15-Mavzu: “O’zbеkiston - mеning Vatanim” mavzusida ta’limiy jarayonni tashkil etish.
Reja:
“Mening jonajon O’zbekistonim” nomli faoliyatning ta’limiy jarayonini tashkil etish.
Ta’limiy jarayonni amalga oshirish.
Mavzu: “Mening jonajon O’zbekistonim”
Faoliyat maqsadi: Mustaqil O’zbekiston Davlati haqidagi tushunchalari kengayadi.Mustaqillik sharofati bilan qayta tiklangan haq-huquqlar, ozodlik, erkinlik, o’z davlat tiliga ega bo’lish, boyliklarning xalq baxt – soadat manfaati yo’lida foydalanib kelayotganligi haqida tushuncha oladilar, DVD disklari orqali vatan xaqidagi kompozitsiyani va ashulalarni tinglaydilar.
O’zbekiston Davlat gerbi, bayrog’I, madxiyasi haqidagi bolalar bilimlari mustaxkamlanadi. Tasvir bo’yicha rasm chizish malakasini rivojlantirish.
Kerakli jixozlar: Bayram tasvirlangan DVD disk, Davlatimiz ramzlari gerbi, bayrog’i, mavzuga oid rasmlar, o’yin uchun jixozlar va va tasviriy faoliyat markazi.
Faoliyatni borishi: Bolalar, bugungi suxbatimiz serquyosh O’zbekiston – ona diyorimiz haqida bo’ladi. Mana O’zbekiston Mustaqilligining 28 yilligini nishonladik. Bu bayram biz uchun katta bayram, milliy bayram xisoblanadi. Kelinglar sizlar bilan birgalikda Vatanimiz haqidagi kompozitsiyani ko’ramiz. (DVD orqali namoyish etiladi.) ko’rsatilgan bayram taassurotlarini so’raydi.
Qani aytinglarchi bolajonlar:
- Bayram dasturida nimalarni ko’rdingiz?
- Mustaqil davlat deganda qanday davlatni tushunasiz?
(o’zgerbi, o’z madhiyasi, o’z bayrog’i, o’z tili, o’z chegarasi bor davlat).
To’gri, mustaqillik sharofati bilan ozod, erkin bo’ldik. O’z davlat tilimizga ega bo’ldik. Biz boyliklarimizni xalqimiz baxt-saodati, manfaati yo’lida foydalanish xuquqiga ega bo’ldik.
Biz qanday boyliklarga egamiz (paxta, neft, toshko’mir, oltin, pul)
Tarbiyachi: 28 yil unchalik katta muddat bo’lishiga qaramay, O’zbekiston Respublikasi dunyoga mustaqil davlat bo’lib tanildi.
Hozirgi kunda mustaqil O’zbekistonning bayrog’I xilpirab turibdi. Bugungi kunda Ozbekiston mustaqilligini juda ko’p mamlakatlar tan oldi.
Davlatimiz ramzlari – bayroq, gerb, madxiya O’zbekiston xalqlarining shon-sharafi, g’ururidir. O’zbekiston davlat ramzlari haqida kim she’r biladi. (Bolalar javobi).
- Barakalla, bolalar Davlat ramzlarini ezozlash, qadrlash-O’zbekistonning qadr-qimmatini, o’z mamlakatiga va shaxsan o’ziga bo’lgan ishonchni mustaxkamlash demakdir.
O’zbekiston Davlati bilan faxrlanadigan inson juda ko’p narsalarga qodir. Bu esa Vataning shon – shuxratini oshiradi. Bu bizning burchimiz. Buni bizlar ayniqsa sportchilarimizni chet davlatlarida g’alaba erishganlarida bayrog’imizni yuqoriga ko’tarilishidan, madxiyamiz yangrashidan ham bilamiz. Sportchilarimizdan kimlarni bilasizlar:
Dostları ilə paylaş: |