1. Turoperatorlik tushunchasi va uning turlari Chakana agentlar bilan bir qatorda tovar o‘tkazish kanalida ulgurjichilar ham muhim rol o‘ynaydi. Bu tijoriy vositachilik korxonalari tovarlar (xizmatlar)ni sotib olish va ularni chakana savdo tarmoqlari orqali sotish bilan shug‘ullanadi. Turizm sohasida ko‘proq ulgurji sotuvchi turoperator hisoblanadi. Unga turistik xizmatlar bozorini shakllantirishda alohida o‘rin ajratiladi.
Turoperatorlar faoliyati bosh yo‘nalishi ommaviy iste’mol talablariga mo‘ljallangan turistik mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan. Ulgurjichilar seriyali xizmatlarni yig‘ib komplektlashadi. Ularni safar marshrutlarini standartlash, dasturlar va kompleks xizmat ko‘rsatish yo‘li bilan turistlarga yagona paketda (pekij-turlar) sotadilar. Bu esa ularga bozorga raqobatbardosh takliflar bilan chiqishga imkon beradi.
Turoperatorlar tomonidan tashkil qilingan xizmat ko‘rsatish turlari uzoq yillar davomida sezilarli o‘zgarishlarga duch keldi. Xizmat to‘plamlari ular tomoniga kamayayotgan pekidj – turlar evolyutsiyasi ro’y berayapti. Bir tomondan turistik firmalarni bu qisqartirishga o‘tkir raqobat majbur etayapti. Mijoz uchun kurashda har bir turoperator jalb qiladigan narxlarni belgilashga intiladi. U paketdan ayrim xizmatlarni chiqarib tashlaydi. Bu bilan arzon safar tasavvurini uyg‘otadi. Masalan, ko‘pchilik firmalar o‘zlari sotayotgan safarlarda faqat marshrut bo‘yicha joydan-joyga olib borish va aeroportdan (vokzaldan) mehmonxonaga va yana orqaga transferni saqlaydi. Boshqa xizmatlar (ovqatlanish, ekskursiya, bagajni olib borib berish va boshq.)ni turistlar safar chog‘iga qo‘shimcha pul to‘lash orqali olishadi. Natijada sayohatchilarning asosiy va qo‘shimcha xizmatlarga xarajatlari 60 ga 40 nisbatga keladi. Bunday proportsiyaga turgan gap turizm infrastrukturasi yuksak rivojlangan sharoitda (kofe, barlar, attraktsionlar, kazino va boshq.)gina erishiladi.
Turoperator xizmatlar yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar bo‘yicha va turistlar ehtiyojlariga mos ravishda turlar komplektatsiyasi bilan shug‘ullanadigan turistik firma(tashkilot)dir.
Turoperator - bu turistik paket ishlab chiqaruvchidir. U turistik yo‘nalishlar ishlab chiqish va turlar komplektatsiyasi bilan shug‘ullanadi, ularning amal qilishini ta’minlaydi, reklamani tashkil qiladi, bu yo‘nalishlar bo‘yicha narxlarni hisoblaydi, turlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki turistik agentliklar vositasida turistlarga sotadi.
Turoperator turistlarni turli turistik xizmatlardan tanlash imkonini ta’minlab beradi va bir vaqtning o‘zida boshqa shahar va joylarda xizmat ko‘rsatishga buyurtma berish vazifasini o‘z zimmasiga olib osonlashtiradi.
Turoperatorlar turizm industriyasida maxsus rolni bajaradilar. Ular turmahsulotlarni (joylarni-samolyotda, nomerlarni-mehmonxonada) sotib oladilar, turistik xizmatlar paketini shakllantiradilar va foyda olish maqsadida turli to‘g‘ri yoki bilvosita foydalanuvchilarga (turistlarga) sotadilar. Turoperator turistik xizmatlarni alohida ham sotishi mumkin. Bu yo foyda olish, yoki zaruriyat yuzasidan qilinadi. Masalan, imtiyozli narxlarda sotib olingan samolyotdagi joylar sonini to‘ldirish uchun u chiptalarni ham sotishi mumkin va bunda u vositachi sifatida keladi.
Birinchi holda, ya’ni, turoperator paket shakllantirayotganda u turmahsulotlar ishlab chiqaruvchisi sifatida faoliyat yuritadi. Ikkinchi holda, ya’ni, turoperator xizmatlarini alohida sotayotganda turistik xizmatlarning ulgurji dileriga aylanadi. Bu holat turoperator ishlab chiqaruvchidan turistik paketni shakllantirish uchun keragidan ortiqcha turistik xizmatlar sotib olganda bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, hozirda ommaviy (ko‘p) sotib olgani uchun mehmonxonalar va xizmatlar yetkazib beruvchilar orasida tegishli imtiyozlarga ega bo‘lgan maxsuslashgan ulgurji turoperatorlari mavjud. Turoperatorning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, u turistlar uchun iqtisodiy qulay bo‘lgan turistik paketlarni shakllantirish uchun oladigan xizmatlarining narxi o‘zgarishidan kafolatlana olish qobiliyatiga ega. Ulgurji turoperator narxlari har doim mehmonxonalar narxlaridan arzon bo‘ladi.
Ammo baribir turoperatorlar mahsulotlarning keng ko‘lamining ulgurji sotuvchisi sifatida emas, balki yangi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi sifatida ko‘rib chiqish lozim. Shunda u haqiqatga to‘g‘ri bo‘ladi, turoperatorning asosiy faoliyati turlar yoki turpaketlarni shakllantirishdan iboratdir.
Turoperatorlar va turagentlar hamkorligi har ikkala tomonga manfaat keltiradi. Turoperatorda mavjud tarmoqlangan kontragentlik tarmog‘i unga turistik safarlarni sotish hajmini o‘stirishga imkon beradi, yangi bozorga chiqadi, jumladan chiqish turizmining provintsial bozoriga kirib boradi. Bu bilan o‘z xodimlarini ta’minlash xarajatlarini, ijara binolarini, ularni uskunalarini tejaydi. O‘z navbatida turagent safarlarni oxirgi iste’molchisiga sotib bergani uchun vositachiligiga komission mukofot oladi. Uning hajmi odatda sotilgan turistik mashulot bahosiga nisbatan foiz hisobida aniqlanadi va 10 % ni tashkil qiladi. U ko‘paytirilishi ham mumkin (masalan, kelishilgan hajmdan ko‘proq turistik xizmat sotilganda). Komission mukofot turagentlikning asosiy daromad manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Turoperator har doim sotish uchun turmahsulot zahirasiga ega bo‘ladi, turagent bo‘lsa mijoz sotib olish istagini bildirgan holdagina ma’lum xizmatlarni talab etadi.
Biroq amaliyotda ba’zan turoperator va turagent orasidagi farqni ajratib bo‘lmaydi, chunki har ikkalasi o‘xshash vazifalarni hal qilishlari mumkin. Masalan, firma turoperator sifatida yo‘nalishlar ishlab chiqishi, turistlar va boshqa agentliklarga sotishi ham mumkin. Xuddi shu vaqtda aynan shu turistik tashkilot turagent sifatida boshqa firmalardan xizmatlar sotib olishi va turistlarga sotishi ham mumkin.
Turizm industriyasining shiddat bilan rivojlanishi, turizm bozorida raqobatning yuzaga kelishi va kuchayishi - hammasi turoperatorlar strukturasiga ta’sir ko‘rsatdi va ularning keyingi maxsuslashuvini qayta aniqlab berdi.
Turoperatorlar quyidagilarga ajratiladi: