O‘ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI SPORTNI BOSHQARISH FAKULTETI
MILLIY VA HARAKATLI O’YINLAR FANIDAN MUSTAQIL ISHI Ta’lim yo’nalishi: Sport gimnastikasi Guruh: SGM 51-22 Bajardi: Azzamov Abbos Tekshirdi : ___________________ Mavzu: Milliy harakatli o'yinlar fanidan o’yin namunalari
Toshkent-2023 yil Mavzu: Milliy harakatli o'yinlar fanidan o’yin namunalari «Qopqon» O'yinning tavsifi. O'yinchilar ikki guruhga bo'linadilar. Bir guruhda o'yinchilar aylana bo'lib tiziladilar va qopqon tashkil qiladilar. Ikkinchi guruhdagi bolalar sichqonlar bo'lib aylanadan tashqarida turadilar.
Qopqondagi bolalar qo'l ushlashib quyidagi so'zlarni aytib aylana bo'ylab yuradilar.
«Voy qurg'urlar, bu sichqonlar jonga tegdi, u beorlar nima ko'rsa shuni yeydi, hamma yoqni ship-shiydon qiladi.
Shoshmang, sizlar badnafs zotlar qo'lga tushmayin qolmassiz.
Uyangizga qo'ydik qopqon, hammangizni tez ushlarmiz».
Ular so'nggi satrdagi so'zlarni aytib turgan joylarida to'xtaydilar va qo'llarini ushlagan holda yuqoriga ko'taradilar. Shu payt sichqonlar qopqon orasidan yugurib o'ta boshlaydilar. Rahbarning «Qopqon yopildi!» ishorasi bilan aylana hosil qilib turgan o'quv-chilar cho'qqayib o'tiradilar va qo'llarini pastga tushuradilar. Bu holat qopqon yopilganini bildiradi. Shunda aylana ichidan chiqol-may qolgan sichqonlar tutilgan hisoblanadi. O'yin hamma sichqonlar qopqonga tushgunicha davom yetadi. So'ngra ikkala guruhdagi bolalar o'rin almashadilar va o'yinni shu tariqatakrorlaydilar.
O'yinning qoidalari.Qo'llarni faqat «Qopqon yopildi!» ish-orasidan keyin tushirish mumkin.
«Cho'nqa shuvoq» O'yinga tayyorgarlik. O'yinni o'tkazish uchun sport maydoni hamda sport zalida ishtirokchilarning soniga qarab bitta yoki ikkita 2 metr kenglikda doira hosil qilinadi, uning markaziga 60 sm uzunlikdagi yog'och qozoq o'rnatiladi. Qoziqning tepa qismiga bo'shroq holda tushib-chiqib ketmaydigan qilib 1 metrli arqoncha bog'lanadi, undan 5 sm pastroqqa esa bir tutam oddiy o't bog'lanadi, qoziq yog'och esa tikkasiga yerga yoki poining biror tirqishiga o'rnatiladi. Uning tepa qismiga bog'langan arqoncha bo'sh tomo-nining uchini boshlovchi ushlab turadi.