik assosiasiyalarga asos qo'yildi (Gid-tarjimonlar assosiasiyasi, Mehmonxona egalari assotsiatsiyasi, Transportchilar assotsiatsiyasi) va «O'zbekturizm» Milliy kompaniya


Yüklə 123,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin