3 D monitorlar turlari Stereoskopik 3D display har bir ko’z uchun alohida tasvir shakllantiradi. Bunday prinsipda 19-asrdan ma’lum bo’lgan stereoskoplarda qo’llaniladi.
Avtostereoskopik 3D-displeylar 3d tasvirni maxsus (virtual borliq uchun ko’zoynak, shlemlar) vositalarsiz qayta ishlaydi.Keng displeylar turli xil fizik mexanizmlar bilan kenglikdagi yoritib turgan nuqtalarni ko’rsatish uchun qo’llaydi. Bunday displeylar piksellar o’rniga voksellardan foydalanadi. Keng hajmli displeylar turli prinsiplarga ko’ra quriladi. Masalan, tasvirni shakllantiruvchi ustma-ust joylashgan ko’plab tekisliklardan iborat bo’lishi mumkin, yoki tekis aylanishi hisobiga keng hajmlilikni yaratuvchi panellardan tashkil topishi mumkin.
Mustaqil bajarish uchun topshiriq: Biror bir uch o’lchovli grafik muxarrirni ishga tushiring (3D Studio Max, Cinema 4 D va hokazo): uning interfeysi va uskunalar panelini o’rganib chiqing, klavishalar bilan bajariladigan amallarni o’rganing va standart primitivlarni joylashtirish yordamida oddiy soda ob’yektlar yarating, ushbu ob’yektlardan ixtiyoriy modifikatorlar yordamida murakkab modellarni yarating. Misol uchun: aylanadan gultuvakni, soyabonni yoki qo’ziqorinni va hokazo.
Nazorat uchun savollar: Kompyuter grafikasi nima?
Kompyuter grafikasining qanday turlarini bilasiz?
Uch o’lchovli grafikaning afzalliklari nimada?
Uch o’lchovli grafikaning apparat vositalarining qanday turlarini bilasiz?