1-Mavzu. “Turopereyting” fanining maqsadi va vazifalari Reja


Turoperator turizm bozorining sub’ekti sifatida



Yüklə 66,61 Kb.
səhifə3/4
tarix28.02.2023
ölçüsü66,61 Kb.
#85947
1   2   3   4
1 Mavzu “Turopereyting” fanining maqsadi va vazifalari Reja

2. Turoperator turizm bozorining sub’ekti sifatida
Turizm operatori – tijorat maqsadi uchun turizm mahsulotini realizatsiyasini, uni taklif etuvchi, tayyorlash va rejalashtirishda bevosita ishtirok etuvchi turizm bozorini faol sub’ektidir. Bu turoperator faoliyati yordamida vakolat imtiyoziga ega xaridor agentlari nomidan turistik xizmatlarni bir necha muddat ilgari xarid etish, bronlash, o‘zlashtirish, turpaketlar hozirlash demakdir. Operator shunday qilib, sayohatni murakkab tizimini inobatga olgan holda uni iste’molchi bilan bog‘lovchi, turizm industriyasidagi suptuzilmani va korxona infratuzilmasi bilan bevosita aloqador, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xizmatlar ijrochisi (mehmonxonalar, tashuvchilar, ekskursiya firmalari, sug‘urta kompaniyalari, banklar va b.) maqsadida turistlarga samarali xizmatlarni uyushtiruvchidir (transferlar, ekskursiya dasturlari va b.).
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda har bir turoperatorning vazifasi kelajakdagi sayohat tadbirini rejalashtirish, vaqtga uyg‘unlashtirish, xizmat arzlariga munosib ravishda jadval asosida sayyohlarga sifatli xizmat turini tashkil etishdir. Aniq rejalashtirilgan sayyohlik tadbiri hech qachon kamchiliklar yo‘l qo‘yilmaydigan xizmat turiga ehtiyoj sezadi. Sayyohlik xizmatlarini obdon rejalashtirish malakali va tajribali turoperatorlarni samarali mehnati tufayli erishiladi.
Mamlakat va mintaqalarda turistlarning tutgan o‘rni, iqtisodiy tizimga ta’sirini keng tus ola boshlaganidan turoperatorlar xususida dunyo davlatlari o‘rtasida o‘zaro rioya etiladigan tartiblar ishlab chiqilgan. Birinchi o‘rinda turopereytingga oid faoliyat uchun ruxsatnoma, davlat organini aniqlash ruxsatnoma vakolatlari talab etiladi. Talab etiladigan ruxsatnomani (litsenziya) davlat qonunchiligiga muofiq va mahalliy sharoitlardan kelib chiqib uch guruhga bo‘lish mumkin:
-mustaqil faoliyat yurituvchi huquqini beruvchi turoperator ruxsatnomasini (litsenziyani) yuridik shaxs sifatida qonuniy shakllanganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdimoti, eng avvolo yuridik shaxslarni ta’sischilari haqida ma’lumot, uning tashkiliy-huquqiy shakli, ustav kapitalini o‘lchami, ishtirokchi firmasining mulki to‘g‘risida ma’lumot;
-turizm sohasida tajribaga ega bo‘lgan ishchilar guruhining, shtatlarning mavjudligi yoki ma’lumoti muofiq keladigan, ya’ni kelajakda sifatli turoperator xizmatlari ko‘rsata olish mumkinligi isbotlovchi holatlarni talab etilishi;
- kelajakda turoperatorlik faoliyati istiqbollari uchun shartnomalar (yuk tashuvchilar, boshqa turoperatorlar bilan shartnoma munosabatlari) mavjudligi.
Turoperator tavakkalchilik darajasini hisobga olib operator ishi bilan bog‘liq yuk tashuvchilar, konsullik xizmatlari, fors-mojor holatlari va turistlar huquqlarini buzilishi ehtimollari, ularga ma’naviy zarar yetkazishlarni hisobga olib jahon turoperator reytingi tomonidan turoperatorlar uchun moliyaviy kafolatlar ishlab chiqilgan. Bu pul ko‘rinishida banka depozit sifatida qo‘yiladi, u albatta ma’lum summa qiymati ifodalaydi. Bu chora turizm bozorida kichik va o‘rta darajali turoperatorlarni faoliyatini qisqarish va cheklanishga olib keldikim, bu o‘z o‘rnida yirik turoperatorlarga raqobatda yengillik hosil qiladi. Moliyaviy kafolat naqdligi turoperator uchun kutilmagan muammolarni bartaraf etishda imkoniyat yaratadi, turistlar huquqlarini himoyasini kafolatlaydi.

Yüklə 66,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin